
«Temir», «Ayollar», «Yoshlar» daftarlari bo‘yicha savol-javoblar
- Matnli format
- Video format
- Oson matn

“Temir daftar” — ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarga yordam berishga qaratilgan ma’lumotlar tizimi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 250-son qaroriga asosan kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilgan oilalar va ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar “Temir daftar” elektron bazasi ro‘yxatiga kiritiladigan bo‘ldi.
“Temir daftar” ro‘yxatiga kirish uchun nogironligi bo‘lgan shaxs o‘zi yashaydigan tuman (shahar) hokimi nomiga ariza bilan murojaat qilishi kerak.
Ariza bilan tuman (shahar) hokimi nomiga murojaat qilingandan keyin “Temir daftar” ro‘yxatiga kirish bo‘yicha murojaat qilgan nogironligi bo‘lgan shaxsning ijtimoiy moddiy ahvoli hokimiyat tomonidan tuzilgan davlat komissiyasi tomonidan o‘rganiladi. Nogironligi bo‘lgan murojaatchining arizasi 5 kun muddatda o‘rganilib, “Temir daftar”ga kirishga loyiq deb belgilangandan keyin “Temir daftar” ro‘yxatiga olinadi.
“Temir daftar” ro‘yxatiga olingan shaxslar yilida bir martalik moddiy yordam olishi mumkin bo‘ladi. Bir martalik moddiy yordam olish uchun ariza bilan murojaat qilish shart emas. Tuman (shahar) hokimiyatining qarori bilan jadval asosida kam ta’minlangan oila deb tan olingan har bir oilaga yilida bir martalik moddiy yordam – 1 100 000 so‘mdan beriladi. Bundan tashqari, “Temir daftar” ro‘yxatiga olingan nogironligi bo‘lgan shaxs uyni ta’mirlash, tadbirkorlik qilish uchun kredit olish, subsidiya olish kabi imtiyozlar va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Tadbirkorlik faoliyati uchun kredit olishda nogironligi bo‘lgan shaxsdan sertifikat talab etiladi.
Bugungi kunda, “Temir daftar” ro‘yxatida turgan nogironligi bo‘lgan shaxs kredit olmoqchi bo‘lsa, 33 million so‘mgacha olishi mumkin. Etikdo‘zlik uchun kerak bo‘ladigan xomashyo uchun 5 milliongacha miqdorda subsidiya olishi mumkin.
Sizdan kredit olishda kerak bo’ladigan hujjatlar va tadbirkorlik faoliyatingizni amalga oshirish uchun kerak bo’ladigan malakani tasdiqlovchi hujjat talab etiladi. Masalan, yurishida jismoniy nogironligi bor kishi tadbirkorlik qilish bo‘yicha bir nechta etikdo‘zlik uskunalari va mashinalarini sotib olmoqchi bo‘lsa, “Temir daftar” ro‘yxatidagi imtiyozlarga asoslanib kredit yoki subsidiya orqali bu ishni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, undan etikdo‘zlik bo‘yicha aniq bir malakaga ega ekanligini asoslovchi sertifikat so‘raladi.
“Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi nogironligi bo‘lgan shaxs subsidiya yoki hunarmandchilik, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida kredit olmoqchi bo‘lsa, hokim yordamchisi nomiga ariza bilan murojaat qilishi kerak bo‘ladi.
Agar sizda nogironlik bo’lsa, onangiz “Ayollar daftari”da bo’lsa ham, siz “Temir daftar”ga kiritilishingiz mumkin. Bu imkoniyat faqat istisno tarzida faqat nogironligi bor shaxslarga berilgan.
Yo‘q, tura olmaysiz. Siz bir vaqtning o‘zida faqatgina bitta daftarda ro‘yxatda turishingiz mumkin.
Ha, siz “Ayollar daftari”ga kiritilishingiz mumkin. Ayollar daftari bu ijtimoiy ahvoli og‘ir deb baholanuvchi 30 yoshdan katta ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ishtiyoqi bo‘lgan ayollarning muammolarini hal qilish va nazorat qiladigan ma’lumotlar tizimidir.
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrdagi 938-XII-sonli «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunining 19-moddasiga asosan vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatsiz ya’ni nogironlik holati birorta joyda ishlashga imkon bermaydigan xotin-qizlar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi.
Masalan: 20 yoshdagi nogironligi bo‘lgan ayol kishi otasi, onasi yoki turmush o‘rtog‘ining vafot etishi natijasida boquvchisidan mahrum bo‘ldi. Mana shu holatda shaxs bir vaqtning o‘zida nogironlik pensiyasini va boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiyasini olish huquqiga ega.
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – 745 000 so‘m va boshqa mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 244 000 so‘mdan qo‘shiladi.
Misol uchun: nogironligi bor ayol, voyaga yetmagan bir nafar farzandi uchun davlatdan har oy boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha 745 000 so‘m miqdorida pensiya olish huquqiga ega. Agar bu holatdagi ayolning farzandi ikkita yoki uchta bo‘lsa, qolgan ikkinchi va uchinchi farzandlarining har biri uchun 244 000 so‘mdan qo‘shimcha pensiya olishi mumkin.
Boquvchisidan mahrum bo‘lgan nogironligi bor ayol 3 nafar farzandi uchun davlatdan boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya sifatida – 1 030 000 (bir million o‘ttiz ming so‘m) so‘m miqdorida pensiya oladi.
Ruhiy kasallikka chalingan ayollar “Ayollar daftari”ga kirish uchun ariza va unga ilova qilib nogironlik guvohnomalarini o‘z qonuniy vakillari orqali xotin-qizlar ishlari bo‘yicha mahalla raisi o‘rinbosariga taqdim etadi.
Nogironligi bo‘lgan ayollar “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kirishlik uchun mahalla raisining xotin-qizlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Mahalladagi xotin-qizlar qo‘mitasi mazkur ariza asosida murojaat etgan ayolning oilaviy-moddiy ahvoli va ijtimoiy holati to‘g‘ri kelsa, ayolni ro‘yxatga oladi.
Ayollar daftari ro‘yxatida turuvchi nogironligi bo‘lgan ayollar bir martalik moddiy yordam olish uchun ariza bilan murojaat qilishlari talab etilmaydi. Yordam puli yillik tarzda berib boriladi. 2025-yil davomida ayollarga taqdim etilgan bir marotabalik moddiy yordam miqdori – 1 500 000 so‘mgacha tashkil etgan.
Ayollar daftari ro‘yxatida turuvchi ayollarning uylarini davlat hisobidan ta’mirlab berish sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar uy-joyining holati o‘rganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda ta’mirlash yoki qurilish materiallarini olib berish bo‘yicha smeta ishlab chiqilib «Ayollar daftari» jamg‘armasi Vasiylik kengashiga kiritiladi.
Har bir uy-joyni ta’mirlash ishlariga «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha (11 250 000 so‘m) miqdorda mablag‘ ajratiladi. Bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori – 375000 so‘mni tashkil etadi.
Uy-joyni ta’mirlatish uchun oila a’zolaridan biri yoki shu shaxsning o‘zi nogironlik guvohnomasiga ega bo‘lishi zarur. Uy-joyini davlat hisobidan ta’mirlatmoqchi bo‘lgan shaxs oylik daromadi past oila sifatida e’tirof etilgan bo‘lishi kerak. Uy-joyini davlat hisobidan ta’mirlatmoqchi bo‘lgan “Ayollar daftari”da turuvchi ayollar xotin-qizlar ishlari bo‘yicha mahalla raisi o‘rinbosari nomiga ariza bilan murojaat qilishi zarur.
“Ayollar daftari”da turuvchi nogironligi bo‘lgan ayollar tadbirkorlik qilish maqsadida kredit olish uchun mahalladagi xotin-qizlar qo‘mitasining rais o‘rinbosari nomiga ariza bilan murojaat qilishlari kerak.
Xotin-qizlar qo‘mitasi rais o‘rinbosari hokim yordamchisi bilan masalani o‘rganib, 10 kun ichida ariza javobini aytishi shart. Nogironligi bo‘lgan ayollar kasblariga oid sertifikatlar asosida 33 million so‘mgacha kredit olishlari mumkin.
Yoshlar daftariga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, quyidagi mezonlarga javob beradigan yoshlar kiriladi:
-
I yoki II guruh nogironligi bo‘lganlik;
-
Farzandida I yokida II guruh nogironligi bo‘lganlik;
-
Ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironlik bo‘lganlik holatlari shular jumlasidandir.
Siz mahallangizdagi yoshlar yetakchisiga ariza bilan murojaat qilishingiz kerak. Shuningdek siz Yoshlar daftariga kirish uchun arizani https://yoshlardaftari.uz/supports-2 vebsayti orqali yoki 1093 qisqa raqamiga telefon qilish orqali qoldirishingiz mumkin.
“Yoshlar daftari” ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam olish tartibi belgilangan bo‘lib, bunda moddiy yordam tayinlashning aniq miqdori yoshning hayotiy vaziyati murakkabligini inobatga olgan holda bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 4 baravarigacha miqdorda to‘lab beriladi. Shaxs ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, murojaat ijobiy hal etilganda, moddiy yordam “Xalq bank” orqali naqd pul shaklida yoki naqd pulsiz plastik kartaga o‘tkazish orqali beriladi. Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori 375 ming so‘mni tashkil etadi. Umumiy hisoblaganimizda, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun 1 500 000 so‘mgacha bir martalik moddiy yordam ajratilishi mumki
Bir martalik moddiy yordamni olish nogironligi bo‘lgan yoshlarni “Yoshlar daftari” dan chiqarishga asos bo‘lmaydi. Moddiy yordam bir yilda bir marotaba beriladi. Yoshlar daftari ro‘yxatida turuvchi shaxs bir marotabalik moddiy yordam olish uchun mahalladagi yoshlar yetakchisi nomiga ariza bilan murojaat qilishi kerak bo‘ladi.
“Yoshlar daftari” ning beradigan yana bitta imtiyozi shundaki, yoshlarning tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qish xarajatlarining qoplab berilishidir. Bunda, yoshlarning tadbirkorlik va kasb-hunarga sarflangan o‘qish xarajatlarining 75 foizigacha qismi hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lab beriladi.
Ushbu yordamdan foydalanish uchun, tadbirkorlik yoki kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar Vasiylik kengashiga ariza hamda o‘quv kursi shartnomasi nusxasini beradi.
Shartnomada ta’lim tashkiloti nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), o‘quv kursi yoki kasb-hunar nomi, bir oylik to‘lov miqdori va o‘qishning umumiy muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Hujjatlar 3 ish kunida ariza bergan shaxs yashaydigan hududdagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi va hokim yordamchisi 5 ish kunida o‘qish xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish haqida xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda ushbu moddiy yordamni ko‘rsatish rad etilsa, uning rad etish sabablari asoslantirilgan bo‘lishi shart.
Hokim yordamchisi arizani 5 ish kunida ko‘rib chiqmasa yoki tavsiyanoma berishni asossiz rad etsa, Vasiylik kengashi o‘z tashabbusi bilan kontrakt pulini o‘tkazib berishi mumkin. O‘qish xarajatlarining 75 foizgacha qismi, biroq quyidagi miqdorlardan ko‘p bo‘lmagan holatda to‘lab beriladi:
- Bir oygacha bo‘lgan kurslar uchun – BHM ning 4 baravarigacha;
- Bir oydan ikki oygacha bo‘lgan kurslar uchun – BHM ning 8 baravarigacha;
- Ikki oydan ko‘p muddatli kurslar uchun – BHM ning 12 baravarigacha.
Eshitishida, nutqida, harakat tizimida nogironlik belgisi bor yoshlarning avtomaktabda o‘qish xarajatlari qoplab beriladi.
Yoshlarning avtomaktabda o‘qish xarajatlari BHMning 4 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi. Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun avtomaktabda o‘qishni istagan nogironligi bor yoshlar tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga ariza hamda o‘quv kursi shartnomasi nusxasini beradi.
O‘qish xarajatini qoplab berish qanoatlantirilganda, pul o‘quv markazining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
Ha. Agar 1-guruh nogironligi bo‘lsa va vaqt o‘tib to‘liq tuzalib ketsa unga pensiya berilishi to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining » Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 54-moddasiga ko‘ra, nogironligi tuzalgan shaxsga nogironlik pensiyalarini berish uning mehnatga qobiliyati tiklanganidan keyin to‘xtatiladi.