Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Mehnat munosabatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va ayrim imtiyozlari

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor insonlarning mehnat qilishda huquqlari va ba’zi imtiyozlari haqida bilib olasan.

Sen mehnat qilishda boshqa ishchilar bilan teng huquqlisan.

Sen mehnat qilishda qonunda belgilangan imtiyozlaringdan foydalanishing mumkin.

Mehnat kodeksining 425-moddasiga ko‘ra:

  • rahbar sen bilan mehnat shartnomasi tuzmasligi yoki shartnomani bekor qilishi mumkin emas.

TIEK xulosasiga ko‘ra sen:

  • sog‘liging sababli ishdagi vazifalarni qila olmasang
  • ishdagi vazifalar sen va boshqalar sog‘ligi uchun xavfli bo‘lsa
  • rahbar seni ishga olmasligi yoki mehnat  shartnomasini bekor qilishi mumkin.

TIEK – bu Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi ya’ni shifokorlar guruhi.

Masalan:

  • Shifokorlar guruhi sening sog‘liging sabab  o‘qituvchi bo‘lib ishlash mumkin emas deb topsa,rahbar seni ishga olmaslikka haqli.

Mehnat kodeksining 143-moddasida nogironligi bor ishchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish qoidalari belgilangan.

Rahbar seni bo‘sh ish o‘rniga:

  • sening sog‘liging
  • sening roziliging bilan
  • ishlashing mumkin bo‘lgan ishga olishi shart.

Masalan:

  • Ishchi qandaydir sabab bilan nogiron bo‘lib qolsa, rahbar ishchini ishdan bo‘shatmasdan osonroq ish berishi kerak.

143-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra:

  • ishchi taklif qilingan osonroq ishni rad etsa
  • rahbarda sening sog‘ligingga mos ish bo‘lmasa rahbar ishchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.

Bunday hollarda sen bilan mehnat shartnomasini bekor qilinganda kafolatli to‘lovlar to‘lanadi.

Sen bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ikki xil kafolatli to‘lovni olishing mumkin.

Birinchi kafolatli to‘lov mehnat kodeksining 100-moddasiga ko‘ra:

  • sen shifokor xulosasiga ko‘ra osonroq ishga o‘tishni rad etsang
  • yoki rahbarda sen uchun oson ish bo‘lmagani sabab mehnat shartnomasi bekor qilinsa, ish topguningcha sening ikki oylik ish haqing to‘lab berilishi belgilangan.

Agar sen mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin:

  • o‘ttiz  kun ichida bandlikka ko‘maklashish markazidan ish qidirayotgan inson sifatida ro‘yxatdan o‘tib bu haqida ma’lumotnomani ish joyingga bersang uchinchi oy uchun ham oylik olishing mumkin.

Ikkinchi kafolat Mehnat kodeksining 173-moddasiga ko‘ra, senga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi.

Ishdan bo‘shatish nafaqasi – bu mehnat shartnomasi ma’lum sabab bilan bekor qilinganda uning oqibatlarini yumshatish uchun beriladigan to‘lov puli.

Ma’lum sabablar:

  • sen sog‘lig‘ining sabab boshqa ishga o‘tishni rad etish
  • yoki rahbarda senga mos ish yo‘qligi kiradi.

Ishdan bo‘shatish nafaqasi miqdori sen oxirgi ishlagan joyingga qarab beriladi.

Ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori:

  • uch yilgacha ishlagan ishchilar uchun — o‘rtacha oylikning yarmidan
  • uch yildan besh yilgacha ishlaganlar uchun — o‘rtacha oylikning yetmish besh foizidan
  • besh yildan o‘n yilgacha ishlaganlar uchun — o‘rtacha oylikning yuz foizidan
  • o‘n yildan o‘n besh yilgacha ishlaganlar uchun — o‘rtacha oylik ning bir yuz ellik foizidan
  • o‘n besh yildan ko‘p ishlaganlar uchun — o‘rtacha oylikning ikki yuz foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.

Masalan:

  • Sen bilan mehnat shartnomasi yuqoridagi sabablar bilan bekor bo‘lmoqda.
  • Sen 12 yil ishlagansan.
  • Sening o‘rtacha oylik ish haqing 5 (besh) million so‘m.
  • Bu vaziyatda senga to‘lab beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqasi miqdori 7 million 500 (yetti million besh yuz) ming so‘m.

Mehnat kodeksi 167-moddasiga ko‘ra, tashkilotga texnologiya va ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlar sababli qisqartirish kelganida birinchi bo‘lib ishda qoldirishga doir imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan ishchilarga beriladi.

Masalan:

  • Tashkilotga 3-4 ta ishchining ishini qiladigan yangi uskuna keltirildi.
  • Bu vazifani bajaradigan ishchilar ishdan bo‘shatilishi kerak va faqat 1 ta ishchi qolishi kerak.
  • Bunda eng tajribali ishchi ishda qolishi mumkin.

Agar ishchilarning tajribasi bir xil bo‘lsa 167-moddaning ikkinchi qismida ba’zi toifadagi ishchilarga yengilliklar berilgan.

Yengillik beriladigan ishchilar toifasiga kiruvchilarga:

  • o‘sha tashkilotda ishlash vaqtida nogiron bo‘lgan
  • yoki kasb kasalligiga uchragan insonlar
  • va nogironligi bo‘lgan insonlar ham kiradi.

Agar ishda yaxshi ishlasanggina senda nogironlik borligi ish o‘rningni saqlab qolishga yordam berishi mumkin.

Mehnat kodeksining 360-moddasiga ko‘ra, sen bilan mehnat shartnomasi tuzilayotganda va ishlayotgan vaqtingda shifokor ko‘rigidan majburiy o‘tkazishlari kerak.

426-moddaga ko‘ra, sen har yili majburiy shifokor ko‘rigidan o‘tishing kerak.

Seni majburiy shifokor ko‘rigidan o‘tish xarajatlarini rahbar to‘laydi.

Mehnat kodeksining 427-moddasiga ko‘ra, senda birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lsa sen  bir haftada o‘ttiz olti soatdan ko‘p ishlamasliging kerak.

Senda birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lsa sen uchun ish vaqti shifokorlar guruhining tavsiyasiga qarab belgilanadi.

Lekin, sening ish vaqting davomiyligi:

  • olti kun ishlasang — bir kunda olti soatdan
  • besh kun ishlasang  — bir kunda yetti yarim soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Masalan:

  • senda ikkinchi guruh nogironligi bor va sen 1 haftada 5 kun ishlaysan, bunda  sen bir kunda 7 soat 30 daqiqa ishlashing kerak.

Seni faqat o‘z roziliging bilan:

  • xizmat safariga yuborishlari
  • tungi vaqtda ishlatishlari
  • ish vaqtidan tashqari ishlarga
  • dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishlari mumkin.

Agar sen uchun bunday ishlarga shifokorlar guruhi tomonidan ruxsat berilgan bo‘lsa ishlashing mumkin bo‘ladi.

Agar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyasida yuqoridagi hollarda ishlash mumkin emasligi yozilgan bo‘lsa, sen rozi bo‘lsang ham ishlashing mumkin bo‘lmaydi.

“Mehnat munosabatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va ayrim imtiyozlari” ga 10 ta javob

  1. Савол.Мен 2 грух ногирониман.Автохалокат туфайли оегим синиб,операциядан Сунг 3см калта килиннан.Менга умрбод ногиронлик нафакасини тайинлайдими.

  2. Biz qanday ularga tushuntirishimiz mumkin 7 yarim soat ishlashimizni shartnomada keltirishimiz kerak bo’ladimi ? Qarabsizki ko’p korxonalarda ish soati 9 soatdan. Biz keyin ish bilan taminlanishimiz ehtimol bo’lib qolmaydimi?

    • Assalomu alaykum

      Siz ishga kirishda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotni ish beruvchiga taqdim qilgan bo‘lsangiz ish beruvchi Mehnat kodeksiga binoan, sizga tegishli ish soatlarini qo‘yib berishga majbur.

      Agar sizning mehnat jarayoningizda qonunchilik buzilishini ko‘rayotgan bo‘lsangiz, saytimiz orqali bizga murojaat qoldiring. Biz sizga yordam beramiz.

  3. Asalomu alekum nogirnolik masalan 1chi 2chi 3chi gurux nogironlik bilan shunday mehnat qobiliyatini yoqotganlikni qanday farqi bor. Men hoz mehnat qobiliyatini 20foiz yoqotganlik deb TIEK tomonidan berilgan men oz ishimda ishlashga haqim bormu yoqmu

    • Assalomu alaykum

      TIEK tomonidan berilgan xulosada sizning qaysi ishda ishlay olishingiz mumkinligi ko‘rsatiladi. Shu ishlar qatoriga sizning hozirgi ishingiz kirsa, unda siz bemalol shu ishda ishlay olasiz.

      Agar hozirgi ishingiz TIEK ning xulosasida ishlash mumkin ishlar ro‘yxatida yo‘q bo‘lsa, unda ishingizni davom ettira olmaysiz.

  4. men 2 gurux nogironiman vazirlik tomonidan quyilgan vakansiyaga nomzod bulib ishga kirganman lekin ish beruvchi 1 yillik shartnoma bergan shu shartnomamni nomuyyon muddatga uzaytirish uchun nima qilsam buladi mehnat shartnomam nihoyasiga yetgandan kiyin ish beruvchi bushatib yubormaydima

    • O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
      111-modda. Xodim bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzishning asosliligi
      Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, muddatli mehnat shartnomasining muddati tugaganidan keyin, ushbu Kodeksning 112 yoki 113-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda taraflar uning amal qilish muddatini uzaytirishga haqli. Bunda muddatli mehnat shartnomasining jami muddati besh yildan oshmasligi kerak. Agar muddatli mehnat shartnomasining umumiy muddati u uzaytirilishidan oldin va keyin besh yildan oshgan bo‘lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb topiladi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
      🔍158-modda. Muddatli mehnat shartnomasini uning muddati tugashi munosabati bilan bekor qilish

      Muddatli mehnat shartnomasi uning amal qilish muddati tugashi bilan bekor qilinadi. Mehnat shartnomasini uning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan bekor qilish to‘g‘risida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni ushbu asos bo‘yicha tugatishga qaror qilgan taraf boshqa tarafni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak, bundan ish joyi (lavozimi) saqlanayotgan xodim yo‘q bo‘lgan davrga tuzilgan muddatli mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugaydigan hollar mustasno.

  5. Men yolgʻiz ayolman qaramogʻimda Bolalikdan 2 guruh qizim bor nogironi bor ayolni ishdan bushatish mumkin mi qisqarish keldi va 67 internet maktabi tuhatilib nihizida 110 maktab ochildi.

    • Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro! Mazkur holatda qisqarishning asosiy huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 2-bandi hisoblanadi. Unga ko‘ra, ishlar hajmining qisqarishi yoki xodimlar soni yoxud shtati o‘zgarganligi sababli ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.

      Mehnat kodeksining 167-moddasiga ko‘ra, shtat qisqarishida ishda qoldirishga doir imtiyozli huquq avvalo malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlarga beriladi. Malaka va mehnat unumdorligi teng bo‘lsa, moddada ko‘rsatilgan ayrim toifalarga afzallik beriladi.

      Biroq 167-moddada “nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud yolg‘iz ona” degan holat alohida mustaqil imtiyoz sifatida belgilanmagan. Shu sababli, farzandida bolalikdan II guruh nogironligi mavjud bo‘lgan yolg‘iz ona shtat qisqarishiga tushishi mumkin; bu holatning o‘zi qisqartirishni taqiqlamaydi.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli