Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda o‘qitish tartibi qanday?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor bolalarni bog‘chada inklyuziv shaklda o‘qitish tartibi haqida bilib olasan.

Inklyuziv o‘qitish –  bu nogironligi bor bolani boshqa bolalar  bilan bir xil imkoniyatlardan foydalanib o‘qitish.

Prezidentning 2019-yil 29-apreldagi farmoniga ko‘ra:

  • inklyuziv o‘qitishni rivojlantirish uchun 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limida inklyuziv ta’limni rivojlantirish rejasi ishlab chiqildi.

Inklyuziv bog‘chalarga bolalarni o‘qishga joylashtirish uchun:

  • bola ota-onasining arizasi (Ariza namunasi 2-ilovada)
  • maxsus yo‘llanma
  • tuman xalq ta’limi tibbiy-psixologik, pedagogik komissiya xulosasi kerak bo‘ladi.

Sen nogironligi bor bolangni maxsus bog‘chaga joylashtirishda maxsus yo‘llanma olish uchun:

  • Davlat xizmatlari markazlari
  • my.gov.uz internet manzili orqali ariza bilan murojaat qilishing mumkin.

Ariza bilan murojaat qilinganingdan keyin, senga navbatsiz yo‘llanma beriladi.

Sen nogironligi bor bolangni inklyuziv bog‘chaga joylashtirishda tuman xalq ta’limi tibbiy-psixologik, pedagogik komissiya xulosasini olishing uchun:

  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy maxsus bo‘linmalariga borib
  • ariza bilan murojaat qilishing kerak.
  • (Ariza namunasi 1-ilovada)

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy bo‘linmalarining tibbiy-psixologik, pedagogik komissiyasi bor.

Ariza bilan murojaat qilganingdan keyin nogironligi bor bolang shu komissiya shifokori tekshiruvidan o‘tkaziladi va yo‘llanma beriladi.

  • Davlat xizmatlari yoki my.gov.uzdan olingan yo‘llanma
  • tuman xalq ta’limi tibbiy xulosasi bilan nogironligi bor bolani maxsus inklyuziv sharoitlarga ega bog‘chaga joylashtirish uchun ariza bilan murojaat qilishing mumkin.

Hozirda O‘zbekistonda 74 ta inklyuziv bog‘cha bor.

Inklyuziv bog‘chalar sifatida:

  • Toshkent shahridagi 369-sonli bolalar bog‘chasi
  • Toshkent shahridagi 322-sonli maxsus bolalar bog‘chasi
  • Qoraqalpog‘istonning Nukus shahridagi imkon reabilitatsion markazi
  • Qashqadaryoning Qarshi shahridagi imkon reabilitatsion markazi
  • Toshkent viloyati Qibray tumanidagi imkon reabilitatsion markazi
  • Navoiyning Zarafshon shahridagi umid reabilitatsion markazlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin.

Sen nogironligi bor bolani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy bo‘linmalarining tibbiy-psixologik va pedagogik komissiyasi xulosasi bilan yashash joyingga yaqin inklyuziv bog‘chaga joylashtirishing mumkin.

Agar senga yaqin joyda inklyuziv bog‘cha bo‘lmasa, tibbiy xulosaga ko‘ra nogironligi bor bolani viloyat markazidagi maxsus reabilitatsiya markazlariga joylashtirishing mumkin.

Reabilitatsion markaz – bu nogironligi bor bola uchun kerakli barcha sharoitlarga ega joy.

Sen bolangni reabilitatsiya markaziga joylashtirganing  uchun to‘lov olinmaydi.

Inklyuziv bog‘chalarda nogironligi bor bolalar:

  • bolalarning nogironlik holati
  • ma’lumotlarni qabul qilishiga qarab o‘qitiladi.

Maxsus bog‘chalarining o‘qitish jarayoni:

  • maxsus dasturlar
  • yengil tartibdagi o‘yinlar bilan o‘tkaziladi.

Maxsus dastur – bu nogironligi bor bolalarning holatiga moslashtirib tuzilgan darslar.

Masalan:

  • ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor bolalarni shaklli o‘yinchoqlar yordamida o‘qitishadi
  • harakatlanish bo‘yicha nogironligi bor bolalarni maxsus tibbiy vositalari yordamida o‘qitishadi.

Bog‘chalarda, bolalarni maxsus defektolog pedagog va tibbiy xodimlar o‘qitishadi.

Defektolog pedagog  – bu to‘g‘ri, ravon gapirishni o‘rgatuvchi ustoz.

“Nogironligi bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda o‘qitish tartibi qanday?” ga 2 ta javob

    • Nogironlik guruhingiz bo’lsa, sizning hududingizdagi Aholi bandligiga ko’maklashish markaziga (xalq tilida «birja» deyiladi) yozma murojaat qilishingiz kerak. Yozma arizada nogironligi bo’lgan shaxslar uchun 3% kvota asosida ajratilgan vakansiyalar ro’yxatini ham so’rashni tavsiya qilamiz. Mana shu ro’yxatda davlat muassasalaridagi zaxiralangan bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot bor. Shu jumladan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi vakansiyalar haqidagi ma’lumotlar ham bo’ladi.

      Bandlikka ko’maklashish markazida o’sha 3% kvota bo’yicha ishlar ro’yxati bor. Hududiy Bandlikka ko’maklashish markazidan «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun 2025 yilda ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxona va tashkilotlar ro‘yxati»ni berishlari kerak sizga.

      Omad!

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli