Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning madaniy hayotda ishtirok etishga va dam olishga bo‘lgan huquqi va imtiyozlari

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor insonlarning madaniy hayotda ishtirok etish va dam olishdagi imtiyozlari haqida bilib olasan.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 30-moddasiga ko‘ra:

  • sen ham boshqalar bilan bir xil madaniy hayotda qatnashishing mumkin.

Madaniy hayot – bu sen har xil bayramlar, majlislar, tomoshalar va dam olish joylarida dam olishing.

Masalan, davlat senga qulaylik yaratish uchun:

  • nogironligi bor insonlarga muzeylarga kirishda bepul chiptalar berishi
  • asarlarni ko‘zi ojiz insonlar alifbosida chiqarishi mumkin.

Ko‘zi ojiz yoki eshitishda nogironligi bor insonlar uchun televizorda ko‘rsatiladigan dasturlar imo ishora tili orqali ham ko‘rsatilishi kerak.

Sen boshqalardek sport musobaqasida qatnashishing uchun kerakli sharoitlar yaratiladi.

Olimpiya o‘yinlarida nogironligi bor insonlar uchun alohida paralimpiya sport o‘yinlari sektori ham tashkil etilgan.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunining 27-moddasiga ko‘ra:

  • nogironligi bor insonlar xususiy sport binolaridan bepul foydalanishlari mumkin.

Xususiy sport bino egalari yoki ishchilari sendan pul talab qilishi mumkin emas.

Vazirlar Mahkamasining 123-sonli qarorining 3-bandiga ko‘ra:

  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bor insonlar davlat sport tadbirlariga, teatrlariga va muzeylariga kirish bepul etib belgilangan.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi nogironligi bor insonlar sport to‘garaklarida bepul qatnashishi uchun yo‘llanmani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi beradi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksalar, nogironligi bor insonlar va ularni kuzatuvchi insonlarga davlat sport tadbirlariga, teatr va muzeylarga kirish bepul etib belgilangan.

Bunda faqatgina bitta o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bor insonga faqat bitta hamroh sherik bo‘lib bepul kirishi mumkin.

Nogironligi bor insonlar uchun muzey, teatr va boshqa ko‘ngilochar joylarda yaratilishi kerak bo‘lgan sharoitlar:

  • taktil yoʻlaklar,
  • muzeylarda ona va bola хonalarini tashkil etish,
  • bekatlar va jamoat transportida ovozli хabar berish tizimlarini joriy etish
  • ovozli хabar berish svetoforlari
  • metro bekatlarida nogironligi bor insonlar uchun koʻtarilish vositalarini oʻrnatish
  • jarohat yetkazmaydigan ushlagich va panduslar oʻrnatish.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning madaniy hayotda ishtirok etishga va dam olishga bo‘lgan huquqi va imtiyozlari” ga 2 ta javob

  1. Хеч канака театр.саил..саилгохларга.боришйук.
    ИЖТИМОИ ходимимиз.СОЦИАЛНОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЯ РУЙХАТГА розилик.берсангиз. НОГИРОНЛИК РЕЙСТРИГА КРИТАМАН.ДЕДИ. МАН РОЗИЛИК.БЕРМАДИМ..КАМ ТАМИНЛАНГАН.ОИЛАСИГА.КРИТИБДИ..МАН 2 ГРУХ.ИМТИЕЗЛАРДАН ФОЙДАЛАНАОЛМАЙЯПМАН. .ДОРИЛАРИМНИ УЗИМ ОЛЯПМАН .

    • Assalomu alaykum

      Telefon raqamingizni qoldiring, siz bilan telefon orqali bog‘lanamiz.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli