
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oylik oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun qo‘shimcha pul to‘lovlari
- Matnli format
- Video format
- Oson matn

Muharrir: Vazira Komilova
Illyustratsiya: Alina Olimova
Illyustratsiyaga tifloizoh: Stolni ustida 1 kilogramm un, olma va sellofan paketni ichida bir korobka sut, kungaboqar yog‘i, makaron va tuxum tasvirlangan.
Oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun pul kimlarga beriladi?
2024-yil 1-maydan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etilgan.
Yodda tuting! Mazkur turdagi moddiy yordamni olish uchun nogironligi bo‘lgan shaxs Ijtimoiy himoya milliy agentligi “Inson” markazlari tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan bo‘lishi lozim.
Hozirgi kunda ushbu moddiy yordamning miqdori qanchani tashkil etadi?
O‘zbekiston Respublikasi hududida 2026-yil uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdori kishi boshiga 1 oyga 715 ming so‘m etib belgilandi.
Mazkur moddiy yordamni olish uchun kimga murojaat qilish lozim?
Nogironligi bo‘lgan shaxs mazkur moddiy yordamni olish maqsadida biror bir ma’sul xodimga murojaat etishi talab etilmaydi, chunki Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur to‘lovlar har oyda to‘lab borilishi majburiy hisoblanadi.
Minimal iste’mol xarajatlari miqdoridagi moddiy yordam nogironlik pensiyasiga ta’sir qiladimi?
Nogironligi bo‘lgan shaxsning mazkur ijtimoiy yordamni olishi nogironlik pensiya to‘lovlariga ta’sir qilmaydi va bir vaqtning o‘zida ikkisidan ham foydalanishi mumkin.
O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanish uchun chiptalar sotib olishda imtiyozlar bormi?
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga bir yilda bir marta temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar (borish va qaytish uchun) ajratiladi.
Masalan: siz Andijondan Toshkentga temir yo‘l poyezdida bormoqchisiz, bunday holatda sizga faqatgina Toshkentga borish uchun emas balki Toshkentdan Andijonga qaytish uchun ham bepul chipta taqdim etilishi lozim.
Nogironligi bo‘lgan shaxs mazkur bepul biletlardan foydalanmoqchi bo‘lgan taqdimda hududlardagi “Inson” markazlari tomonidan mahallalarga biriktirilgan ijtimoiy xodimlarga murojaat qilishlari lozim bo‘ladi.
Reyestrga kiritilgan nogironligi bo‘lgan shaxsga safarda hamrohlik qilgan shaxslar o‘z hisoblaridan bilet sotib oladilarmi?
“Ijtimoiy himoya” yagona reyestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga bevosita hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bir yilda bir marta temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar (borish va qaytish uchun) ajratiladi.
E’tibor bering, mazkur imtiyozli chipta bir nafar hamrohgagina bepul taqdim etiladi. Ikki va undan ortiq shaxslar hamrohlik qilgan taqdirda ularning faqatgina bir nafariga taqdim etiladi.
Davlat xizmatlari va personallashtirish bilan bog‘liq xarajatlarda moddiy yordam turlari mavjudmi?
Nogironligi bo‘lgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan shaxslar yo‘qotilgan passport yoki ID karta bepul almashtirib beriladi.
Agar mas’ul xodimlar tomonidan imtiyozlarni qo‘llashda ijtimoiy adolat va insonparvarlik prinsiplariga zid ravishda xatolarga yo‘l qo‘yilganda nima qilish lozim?
Agar siz nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblansangiz va Reyestrga kiritilgan bo‘lsangiz, yuqoridagi xizmatlar ko‘rsatilmagan taqdirda yoki mahallabay xizmat ko‘rsatuvchi xodimning harakatlari sizni qoniqtirmasa, ijtimoiy xizmat sifatini har yarim yillikda monitoring qiluvchi mahalla raisiga murojaat qilishingiz mumkin.
Foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar:
Bu maqolada sen nogironligi bor insonlar uchun har oylik oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalariga ajratiladigan qo‘shimcha pul to‘lovi haqida bilib olasan.
2024-yil 1-maydan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan:
- yolg‘iz keksalar
- nogironligi bor insonlarga har oyda eng kam iste’mol xarajatlari miqdorida yordam puli berish joriy qilindi.
Sen iste’mol xarajatlari yordam pulini olishing uchun “Inson” markazlari seni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritgan bo‘lishi kerak.
O‘zbekistonda 2024-yil uchun eng kam iste’mol xarajatlari miqdori 1 ta inson uchun 1 oyga 621 ming so‘m deb belgilangan.
Sen iste’mol xarajatlari yordam pulini olish uchun hech qayerga murojaat qilishing shart emas.
Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan nogironligi bor insonga iste’mol xarajatlari yordam puli har oyda to‘lab borilishi majburiy.
Sen iste’mol xarajatlari yordam pulini olishing nogironlik pensiyangga ta’sir qilmaydi.
Sen bir vaqtning o‘zida:
- ham iste’mol xarajatlari yordam pulini
- ham nogironlik pensiyasini olishing mumkin.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan:
- yolg‘iz keksalar
- nogironligi bor insonlar
- ularga hamrohlik qiladigan bitta insongabir yilda bir marta viloyatlarga borib-kelish uchun temir yo‘l va avtobuslarga bepul chiptalar
Masalan:
- Sen Andijondan Toshkentga poyezdda bormoqchisan.
- Senga Toshkentga borish va Andijonga qaytish uchun bepul chipta berilishi kerak.
Sen viloyatlarga borib kelishga bepul chipta olish uchun “Inson” markazlarining mahallalardagi ijtimoiy ishchisiga murojaat qilishing kerak.
- Nogironligi bor insonlar
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan insonlarning yo‘qotilgan pasport yoki ID kartasi bepul almashtirib beriladi.
- Nogironligi bor insonlar
- Reyestrga kiritilgan insonlarga yuqoridagi xizmatlar ko‘rsatilmaganda yoki har yarim yilda tekshiruvchi mahalla raisiga murojaat qilishing
Assalomu alaykum ijtimoiy himoya yagona restetiga kirish qanday onlayn roʻyxatdan utuldi.
Assalomu alaykum
Siz «Ijtimoiy himoya reyestri» dan quyidagi ikki usulda ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin;
Tumaningizdagi Davlat xizmatlari markaziga borish orqali. U yerda xodim sizning nomingizdan ariza qoldiradi.
My.gov.uz Yagona hukumat portali orqali onlayn ariza qoldirish orqali. Siz birinchi navbatda My.gov.uz saytiga kirasiz va «xizmatlar» ruknidan «“Ijtimoiy himoya yagona reestri” ga kirish uchun ariza berish» bo‘limini tanlab ariza qoldirasiz va sizning arizangiz ko‘rib chiqiladi.
shaxriyausmonova@gmail.com
Assalomu alaykum
Iltimos, murojaatingiz yoki savolingizni to‘liq yozib qoldiring. Sizga qanday yordam bera olamiz?
halikulovazulfiya54@gmail.com
Assalomu alaykum
Iltimos, savolni to‘liq yo‘llang. Sizga qanday yordam bera olamiz?
Men 2guruh nogironiman 920 olaman yana har oyda 621 ming beriladimi?
Agar siz hozirda oziq ovqat va gigiyena uchun qo‘shimcha pul olmayotgan bo‘lsangiz, siz hozirda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilmagansiz. Chunki mazkur turdagi moddiy yordamni olish uchun nogironligi bo‘lgan shaxs Ijtimoiy himoya milliy agentligi “Inson” markazlari tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan bo‘lishi lozim.
Assalomu alaykum men ham 2-guruh nogironiman. Ushbu imtiyozlardan qanday foydalansam bo’ladi? Yani ushbu moddiy yordamni qanday olaman? Ijtimoiy himoya yagona restriga kiritilganman.
Sizga bunday yordam avtomatik tarzda ko‘rsatilishi lozim. Aniqlashtirish uchun iltimos Inson ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qiling.
Assalomu alaykum. Meni o‘g‘lim nogironligi borlar ro‘yxatida turadi. Biz majbur bo‘lib ijtimoiy xizmatidan mablag‘ olmoqchi edik lekin bizga 3.200.000 ming belgilanibdi shuni hali beri o‘tkazmayapti. Lekin shu summa to‘g‘ri yo‘naltirildimi yoki bizga ozgina belgilandimi. Javob kutamiz. Rahmat lekin🫡🫡
Assalomu alaykum
Moddiy yordam sifatida belgilangan mablag‘lar grafik jadval bo‘yicha navbat bo‘yicha berib boriladi. Qaysi navbatda turganligingizni bilmoqchi bo‘lsangiz, inson ijtimoiy xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.
Assalomu Aleykum va Rahmatulloh, My.gov.uz saytida «xizmatlar» ruknidan «“Ijtimoiy himoya yagona reestri” ga kirish uchun ariza berish» bo‘limi chiqmayapti, onlayn ariza bermoqchi edim, shuni ko’rsatib berolasizmi gmailmga rasm tashlab ko’rsatsangiz yanada tushunarliroq bo’lardi.
Assalomu alaykum
Afsuski, bunday yordam bera olmaymiz. Lekin siz my.gov.uz ni qaytadan yaxshiroq o‘rgangan holda ushbu sahifani topishingiz mumkin. Iltimos, e’tiborli bo‘ling.
мен кенжаев улугбек 1982 йилда тугилганман 2 грух ногирониман жисмоний мехнатга лоякатсизман ойлаликман 3 нафар вояга етмаган фарзандим бор айолим ишсиз ижарада яшаймиз.менга конунда корсатилган хар ойда 620 минг сом озик овкат ва гигиена махсулотлари учун бериладиган йордам берилмаяпти мен иштимойи ретсебга критилганман менга туманимиздаги иштимойи химоя марказидан хам йордам килинмади.мен кимга мурожар килишим керак
Assalomu alaykum
1140 raqamiga telefon qilsangiz Ijtimoiy himoya milliy agentligiga tushasiz. Bu masalada ijtimoiy himoya agentligiga murojaat qilganingiz to‘g‘ri bo‘ladi.
Men 2 ta bolam eshitmaydi faqat nogironlik pensiyasini olaman bu bu pul meni bolalarimga beriladimi
Assalomu alaykum
Albatta sizning bolalaringiz bu imtiyozdan foydalanishi mumkin.
Men xam olsam boladimi
Maqolamizda ko‘rsatib o‘tilgan tovarlar va qo‘shimcha pul to‘lovlarini, agar siz yolg‘iz keksalar va yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar qatoriga kirsangiz va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan bo‘lishingiz lozim. Huquqiy maqolamiz bilan batafsil tanishib chiqishingizni iltimos qilamiz.