Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi boʻlgan shaxslar transport vositalarini haydashi mumkinmi?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen transport vositalarini haydashing uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida bilib olasan.

Transport vositalari – bu sen haydashing mumkin bo‘lgan har xil mashinalar, motoaravacha va mototsikllar.

Sen transport vositasini haydashing uchunshifokor tekshiruvidan o‘tishing kerak bo‘ladi.

Sen haydovchilik guvohnomasini olishing uchun turli imkoniyatlarga egasan.

Haydovchilik guvohnomasi – bu senga mashina haydash uchun beriladigan ruxsatnoma.

Sen:

  • maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan
  • avtomat uzatkichli yengil mashina haydashing mumkin.

Senga mashina haydash mumkin yoki mumkin emasligini bilish uchun  yashash joyingdagi shifokorga murojaat qilishing kerak.

Seni shifokor 3 ish kuni davomida tekshirishi mumkin.

Agar senga qo‘shimcha tekshiruv kerak bo‘lsa, shifokor seni 14 ish kuni davomida tekshirishi ham mumkin.

Seni tekshiruvdan o‘tkazish kunlarini shifokor uzaytirishi mumkin.

Sen tekshiruvdan o‘tish uchun:

  • Pasporting
  • Yoki ID-kartang bilan shifokorga murojaat qilishing kerak.

Senga mashina haydash mumkin yoki mumkin emasligini tekshiruvchi shifokorga pul to‘lamaysan.

Senga mashina haydash mumkin bo‘lsa  083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma beriladi.

083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma faqatgina “V” toifadagi avtotransport  haydovchilariga beriladi.

“V” toifadagi mashinalar – bu yengil yuk tashishga mo‘ljallangan damas, labo kabi mashinalar.

Boshqa toifadagi mashinalar uchun qonunchilikda maxsus shakldagi ma’lumotnoma ko‘rsatilmagan.

Agar tekshiruvda shifokor seni ko‘zoynak yoki eshitish moslamasi bilan mashinani haydash kerakligini aniqlasa, ma’lumotnomangga:

  • ko‘zoynak bilan haydash majburiy
  • yoki eshitish moslamasi  bilan haydash majburiy degan xulosa yozadi.

Qo‘l bilan boshqariladigan yengil mashinalarni boshqarishda sen uchun tibbiy ko‘rsatmalar:

  • harakat chegaralanishiga sabab boʻladigan oyoq kaft qiyshiqligi
  • oyoqning 7 sm va undan ortiqroq kaltaligi
  • bir yoki ikkala son suyagining amputatsion choʻltoqligi
  • bir yoki ikkala oyoq boldir sohasining amputatsion choʻltoqligi
  • bir tomonlama son yoki boldir qismi choʻltogʻi
  • yurish, oʻtirishning buzilishiga olib keluvchi umurtqa pogʻonasi, tos yoki ikkala oyoqlarning qiyshiqligi yoki kasalliklari
  • oʻtirish holati saqlangan pastki oyoqlarningfalajligi
  • chap oyoq qon tomir va nerv tolalarining shikastlanishi, ifodalangan trofik buzilishlari bilan.

Amputatsion choʻltoqlik –  bu operatsiyadan keyin tananing qolgan qismi.

Mashina haydash bo‘yicha amaliy imtihon vaqtida  mashinada sen uchun kerakli sharoit bo‘lishi shart.

Imtihon o‘tkazishda ishlatiladigan mashina yo‘l harakati qoidalari talabiga ko‘ra:

  • taniqli belgilar
  • qo‘shimcha uskunalar bilan jihozlanadi.

Imtihon o‘tkaziladigan joyda:

  • axborotlarni qabul qilish-uzatish tizimlari
  • yorug‘lik, ovozli avariya to‘xtash ishorasi datchiklari
  • sen bajaradigan sinov mashqlarini qayd etadigan maxsus qurilmalar
  • har bir mashqning va imtihonning yakuniy natijasi bo‘yicha axborot beradigan qurilma bo‘lishi shart.

Agar senda eshitish bo‘yicha nogironlik bo‘lsa, imtihonlarni o‘tkazishda imo ishora tili tarjimoni ishtirok etishi mumkin.

Agar senda eshitish bo‘yicha nogironlik bo‘lsa, haydovchilikka o‘qish vaqtida ham senga imo ishora tili tarjimoni yordam beradi.

“Nogironligi boʻlgan shaxslar transport vositalarini haydashi mumkinmi?” ga 78 ta javob

  1. men uzoqni kurolmiman kuzoynak tushimidi 20 yoshman 2 guruh bolalikdan nogiron qanday qilib haydovchilik guvohnomasi olsam buladi?

    • Assalomu alaykum

      Haydovchilik guvohnomasini olish uchun TIEK dan «083/h» tibbiy ma’lumotnomasini olish lozim. Agar shaxsning ko‘zida nogironligi bo‘lsa, ma’lumotnomada «ko‘zoynak bilan haydash majburiy» deb yozilishi lozim. Siz faqatgina ko‘zoynak taqsangizgina, siz haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishingiz mumkin.

  2. Men xam haydovchilik guvohnomasiga oʻqimoqchiman bizlarga aloxda oʻqish borm yoki oʼzmiz yashayotgan joydagi oqishtaxam oqsek boloradm savol uchun raxmat

    • Assalomu alaykum.
      Aynan qaysi avtomaktabda o’qish aniq belgilab qo’yilmagan. Qaysi avtomaktabda nogironligi bor shaxslarni o’qitishga sharoit yaratilgan bo’lsa, o’sha yerda o’qisangiz bo’ladi.

  3. Assalom aleykum men 3 yil oldin haydovchilik guvohnomasiga oʻqiganman nazariy imtihon topshirganman va baxtsiz hodisa tufayli harakatim cheklanib guvohnoma ololmaganman oʻqiganlik maʼlumotnoma olib guvohnoma olsam boʻladimi yoki qaytadan oʻqishim kerakmi

    • Vaalaykum assalom, Kamoliddin!

      Agar siz avtomaktabni o‘qib tugatganligingiz to‘g‘risida ma’lumotnoma olgan bo‘lsangiz, bemalol haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon topshirsangiz bo‘ladi. Chunki avtomaktabni o‘qib tugatganingizdan bir yil yoki ikki yil ichida haydovchilik guvohnomasini olish kerak degan talab yo‘q.

      Demak agar siz avtomaktabda o‘qiganligingiz to‘g‘risida avtomaktabdan ma’lumotnoma olgan bo‘lsangiz, xohlagan vaqti haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon topshirishingiz mumkin.

    • Assalomu alaykum

      Agar sizning yoshingiz 30 yoshdan oshmagan bo‘lsa, siz «Yoshlar daftari»ga kirish orqali, avtomaktabingiz to‘lovining bir qismini davlat tomonidan qoplatishingiz mumkin.

      Yoshlar daftariga kirish uchun mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qiling.

  4. Haydovchilik guvohnomasini olishda amaliy imtihonda nogironlarga avtomat uzatmali avto mashina beriladimi

    • Assalomu alaykum

      Yo‘q, unday imtiyoz mavjud emas. Hammaga bir xil mexanik boshqaruvli avtomobil beriladi.

  5. Assalomu aleykum prava hujjatini olganman uni muddati boladimi Qanqa dur sanada vaqt davomida olish mumkini seroginyoqmi

    • Assalomu alaykum

      Haydovchilik muddati hozirgi kunda 10 yilga beriladi. Bu muddatdan keyin haydovchilik guvohnomasini qayta olish mumkin.

  6. men 2 grux npgironiman menga xaydovchilik guvoxnomasi olish uchun tolovlarda imtiyoz boladimi

    • Assalomu alaykum

      Haydovchilik guvohnomasini berish bu davlat xizmati hisoblanadi va davlat xizmatidan foydalanishda nogironligi bor shaxslarda 50 foizlik imtiyoz mavjud.

      Demak, siz imtihon summasining yarmini to‘laysiz.

    • Agar sizning yoshingiz 30 yoshdan oshmagan bo‘lsa, siz «Yoshlar daftari»ga kirish orqali, avtomaktabingiz to‘lovining bir qismini davlat tomonidan qoplatishingiz mumkin. Yoshlar daftariga kirish uchun mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qiling.

      Bundan tashqari, haydovchilik guvohnomasini berish bu davlat xizmati hisoblanadi va davlat xizmatidan foydalanishda nogironligi bor shaxslarda 50 foizlik imtiyoz mavjud.

      Demak, siz imtihon summasining yarmini to‘laysiz.

      Batafsil ma\’lumot uchun huquqiy maqolamiz bilan tanishing: https://huquqplus.uz/materials/transport/1549

  7. Здравствуйте я инвалид 2 группы у меня есть Электро скутер 3 колёсный с Марта 2025 года на него нужны будут водительские права категории A мне нужна помощь пожалуйста свяжитесь со мной +998991866262 у нас в Самарканде в ТИЭК не дают справку 083 что мне делать?

    • Здравствуйте. Если ваш электро скутер адаптирован для людей с инвалидностью, то вам не нужно водительское удостоверение, а необходимо получить специальное разрешение. Для получения специального разрешения, дающего право на вождение, вам нужно обратиться с письменным заявлением в Единственный государственный центр интерактивных услуг по месту вашего проживания. Это связано с тем, что Единственный государственный центр интерактивных услуг работает в сотрудничестве с организацией по безопасности дорожного движения.

    • Assalomu alaykum

      Siz 083/h shaklidagi tibbiy ma’lumotnomani olish uchun Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) ga murojaat qilishingiz lozim.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli