
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy kommunal to‘lovlari uchun pullik kompensatsiya to‘lovlari
- Matnli format
- Video format
- Oson matn

Maqola 2025-yil 14-noyabr holatiga ko‘ra yangilandi.
Muharrir: Vazira Komilova
Illyustratsiya: Alina Olimova
Illyustratsiyaga tifloizoh: Qora fonda beshta doiracha chizilgan. Doiralarning ichida gaz, suv tomchisi, lampochka, olov va axlat qutisi tasvirlangan.
Kommunal to‘lovlarni to‘lashda nogironligi bo‘lgan shaxslarda qanday imtiyozlar mavjud?
Nogironligi bo‘lgan shaxslarda kommunal to‘lovlarini to‘lashda quyidagi imtiyozlar mavjud:
- Tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiyalar
- Ayrim toifadagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun davlat tomonidan beriladigan moddiy yordam ko‘rinishidagi to‘lovlar.
- Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalar uchun kompensatsiyalar
- Kam ta’minlangan oilalar uchun bir martalik kompensatsiyalar
Tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun har oylik kompensatsiyalar nima?
Aholining Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan qismi va kam ta’minlangan qatlamini isitish mavsumida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumat tomonidan har oylik tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiyalar yo‘lga qo‘yilgan. Kompensatsiya noyabr-fevral oylari uchun, Qoraqalpog‘iston va Xorazm uchun esa oktyabr-fevral oylari uchun to‘lab beriladi. Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun mahalladagi ijtimoiy xodimga ariza bilan oyning 15 sanasigacha murojaat qilish lozim.
Ushbu kompensatsiya doirasida tabiiy gazning ijtimoiy normasidan (500 metr kub metr) ortgan qismi uchun kompensatsiya to‘lab beriladi. Bunda kompensatsiya eng ko‘p bilan ishlatilgan gaz miqdorining 250 metr kub qismigacha bo‘lgan qismi uchun beriladi. Mablag‘lar tegishli gaz yetkazib beriladi.
Masalan, siz oyiga 900 metr kub tabiiy gazdan foydalandingiz. Bunda siz ijtimoiy norma 500 metr kub gaz uchun uchun belgilangan miqdorda to‘laysiz. Qolgan 400 metr kub gazning 250 kub metr qismi uchun sizga kompensatsiya beriladi, qolgan 150 uchun ham o‘zingiz to‘laysiz.
Elektr-energiyasi uchun ham xuddi shunday imtiyoz mavjud. Bunda ijtimoiy norma 200 kilovatt energiya qilib belgilangan va bu ijtimoiy normadan oshgan 150 kilovatt uchun kompensatsiya to‘lab beriladi.
Bizning oilamiz Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan. Biz ham gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiya olishimiz mumkinmi?
Ha, sizning oilangiz Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan bo‘lsa, oilangiz gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiya pulini olishi mumkin. Lekin bu uchun oilangiz bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oladigan oilalar ro‘yxatiga kirgan bo‘lishi kerak. Bunday oilalarga bir martalik kompensatsiya puli 270 000 so‘m miqdorida to‘lanadi. To‘lovlar avtomatik hisoblanib, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovlari amalga oshiradigan bank kartalariga o‘tkazilib beriladi.
Ehtiyojmand qatlam uchun 1 000 000 so‘m miqdordagi bir martalik moddiy yordam nima?
Prezidentimizning 134-sonli qaroriga ko‘ra 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2025-yilning noyabr oyida quyidagilarga 1 000 000 so‘m miqdordagi moddiy yordam ajratilishi ko‘zda tutilgan:
- Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga;
- “Mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga.
“Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilishida birinchi navbatda, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, a’zolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz ta’minoti bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar inobatga olinadi.
Bizning oilamiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi. Biz ham bir martalik kompensatsiya olishimiz mumkinmi?
Ha, albatta. Agar sizning oilangiz kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan bo‘lsa, oilangiz tarkibida yolg‘iz onalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar yoki boshqa ehtiyojmand toifalar mavjud bo‘lsa, sizlarga bir martalik kompensatsiya to‘lanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 654-son qaroriga muvofiq, oilangizning rasmiy daromadini oila a’zolari soniga bo‘linganda, har bir shaxs uchun 715 000 so‘mdan oshmasa, oilangiz kam ta’minlangan deb hisoblanadi. Bunda mahalla yettiligi tomonidan ushbu kompensatsiyani oluvchi oilalar ro‘yxati shakllantiriladi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ma’lumotlar tekshiriladi. Agar kompensatsiya to‘lovi tasdiqlansa, “Xalq banki” tomonidan tegishli kartalar ochilib, egalariga yetkaziladi.
2026-yildan boshlab hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda har bir shaxs uchun 715 000 so‘mni tashkil etadi.
Masalan, oilangizning jami daromadi 3 000 000 so‘mni tashkil etsa, oilada jami 5 kishi mavjud bo‘lsa. Jami daromad 5 ga bo‘linadi va jon boshiga oylik daromad miqdori 600 000 so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ladi. Ushbu summa 715 000 so‘mdan kam bo‘lganligi uchun ham oila kam ta’minlangan oila deb e’tirof etiladi.
Ayrim toifadagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun davlat tomonidan beriladigan har oylik moddiy yordam ko‘rinishidagi to‘lovlari kimlarga beriladi?
- 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va qatnashchilar;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;
- ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironligi bo‘lgan shaxslarga.
Agar nogironligi bo‘lgan shaxs mehnat faoliyatini olib bormasa yoki nogironlik pensiyasini olmasa ham ushbu kompensatsiya to‘lovi beriladimi?
2022-yil 1-martdan boshlab kompensatsiya to‘lovi, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’iy nazar to‘lab boriladi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar, ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kompensatsiya to‘lovining miqdori qanchani tashkil etadi?
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar, ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kompensatsiya to‘lovlarining miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45 foizini tashkil etadi.
2025-yil 1 iyul oyidan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 471 000 so‘mni tashkil etadi. Bunda kompensatsiya to‘lovlarining miqdori quyidagicha belgilanadi: 471 000 – 45 % = 211 950 so‘m. Demak, kompensatsiya to‘lovining miqdori 211 950 so‘mni tashkil etadi.
1941 — 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari uchun kompensatsiya to‘lovlarining miqdori qanaqa?
- 1941 — 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilari hisoblanadi. (471 000 – 50 % = 235 500)
- Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 25 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilari 1941 — 1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilari hisoblanadi. (471 000 – 25 % = 117 750)
- Yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (471 000 so‘m) miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilangan.
Mazkur kompensatsiya to‘lovlarini olmoqchi bo‘lgan shaxslar qayerga qay tartibda murojaat etishlari lozim?
Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar kompensatsiya olish huquqini beruvchi hujjatlarni (Tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyasi xulosasi yoki pensiya guvohnomasi va hokazo) ilova qilgan holda kompensatsiya tayinlash to‘g‘risida ariza bilan Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilishlari lozim. (Ariza namunasi ilova qilindi).
Ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironi hisoblangan shaxs kompensatsiya olish uchun qanday hujjatlarni taqdim etishi lozim?
Agar arizachi ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironi hisoblansa, arizaga ilova qilib kompensatsiya olish huquqini beruvchi hujjat talab etilmaydi. Mazkur shaxslarning kompensatsiya olish huquqi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Agar nogironligi bo‘lgan shaxslar vakolatli organga ariza bilan murojaat qilsa qachondan boshlab kompensatsiya to‘lovlari amalga oshiriladi?
Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga kompensatsiya olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilgan holda kompensatsiya tayinlash to‘g‘risida ariza topshirilgach keyingi oyning birinchi kunidan tayinlanadi.
Masalan: bugun 5-iyul va siz kompensatsiya tayinlash to‘g‘risida ariza bilan Pensiya jamg‘armasiga murojaat qildingiz. Agar siz kompensatsiya to‘lovlarini olish huquqiga ega shaxslar toifasiga kirsangiz, 1-avgust sanasidan boshlab sizga kompensatsiya to‘lovlari to‘lab boriladi.
Ushbu kompensatsiya to‘lovlaridan soliqlar undiriladimi?
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 369-moddasi birinchi qism 6-bandiga muvofiq, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari jami daromadlar sirasiga kirmasligi belgilangan. Jami daromadlarga kirmaydigan daromadlardan daromad solig‘i undirilmaydi.
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari qayerda to‘lab beriladi?
Kompensatsiyalar har oyda korxona shtatida turgan har bir xodimga ish joyida, pensionerlarga va nafaqa oladigan nogironligi bo‘lgan bolalar hamda mehnatga qobiliyatsiz keksa fuqarolarga — pensiya (nafaqa) olish joyida to‘lanadi.
Shaxs bir necha asosga ko‘ra kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan taqdirda qaysi miqdorda kompensatsiya oladi?
Bir necha asosga ko‘ra kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga ularning tanlashi bo‘yicha eng ko‘p miqdordagi bitta kompensatsiya to‘lanadi.
Masalan: siz bir vaqtning o‘zida ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironi va urush davridagi mehnat fronti qatnashchisi hisoblanasiz va ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxs pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida, urush davridagi mehnat fronti qatnashchisi esa 25 foiz miqdorda kompensatsiya oladi, sizda esa ikki asos ham mavjud, bunda sizning tanlovingizga ko‘ra 45 foizlik kompensatsiya (ko‘zi ojizligi sababli) to‘lovi amalga oshiriladi.
Qanday hollarda to‘lovlarni amalga oshirish to‘xtatiladi?
- Fuqaro vafot etganda kompensatsiya olishga bo‘lgan huquqlari yo‘qolganda;
- Doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda.
Ilova:
Foydalanilgan manbalar:
- O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktyabrdagi 592-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom;
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011-yil 17-noyabrdagi 2175-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risida”gi Nizom;
Bu maqolada sen nogironligi bor insonlarga uy-joy kommunal to‘lovlari uchun ajratiladigan kompensatsiya puli haqida bilib olasan.
Kommunal to‘lovlar – bu sen uyingdagi:
- chiroq
- gaz
- suv va boshqalardan foydalanganing uchun davlatga to‘laydigan pul.
Kommunal to‘lovlari uchun ajratiladigan kompensatsiya puli – bu davlat sening kommunal to‘lovlaringni bir qismini to‘lab berish uchun ajratadigan pul.
Kompensatsiya puli to‘lab beriladigan insonlar:
- 1941 — 1945-yillarda urushda qatnashgan insonlar
- 1941 — 1945-yillarda urushda nogiron bo‘lgan insonlar
- parvarishga muhtoj yolg‘iz qariyalar
- ko‘rish bo‘yicha birinchi guruh nogironligi bor insonlar
- ikkinchi jahon urushida qatnashganlar
- nogironligi bor insonlar.
2022-yil 1-martdan boshlab kompensatsiya to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan hamma insonlarga
- pensiya olsa ham
- pensiya olmasa ham
- ishlasa ham
- ishlamasa ham kompensatsiya puli to‘lab beriladi.
2023-yil noyabr holatiga ko‘ra, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 1 oy uchun — 372 000 (uch yuz yetmish ikki ming) so‘m.
- Parvarishga muhtoj yolg‘iz qariyalar
- ko‘rish bo‘yicha birinchi guruh nogironligi bor insonlarning oylik kompensatsiya puli pensiya bazaviy miqdorining 45 foiziga teng.
Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45 foizi:
- 167 400 (bir yuz oltmish yetti ming to‘rt yuz) so‘m.
Urush nogironlari va urush qatnashchilarining oylik kompensatsiya puli pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foiziga teng.
Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi:
- 186 000 (bir yuz sakson olti ming) so‘m.
Urushning mehnat fronti qatnashchilarining kompensatsiya puli pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 25 foiziga teng.
Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 25 foizi:
- 93 000 (to‘qson uch ming) so‘m.
100 yoshga kirgan va undan yoshi katta pensiya oluvchi qariyalarga har oy pensiyani bazaviy miqdorining 100 foizi (372 000 uch yuz yetmish ikki ming so‘m) miqdorida qo‘shimcha pul to‘lanadi.
Sen kompensatsiya pulini olish uchun:
- nogironlik hujjating
- pensiya guvohnomang
- va ariza bilan birga Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilishing kerak (Ariza namunasi ilova qilindi).
Ariza berishda ko‘zi ojiz birinchi guruh nogironligi bor insondan nogironlik hujjati so‘ralmaydi.
Ko‘zi ojiz birinchi guruh nogironligi bor insonning barcha ma’lumotlari “Elektron hukumat” internet tizimidan olinadi.
Kompensatsiya pulini olishi mumkin bo‘lgan insonlarga ariza topshirgan oydan keyingi oyda kompensatsiya puli ajratiladi.
Masalan:
- Sen 5-iyul kuni kompensatsiya puli uchun pensiya jamg‘armasiga ariza berding.
- 1-avgustdan senga kompensatsiya puli ajratiladi.
Soliq kodeksining 369-moddasiga ko‘ra:
- nogironligi bor inson uy-joy-kommunal to‘lovlari uchun ajratilgan kompensatsiya pulidan daromad solig‘i to‘lamaydi.
Daromad solig‘i – bu sen davlatga o‘z pulingdan soliq to‘lashing.
Sen biror joyda ishchi bo‘lib ishlasang, senga kompensatsiya pulini har oy ishxonang to‘laydi.
- Pensionerlarga
- nafaqa oladigan nogironligi bor bolalarga
- ishlay olmaydigan qariyalarga kompensatsiya pulini pensiya (nafaqa) olish joyi to‘laydi.
Kompensatsiya pulining bir necha turini olish huquqiga ega insonlarga o‘z tanloviga ko‘ra, eng ko‘p miqdordagi bitta kompensatsiya puli to‘lanadi.
Masalan:
- Sen ham ko‘rish bo‘yicha birinchi guruh nogironisan, ham urush mehnat fronti qatnashchisisan.
- Ko‘zi ojiz insonning kompensatsiya puli 167 400 (bir yuz oltmish yetti ming to‘rt yuz) so‘m
- Urush mehnat fronti qatnashchisining kompensatsiya puli 93 000 (to‘qson uch ming) so‘m.
Sen o‘zing tanlab, ko‘proq bo‘lgan kompensatsiya pulini olishing mumkin.
Kompensatsiya puli berishni to‘xtatadigan holatlar:
- Fuqaro vafot etganda
- Doimiy yashash uchun boshqa davlatga ketganda.
Urush qatnashchisi bo‘lmagan nogironligi bo’lgan shaxslarga ushbular tegishli emasmi?
Savolingiz uchun rahmat! Faqatgina ko‘rish bo‘yicha 1 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga taalluqli. Qolgan hollarda urish oqibatida nogironlikka ega bo‘lish talab etiladi.
Мен 2чи гурух ногирони ёшим 47да кандай ёрдамлар берилади мен давлат хокимияти уйида ижарада ётокхонада тураман углим оиласи хужалиги бошка уйланиб бошка ерда ЯШАЙДИ ХОЗИРДА Уй камогида Бир йиллик келиним ёшдар дафтарда туриб улар хам ётокхонада 1бир хонали 145 КВ МЕТИР уйда яшадик келиним уят Бир хонада углиз сиз но кулай Бир тушакда ётиш деб Вазирлар Махкамасининг 170 карорига асосан Хокимият балансидаги ётокхоналарда 1 кишига 16 квадрат МЕТИР оддий Турар жойларда эса 9квадрат метирдан белгиланган уш бу карорда 1 хонали хонада Эр ВА хотиндан бошка шахс булиши тугри келма лиги белгиланган критериям га Лейкин албатта номида уш бу шахслар номида Узбекистан Республикаси буйлаб номида Уй жой булиши номида хадия булиши керак эмас шундагина критериям га ётокхоналардан жой уйларда берилади шу сабабли келинимни контракт пули тулаб берилмаган вахоланки ёшлар дафтарда Турган пули туланиш буйича хоким дастикланган пул баланса келиним укиган техникума туланмаган шу сабабли ижтимоий химоя рестори томонидан компенсация сифатида узимиз тулаганимиз учун тулаб берилар экан бизга Уй жой коммунальные услуг буйича карзимиз бор мен утган йили туловлар туланиш ижтимоий томонидан 2023 йилги президент карорига асосан дейилган шу САБАБЛИЙ ВА аёллар дафтарининг 4 тоифасиданман
Assalomu alaykum
Siz murojaatingizni aniqlashtira olasizmi? Sizga qanday huquqiy yordam bera olamiz?
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan barcha imtiyozlar haqida saytimizga yuklangan maqolalardan bilib olishingiz mumkin.
Assalomu alaykum men hozirda 2 guruh nogironiman oyim bilan yashiyman. Boquvchimiz yuq.bizga hokimyat tarafidan yordam beriladimi
Assalomu alaykum
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar soni salmoqli. Sizga qaysi imtiyoz kerakligini va murojaatingizni to‘liq va aniq yozing iltimos.
Agar nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning ro‘yxatini to‘liq ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali tanishing:
https://advice.uz/oz/category/590
Assalomu alaykum men ayam 2 nogironi saroton bilan kasal moddiy yordam kursatilmadi nima qilishim kerak
Vaalaykum assalom, savolingiz uchun rahmat! Siz yashayotgan hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz. Shaxslar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga bevosita o‘zlari borib murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, 1140 yoki 1146 qisqa ishonch raqamlari orqali ham onlayn shaklda murojaat qilish imkoniyatiga egalar.
Mamlakatimizning turli hududlarida joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari manzillari, Yandex lokatsiyalari, operator ma’lumotlari va aloqa uchun telefon nomerlari bilan 4-ilovada batafsil tanishib chiqsangiz bo‘ladi: https://huquqplus.uz/wp-content/uploads/2024/09/INSON-markazlari-manzili.xlsx
Assalomu alaykum avg’on urushi qatnashuvchisi II gurux nogironlik bor nma imtiyozlarga egaman
Assalomu alaykum
Iltimos bizning maqolalarimiz bilan tanishing. Maqolalarimizda barcha mavzularni qamrab olishga harakat qilganmiz.
Agar aniq bir imtiyoz yuzasidan savolingiz bo‘lsa, +998 (90) 358-50-60 raqamiga telefon qiling.
Assalomu alaykum yaxshimsiz hozirda bir martalik yordam puli berilyapti nogironlik bor shaxslarga ham berildimi yokiy ayollar daftardakilargami bir millionlik moddiy yordam puli
Prezidentimizning 134-sonli qaroriga ko‘ra 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2025-yilning noyabr oyida quyidagilarga 1 000 000 so‘m miqdordagi moddiy yordam ajratilishi ko‘zda tutilgan:
– Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga;
– “Mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga.
assalomu alaykum men 2 guruh nogironiman menga xam bir martalik moddiy yordam beriladimi
Vaalaykum assalom! Sizning oilangiz Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan bo‘lsa, oilangiz gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiya pulini olishi mumkin. Lekin bu uchun oilangiz bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oladigan oilalar ro‘yxatiga kirgan bo‘lishi kerak. Bunday oilalarga bir martalik kompensatsiya puli 270 000 so‘m miqdorida to‘lanadi. To‘lovlar avtomatik hisoblanib, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovlari amalga oshiradigan bank kartalariga o‘tkazilib beriladi.
Kamola
3-gurux nogironlari uchun ham imkoniyatlar bormi?
Assalomu alaykum, Savolingiz uchun rahmat.
Afsuski, kommunal to‘lovlarda 3-guruh nogironligi bor shaxslar uchun imtiyozlar haqida ma’lumotga ega emasmiz.
Uchinchi guruh nogironligi bor shaxslarga imtiyozlar haqida alohida chop etilgan huquqiy maqolamizdan batafsil bilib olishingiz mumkin: https://huquqplus.uz/materials/social-protection/7769