Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash tartibi qanday?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor insonlarni reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash tartibi haqida bilib olasan.

Reabilitatsiya vositalari – bu senga kerak bo‘ladigan barcha tibbiy jihozlar.

Reabilitatsiya vositalari bular:

● hassa

● ko‘zoynak

● quloqchin

● protez apparatlari

● korset va boshqalar.

  • Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 253-sonli qaroriga ko‘ra, senga:
  • protez-ortopediya qurilmalari
  • reabilitatsiya vositalarini berish tartibi belgilandi.

Senga 30 xil ko‘rinishdagi reabilitatsiya vositalari berilishi mumkin.

Senga reabilitatsiya vositalarini berish uchun sening  nogironligingni  belgilash kerak.

Agar sen:

  • pensioner bo‘lsang
  • va nogironlik guruhing bo‘lmasa senga reabilitatsiya vositalari tibbiy xulosaga qarab beriladi.

Sen tibbiy xulosani olishing uchun o‘zing yashaydigan joydagi poliklinikaning vrachlik-maslahat guruhiga ariza yozishing kerak.

Vrachlik-maslahat guruhi:

  • sening arizang
  • va davolovchi shifokorning tibbiy hujjatlariga qarab senga tibbiy xulosa beradi.

Vrachlik-maslahat guruhi beradigan xulosa qurilmalar berish ko‘rsatmasiga to‘g‘ri kelishi kerak.

Masalan, senga xonaga mo‘ljallangan o‘rindiqli aravachani berish uchun tibbiy ko‘rsatma tasdiqlangan.

Senga:

  • surunkali yurak yetishmovchiligi NYHA bo‘yicha to‘rtinchi funksional sinf
  • uchinchi daraja nafas olish yetishmovchiligi bilan asoratlangan nafas olish organlari kasalliklari
  • har qanday darajadagi qon aylanishi yetishmovchiligi bilan uyg‘unlikda
  • portal gipertenziya va assit bilan birgalikda kechuvchi jigar kasalliklari oqibatida yuzaga kelgan yurish va turishning kuchli ifodalangan buzilishi
  • to‘rtinchi darajadagi surunkali buyrak yetishmovchiligiga olib keladigan kasalliklar
  • surunkali buyrak kasalliklari beshinchi darajasi sababli yuzaga kelgan yurish turishning kuchli buzilishi
  • surunkali arteriya va vena kasalliklari tufayli yuzaga kelgan yurish turishning kuchli ifodalangan buzilishi
  • ikkala tomonlama “fil oyoqlik” bosqichida limfedema tufayli yuzaga kelgan yurish turishning kuchli ifodalangan buzilishi
  • kuchli pastki paraparez
  • ikkala chanoq-son va (yoki) tizza bo‘g‘imlarini endoprotezlash asoratlaridan keyin yuzaga kelgan yurish-turishning kuchli ifodalangan buzilishi
  • bir oyoq funksiyasi ifodalangan darajada buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya cho‘ltoqligi
  • ikkala chanoq-son va (yoki) tizza bo‘g‘imlarining uchinchi va to‘rtinchi darajali artrozi
  • pastki paraplegiya, triplegiya (oyoqning bittasi plegiya bo‘lganda), tetraplegiya
  • ifodalangan akinetik-rigid sindromi va kuchli ifodalangan ataksiya, vestibulyar-miyacha buzilishlari, giperkinetik buzilishlar
  • ikkala tizza va undan yuqoridagi amputatsion cho‘ltoqligi
  • ikkala oyoq va tos suyaklari kuchli ifodalangan nuqsoni, deformatsiyasi va tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari)
  • aqliy zaiflik va ruhiy kasalliklarning og‘ir darajasi va demensiya uchun o‘rindiqli aravacha beriladi.

Senda nogironlik bo‘lsa:

  • nogironlik vaqtiga qarab
  • shifokorlar tekshiruvidan o‘tish vaqtigacha belgilanadi.

Shifokorlar sening nogironligingni belgilaganda va tibbiy xulosa “Ijtimoiy himoya” tizimiga kiritilganda, sen protez moslama yoki reabilitatsiya vositalariga muhtoj insonlar ro‘yxatiga kiritilasan.

Agar senda vaucher bo‘lsa, sening telefoningga bu haqida SMS yoki shaxsiy kabinetingga xabar keladi.

Vaucher – bu ma’lum bir reabilitatsiya vositasini sotib olish uchun berilgan pul qiymati o‘rnini bosuvchi qog‘oz.

Masalan:

  • sen 34 million so‘mlik protezga buyurtma berding
  • sendagi vaucher esa 31 million so‘mga berilgan
  • bunda qolgan 3 million so‘mni sen o‘zing to‘laysan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va “Uzum Market” bilan muhtoj insonlarga protez-ortopediya va reabilitatsiya vositalari berish uchun hamkorlikda yangi tizim ishga tushirilgan.

Bu tizim orqali bepul tarzda reabilitatsiya vositalari yetkazib beriladi.

Senga beriladigan reabilitatsiya vositalari ro‘yxati:

  • Son, boldir, qo‘l va ko‘krak bezi protezlari
  • Apparatlar, tutorlar, korsetlar va bandajlar
  • Murakkab ortoped poyabzal va protez poyabzal
  • Raqamli eshitish moslamalari
  • Elektr yuritmali kreslo-aravachalar va yurish moslamalari
  • Mexanik kreslo-aravachalar, hassalar va qoʻltiq tayoqlar
  • Ovozli tonometr, termometr va boshqa moslamalar.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash tartibi qanday?” ga 4 ta javob

  1. 2guruh nogironliman boquvchim yuq endoprotis uchun mablaĝ kerak yordam beringizlar

    • Assalomu alaykum

      Siz o‘zingiz yashab turgan joydagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishingiz lozim.

  2. Chori Safarov Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Qaraqum MFY sokin hayot kuchasi 158 uy 2-guruh nogironiman Men ikki tomonlama koksaortiroz kasalligi bilan ogʻrigan man Men soligʻimni tiklashim uchun Men Toshkentda apirassa qildirishim kerak Men yaniy indapiratiz quydirishim kerak Menga huquqiy tomondan amaliy yordam berishingizni soʻrayman

    • Assalomu alaykum, afsuski endoprotez protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ro‘yxatiga kiritilmagan ekan. Biz sizga faqat Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilishni tavsiya berishimiz mumkin va oilaviy shifokoringizga. Menimcha siz tibbiyot muassasasida endoprotez qo‘ydirishingiz uchun yo‘llanma (order) olishingiz kerak bo‘ladi. Tartibini sog‘liqni saqlash vrachlari yaxshi bilishadi aka. Batafsil ma’lumotni usbhu huquqiy maqolamizdan topsangiz bo‘ladi: https://huquqplus.uz/materials/tibbiy-xizmatlar-va-reabilitasiya/704 Salomat bo‘ling!

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli