Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriyalarda davolanishi

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor insonlarning sanatoriyalarda davolanish tartibi haqida bilib olasan.

Prezidentining  82-sonli farmoniga ko‘ra nogironligi bor insonlarning davolanishi uchun sanatoriyalarga yo‘llanma berish “Inson Ijtimoiy himoya milliy agentligi”ga o‘tkazildi.

O‘zbekistonning 10 ta viloyatida  11 ta sanatoriyalar bor.

Sanatoriyalarda:

  • nogironligi bor insonlar
  • qariyalarga qulaylik yaratish uchun zinalarda panduslar va liftlar bor.

Ko‘zi ojiz insonlar uchun xonalardagi ma’lumotlar bo‘rtma yozuvlar bilan yozilgan.

Inson Ijtimoiy markazi beradigan sanatoriya yo‘llanmalari ishchilarga kasaba uyushmasi beradigan Sanatoriya yo‘llanmasidan farq qiladi.

Kasaba uyushmasi – bu ishchilar huquqlarini himoya qiladigan tashkilot.

Sanatoriyaga yo‘llanma olish uchun sen:

  • Davlat xizmatlari markazlariga
  • “Inson” markazlariga borib murojaat qilishing kerak.

“Inson” ijtimoiy markazlari sening ma’lumotlaringni o‘rganadi va navbatga qo‘yadi.

Yo‘llanmalar soni sanatoriyadagi joylar va Davlat ajratadigan pulga qarab belgilanadi.

Sanatoriyaga yo‘llanma beriladigan insonlar:

  • urushda nogiron bo‘lganlar
  • urushda qatnashganlar
  • vafot etgan harbiylarning nikohdan o‘tmagan xotini yoki eri
  • davlat darajasidagi pensiya oluvchilar
  • Chernobil AESda nogiron bo‘lganlar
  • yadro poligonlarida harbiy xizmat qilganlar
  • birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor insonlar
  • birinchi guruh ko‘zi ojiz insonlarning hamrohlari
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz qariyalar
  • qariyalar pensiyasini oluvchilar.

Senga sanatoriyda davolanish uchun yo‘llanma 2 yilda bir marta navbat bilan beriladi.

Masalan:

  • Senda ikkinchi guruh nogironligi bor.
  • Sen yaqinda sanatoriyada davolanib kelding.
  • Keyingi yo‘llanmaga navbat qo‘yish  uchun sen bir yildan keyin “Inson” markazlariga murojaat qilishing mumkin.

Navbatlar “Yagona ijtimoiy himoya” internet tizimi orqali boshqariladi.

Qariyalar, nogironligi bor insonlar yoki ularning vakillari

  • gov.uz internet tizimi orqali
  • Yagona Milliy Ijtimoiy Himoya internet tizimi orqali ham sanatoriya yo‘llanmasi uchun ariza berishi mumkin.

Sanatoriyaga yo‘llanma berish va navbatga qo‘yish bepul.

Sen sanatoriya yo‘llanmasi uchun navbatingni:

  • Davlat xizmatlari markazi
  • Inson markaziga borib bilishing mumkin.

Sen sanatoriya yo‘llanmasi uchun navbatingni:

  • gov.uz internet tizimi orqali
  • Yagona Milliy Ijtimoiy Himoya internet tizimi orqali ham ko‘rishing mumkin.

Hozir senga internet orqali sanatoriyadagi navbatingni ko‘rishni o‘rgataman.

  1. Internetgagov.uz yozib kirasan va “ijtimoiy himoya” bo‘limini tanlaysan.

2. Ijtimoiy himoya bo‘limiga kirgandan keyin “keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma berish” bo‘limini tanlaysan.

3. Keyin “xizmatdan foydalanish” tugmasini bosasan.

  1. Bo‘lim ochilgach:
  • o‘zing haqingdagi ma’lumotlar
  • telefon raqamingni kiritasan.

O‘zing xohlagan yoki yaqinroq sanatoriyani tanlaysan.

Masalan:

  • Sen Farg‘onada yashaysan.
  • Senga yaqin bo‘lgani uchun Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi sanatoriyani tanlashing mumkin.

  1. Sen sanatoriya yo‘llanmasiga navbatingni internet orqali ko‘rish uchun:
  • “keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma berish” bo‘limining eng pastidagi
  • “avval berilgan navbatni tekshirish uchun havolaga o‘ting” tugmasini bosasan.

  1. “avval berilgan navbatni tekshirish uchun havolaga o‘ting” bo‘limi ochilganidan keyin:
  • pasportingni 14 talik (JSHSHIR) raqamini kiritasan va navbatingni ko‘rasan.

Birinchi bo‘lib sanatoriya yo‘llanmalari urush nogironlari va qatnashchilariga beriladi.

Sanatoriyaga yo‘llanmalar qariyalar va nogironligi bor insonlarga 12 kun davolanish uchun beriladi.

Yo‘llanma davolanish kuni boshlanishidan 10 kun oldin beriladi.

Davolanish kuni boshlanishidan 20 kun oldin qariyalar va nogironligi bor insonlarga sanatoriyaga navbati kelgani haqida:

  • SMS xabar orqali
  • Yoki Inson markazi ishchilari orqali xabar beriladi.

Masalan: 

  • Sanatoriya yo‘llanmasi 12-maydan 24-maygacha davolanish uchun berildi. .
  • Senga yo‘llanma berish haqida 2-may kuni sms xabar yuboriladi.

Sanatoriya yo‘llanmasidan faqat bitta inson ya’ni yo‘llanmada ismi yozilgan inson foydalanishi mumkin.

Lekin birinchi guruh ko‘zi ojiz insonga bitta yordamchi inson sanatoriyada hamrohlik qilishiga ruxsat beriladi.

Sen yo‘llanmadan faqat ko‘rsatilgan vaqtda foydalanishing mumkin.

Seni yo‘llanmada ko‘rsatilgan vaqtdan oldin ham keyin ham sanatoriyga qabul qilishmaydi.

Sanatoriyada qariyalar va nogironligi bor insonlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatiga sanatoriya rahbari javob beradi.

Sanatoriyalarni:

  • Adliya vazirlig
  • Adliya vazirligining hududiy boshqarmalari
  • Tuman (shahar) adliya bo‘limlari
  • Reglament talablarini bajarishda davlat nazorat tashkiloti
  • YIDXP
  • va boshqa tashkilotlar nazorat qiladi.

YIDXP – bu Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ya’ni my.gov.uz.

Sanatoriyalarda qonun buzilayotganini sezsang:

  • Adliya vazirligi
  • Adliya vazirligining hududiy boshqarmalari
  • Tuman (shahar) adliya bo‘limlari
  • Vaqt talablarini bajarishda davlat nazorat tashkilotlariga og‘zaki va yozma shikoyat qilishing mumkin.

Adliya vazirligi qisqa raqami: 1008

Ijtimoiy himoya agentligi raqami: (0371) 239-59-22

jtimoiy himoya agentligi qisqa raqami:1140

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriyalarda davolanishi” ga 11 ta javob

    • Assalomu alaykum

      sizga qanday yordam bera olamiz? Iltimos murojaatingizni to‘liq yozib qoldiring.

  1. 5 ёшли кизим ун корея ёки хиндистонда даволатиш ун давлатдан ёрдам олиш хкуким борми? Кизим мия фалажлиги бн касалланган даволаниш ун судиргиси ёмон тасир килар экан судорги учокларини юкоридаги давлатларда даволаса булар экан

  2. Sanatoryani almashtirish mumkinmi masalan tovoqsoyga ariza berildi keyin Kosonsoyga almashtirish mumkinmi

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 693-sonli «Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida»gi qarorida nogironligi bo‘lgan shaxsga sanatoriyaga yo‘llanma berilgandan so‘ng uni almashtirish imkoniyati qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zda tutilmagan. Lekin, amaliyotda nogironlik xususiyati hamda darajasiga qarab o‘zgartirishingiz mumkin deb hisoblaymiz. Buning uchun siz hududingizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishingiz lozim. Aytib o’tilgan qarorning 28-bandiga muvofiq:

      «Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar salomatligining holatiga yoki boshqa asosli sabablarga ko‘ra, shu jumladan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha chiqib ketishi sababli yo‘llanmadan belgilangan muddatda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda, yo‘llanmada ko‘rsatilgan sanatoriyga kelish muddatidan kamida uch kundan kech bo‘lmagan muddatda bu haqida Davlat xizmatlari markaziga yoki vakolatli organga xabar berishi va yo‘llanmani qaytarishi lozim. Davlat xizmatlari markazi xodimi bu haqida 1 soat mobaynida vakolatli organni xabardor qiladi.»

  3. Xuquqiy savodxonligim ancha oshdi. Judayam tushunarli tarzda, xech qanday savol berishga imkoniyat qoldirmaydigan qilib tushuntirilgan.

    • Assalomu alaykum, Dilbar!
      E’tiboringiz uchun katta rahmat. Iltimos, HuquqPlus.uz — Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portalimiz haqida do‘stlaringiz va tanishlaringizga ham gapirib bering. Biz tayyorlargan huquqiy ma’lumotlardan qancha ko‘p nogironligi bo‘lgan shaxs foyda olsa, bizni jamoamiz shuncha xursand bo‘ladi.
      Salomat bo‘ling!

  4. Мен 3чи ГРУХ АРМИЯ НОГИРОНИМАН.яни УРУШ КАТНАШЧИЛАРИГА ТЕГГЛАШТИРИЛГАН ШАХСМАН.ИЛТИМОС САНАТОРИЯ ГА ЙУЛЛАНМА ОЛИШГА ЕРДАМ БЕРИНГЛАР.АХИР МЕН ШУНЧА ЙИЛДАН ЙУЛЛАНМА ОЛИБ КЕЛГАН ЭДИМ.НАХОТКИ ЭНДИ 3 ЧИ ГРУХ АРМИЯ НОГИРОНИ ЙУЛЛАНМА ОЛОЛМАСАМ.УРУШ КАТНАШЧИЛАРИГ ТЕГГЛАШТИРИЛГАН ШАХСМАН КУ.

    • Ассалому алайкум, ҳурматли фуқаро!

      Мурожаатингиз учун раҳмат. Афсуски имтиёзларни биз белгиламаймиз. Биз Тошкент шаҳар «ШАРОИТ ПЛЮС» ногиронлар жамоат бирлашмаси (нодавлат нотижорат ташкилоти) сифатида сизга бепул ҳуқуқий маслаҳат ва ёрдам бероламиз.

      Ногиронлиги бўлган шахсларнинг ижтимоий ҳимояси билан ҳозирги кунда Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги шуғулланади. Санаторияларда даволаниш учун йўлланмалар 1 ва 2-гуруҳ ногиронлиги бўлган шахслар, кўзи ожиз 1-гуруҳ ногиронини кузатиб борувчи шахсларга берилади.

      Бу ҳафида батафсил маълумот бизнинг мақоламизда ҳам бор. Шу ҳавола орқали танишиб чиқсангиз бўлади:

      👉 https://huquqplus.uz/materials/social-protection/2337?script=cyrl

      Ижтимоий ҳимоя миллий агентлигига шикоят ва аризаларингизни 1140 қисқа рақами орқали — Ижтимоий хизматлар ва ёрдамлар бўйича умумий мурожаатлар бўлимига.

      +998 (71) 202-06-00 — Агентликнинг умумий ишонч ва боғланиш рақами.

      Агар сиз расмий мурожаат ёки шикоят қолдирмоқчи бўлсангиз, қуйидаги рақамли платформалардан фойдаланишингиз мумкин:
      👉 https://ihma.uz/boglanish

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli