Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn
Video mavjud emas

Bu maqolada sen kerakli mehnat qurollarini sotib olish uchun ajratiladigan subsidiya haqida bilib olasan.

Subsidiya – bu sening xarajatlaring uchun davlat bir marta beradigan va qaytarib olmaydigan pul.

Prezidentning 2021-yil 21-dekabrdagi qaroriga ko‘ra, har yili 500 ta nogironligi bor yoshlarga: 

  • o‘qish
  • yashash
  • transport
  • asbob-uskunalar uchun subsidiya beriladi.

Asbob – uskunalar uchun subsidiya –  bu ishlashing uchun kerak bo‘lgan asbob-uskunalarni sotib olishga davlat tomonidan bir marta beriladigan va qaytarib olinmaydigan pul.

Senga asbob-uskunalar subsidiyasi:

  • kasb o‘rgatadigan kursni tugatsang
  • kasb kursi bo‘yicha sertifikat olsang
  • o‘zingni band qilsang
  • tadbirkor bo‘lib davlat ro‘yxatiga kirsang beriladi.

Kasb o‘rgatadigan kurs – bu sen biron sohani o‘quv markazi yoki kurslarda o‘rganishing.

Sertifikat – bu sen kasb o‘rgatadigan kursni tugatganingni tasdiqlovchi hujjat.

O‘zingni band qilishing – bu:

  • o‘zing ishlab pul topishing 
  • ishlagan pulingdan davlatga soliq to‘lashing
  • ish tajribang bo‘lishi
  • imtiyozlardan foydalanish huquqing bo‘lishi

Senga ishlashing uchun kerakli  asbob-uskunalarni sotib olishga Bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) baravarigacha (o‘n yetti million so‘mdan) subsidiya ajratiladi

Hozirda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari – 340 000 (uch yuz qirq ming) so‘m.

Sen asbob – uskuna subsidiyasiga 2 xil usulda ariza berishing mumkin: 

  • davlat xizmatlari markazlaridan
  • my.gov.uz  davlat xizmatlari markazi internet manzilidan.

Davlat xizmatlari markazi – bu hammaga va nogironligi bor insonlarga hujjat ishlarida yordam beradigan tashkilot.

Davlat xizmatlari markazlariga sen  o‘zing borib, markaz xodimlari bilan birga asbob-uskunalar subsidiyasiga ariza berishing mumkin.

my.gov.uz davlat xizmatlari markazlarining internet manzili orqali o‘zing ariza topshirishing mumkin.

my.gov.uz orqali ariza berish uchun:

  1. my.gov.uz internet manziliga kirib ro‘yxatdan o‘tasan
  2. Yoshlar  bo‘limini tanlaysan
  3. Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya  bo‘limini tanlaysan
  4. ariza to‘ldirib, yuborish tugmasini bosasan.

Sen 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsang asbob-uskunalar subsidiyasini olish uchun arizani ota-onang yoki senga qarovchi inson topshiradi.

Ota-ona yoki nogironligi bor bolaga qarovchi inson ariza berishda:

  • o‘zining pasport – JSHSHIR – 14 ta raqamni 
  • bolaning qonuniy vakili ekanligini bildiruvchi hujjatini qo‘shib topshiradi.

Sen ariza berishda kasb-hunar kurslarida oʻqiganliging haqidagi sertifikatni (pdf yoki jpg ko‘rinishda)  yuklashing kerak.

Nogironligi bor yoshlarning asbob-uskuna subsidiyasi uchun berilgan arizalarini Yoshlar ishlari agentligi  15 kunda koʻrib chiqadi.

  • Arizani rad etish 
  • hujjatlar toʻgʻri boʻlsa arizani koʻrib chiqish haqida sening roʻyxatdan o‘tgan telefon raqamingga SMS-xabar keladi. 

Arizalar rad etilishi mumkin boʻlgan holatlar: 

  • 500 ta yoshlarga subsidiya berib boʻlinganda
  • sening avvalgi arizang qabul qilinganda
  • arizada ma’lumotlar notoʻg‘ri  yoki kam boʻlganda
  • sen  ruhiy kasallar  yoki  giyohvand insonlar   roʻyxatida boʻlganingda
  • senda nogironlik yoʻq boʻlganda
  • sen kasb-hunar  kurslarini tugatib lekin sertifikat olmaganingda 
  • sen tadbirkor boʻlsang yoki oʻzingni band qilib davlat roʻyxatidan oʻtganingga 180 kun, ya’ni 6 oydan koʻp boʻlganda.

Agar sening arizangda xato borligi sabab qabul qilinmasa, arizadagi xatolarni to‘g‘rilab qaytadan ariza topshirishing mumkin.

Sen subsidiya olish uchun talablarga toʻgʻri kelsang, agentlik 2 kunda sening ma’lumotlaringni tekshirish uchun mahalla yoshlar yetakchisiga yuboradi.

Mahalla yoshlar yetakchisi 5 kunda sening ma’lumotlaring to‘gʻriligini tekshiradi.

Senga subsidiya ajratish yoki ajratmaslik haqida tuman (shahar) agentligiga internet orqali xabar yuboradi.

Tuman (shahar) agentligi 3 kunda senga subsidiyani berish yoki rad etishni tasdiqlaydi.

Subsidiya berilmasa yoki subsidiya puli agentlik hisobiga oʻtkazib berilsa, bu haqida senga a SMS-xabar keladi.

Tuman (shahar) agentligi pulni 5 kunda arizada ko‘rsatilgan asbob-uskunalarni sotib olish uchun savdo tashkiloti hisobiga oʻtkazadi.

Sen asbob-uskunalarni savdo tashkilotidan  mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan birga topshirish-qabul qilish hujjatini qabul qilib olasan.

Mahalla yoshlar yetakchisi subsidiyani rad etish haqida tavsiyanoma berishi mumkin.

Rad etish haqidagi tavsifnoma berilsa senga 2 kunda SMS xabar keladi.

Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi subsidiyani sababsiz rad etsa, sen Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimiga bu haqida aytishing kerak.

Nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskunalar subsidiyasi haqida boshqa ma’lumotlarni:

  • O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qarorining  1-ilovasidan bilib olishing mumkin.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli