Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi boʻlgan shaxslarning pensiya olishga boʻlgan huquqi

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen pensiya olishga boʻlgan huquqlaring haqida bilib olasan.

Nogironlik pensiyasi – bu nogironligi bor insonlar hayotini osonlashtirish uchun davlat tomonidan beriladigan pul.

Pensiya ta’minoti haqidagi qonunning 1-moddasiga  ko‘ra, Oʻzbekistonda yashovchi insonlar davlat tomonidan pensiya olish huquqiga ega. [1].

Pensiya ta’minoti haqidagi qonunning 15-moddasiga ko‘ra nogironlik pensiyasi beriladigan insonlar:

  • Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor insonlar
  • Chernobil AESdagi avariyada kasal bo‘lib, uchinchi guruh nogironi bo‘lganlar.
Chernobil AES – bu Chernobildagi Atom elektr stansiyasi.

U 1986- yilda portlagan.

Nogironlik pensiyasi 3 guruhga bo‘linadi va shunga qarab pensiya  beriladi.

Pensiya Moliya Vazirligining pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan belgilanadi.

Nogironligi bor insonlar uchun pensiya turlari:

  • Sen ish payti jarohatlansang
  • kasbing sabab kasal bo‘lsang
  • qancha vaqt ishlagan bo‘lsang ham nogironlik pensiyasini olishing mumkin.

Masalan:

  • Sen zavodda 21 yoshingdan ishlaysan.
  • 24 yoshda zavodning zaharli havosi sabab kasal bo‘lding.
  • Sen 3 yil ishlagansan.
  • Sen kam ishlagan bo‘lsang ham nogironlik pensiyasini olishing mumkin.

Senda kasallik sabab nogironlik paydo boʻlgan vaqtgacha ishlagan vaqtingga  qarab nogironlik pensiyasi beriladi.

Nogironlik pensiyasi:

  • 23 yoshgacha, 2 yillik ish tajribasi hisoblanadi
  • 23 yoshdan 26 yoshgacha 3 yillik ish tajribasi hisoblanadi
  • 26 yoshdan 31 yoshgacha 5 yillik ish tajribasi hisoblanadi
  • 31 yoshdan 36 yoshgacha 7 yillik ish tajribasi hisoblanadi
  • 36 yoshdan 41 yoshgacha 9 yillik ish tajribasi hisoblanadi
  • 41 yoshdan 46 yoshgacha 11 yillik ish tajribasi hisoblanadi
  • 46 yoshdan 51 yoshgacha 14 yillik ish tajribasi hisoblanadi
  • 51 yoshdan 56 yoshgacha 17 yillik ish tajribasi hisoblanadi
  • 56 yoshdan katta bo‘lsa, 20 yillik ish tajribasi hisoblanadi.

Masalan:

  • Sen 27 yoshgacha ishlagansan.
  • Senda kasallik sabab nogironlik paydo boʻldi.
  • Sening yoshing  27 da ekanligi sababli 5 yillik ish vaqti hisoblanadi.

Oliy kengash va Vazirlar mahkamasining qaroriga koʻra, Chernobil AES sababli kasal bo‘lgan insonlar  zararni qoplaydigan miqdorda nogironlik pensiyasi olishi mumkin. [3].

Chernobil AES halokatida nurlanib zararlangan insonlarni uchta guruhga bo‘lib nafaqa beriladi:

  • birinchi guruh
  • ikkinchi guruh
  • uchinchi guruh
  • 2011-yil 1-yanvardan boshlab uchinchi guruh nogironlik belgilangan shaxslarga pensiya berilmaydi
  • Lekin Chernobil AES sababli uchinchi guruh nogironligi bor insonlarga nafaqa beriladi.[4]
  • 20 yoshgacha kasallik sababli ishlamagan
  • ish vaqtida yoki ish toʻxtatilganidan keyin nogiron bo‘lib qolgan  insonlarga ham beriladigan pensiya turlari bor.
Nogironlik Pensiyasini olishingda kerak boʻladigan hujjatlar:

●     sening pensiya olish uchun yozgan arizang

●     ishlagan vaqtingni tasdiqlovchi hujjat

●     oylik haqida guvohnomang

●     pasport yoki ID kartang

●     nogironliging  haqidagi hujjat

●     yashash joyingdan ma’lumotnoma

●     Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi haqida”gi qarorida yozilgan boshqa hujjatlar.

Yashash joyingdan ma’lumotnomada – oilangda yashaydigan barcha insonlarning:

●     familiyasi

●     ismi va otasining ismi

●     tugʻilgan yili

●     oyligi

●      senga kim ekanligi yozilishi kerak.

Sen pensiya yoshiga yetganingdan keyin kerakli hujjatlarni to‘plab, pensiya olish uchun ariza berishing mumkin.

Bergan arizang 10 kunda ko‘rib chiqiladi.

Ishlamagan insonlarning pensiyasi – oyiga 800 000 (sakkiz yuz ming) soʻm.

Ishlay olmaydigan yoki bolalikdan nogiron bo‘lgan insonlarning pensiyasi – oyiga 800 000 (sakkiz yuz ming) soʻm.

Pensiyani qayta hisoblash – senda nogironlik paydo bo‘lganidan  keyin 1 yil va undan ko‘p ishlaganing uchun sening nogironlik pensiyang  qayta hisoblanadi.

Sening nogironlik pensiyang qayta hisoblansa, unga qo‘shimcha pul qo‘shiladi.

Sening nogironlik pensiyang:

  • ishlagan vaqting
  • oylik haqidagi hujjating bilan  2 yilda 1 marta qayta hisoblanadi.

Sen pensiyani  qayta hisoblash vaqti kelganida xohlagan payting pensiya jamgʻarmasi boʻlimlariga murojaat qilishing mumkin.

Masalan, sen pensiyangni ko‘paytirish uchun mart oyida ariza bergan bo‘lsang, apreldan pensiyang ko‘payadi.

Pensiyangni kamaytirish holati  paydo bo‘lsa,  qayta hisoblanib, keyingi oydan pensiyang kamayadi.

Sen qarilik pensiyasidan nogironlik pensiyasiga  oʻtmoqchi boʻlsang, yashash joyingdagi pensiya boʻlimiga kerakli hujjatlar bilan murojaat qilishing kerak.

Pensiya jamgʻarmasi hujjatlarni 10 kunda oʻrganib chiqib, qarilik pensiyasidan nogironlik pensiyasiga oʻtkazadi.

Senda qarilik pensiyasini olayotgan payt nogironlik paydo bo‘lib nogironlik pensiyasiga oʻtmoqchi boʻlsang, sening avvalgi ishlagan vaqting hisoblanmaydi.

Sen sababsiz qayta shifokor ko‘rigidan o‘tishga bormagan bo‘lsang, nogironlik  pensiyasini  berish to‘xtatiladi.

Sen shifokor ko‘rigidan qayta o‘tib, nogironlik pensiyasini tiklaganingdan keyin pensiya to‘xtatilgan kunidan beriladi.

Agar pensiya jamg‘armasi senga nogironlik pensiyasi berishni rad etsa, sen sudga shikoyat qilishing mumkin.

“Nogironligi boʻlgan shaxslarning pensiya olishga boʻlgan huquqi” ga 26 ta javob

  1. Assalomu alaykum meni tuğma miyopiya bor 2022yil 2guruh chiqan edim koʻzimda hiralik koʻpaydi va men diniy gavhar qoʻydirganman lekin koʻzimda oʻz boʻlsa-da oʻzgarish boʻldi TIEK hulosasida bita koʻz hira dedi 3guruh berdi umumiy kasallik deb 3gaham pensiya beriladimi

    • Vaalaykum assalom, Vazirlar Mahkamasining 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq (ushbu qaror hozirgi kunda amalda emas, 20.09.2023 yil o‘z kuchini yoqotgan), 2011-yil 1-yanvardan boshlab nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga nogironlik pensiyasi tayinlanmaydi va to‘lanmaydi. Shuningdek, takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga ham pensiya tayinlanmaydi va toʻlash toʻxtatiladi.

      «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni 15-moddasiga muvofiq, faqatgina Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligini orttirgan shaxslargagina nogironlik pensiyalari tayinlanadi. Ular nogironlik pensiyasini olishni davom ettirishadi. Chernobil AES falokati oqibatida nogiron deb topilganlarga I va II guruh nogironligi muddatsiz, III guruh esa 5 yil muddatga beriladi. Sabab sifatida “CHAES falokati oqibatida” deb yoziladi.

      Uchinchi guruh nogironligi bor shaxslarga qanday imtiyozlar borligi haqida batafsil ma’lumotni huquqiy maqolamizdan olsangiz bo’ladi: https://huquqplus.uz/materials/social-protection/7769

  2. O‘g‘lim1guruh nogironi guvohnomasi yo‘q qaytib pulga o‘tkazsam bo‘ladi

  3. Men nogironlik pensiyasini olib ishlab kelmoqdaman yoshim 55-ga kirsam yoshga doir pensiyamni olmasdan noqironlik pensiyam tugash muddati kelguncha qadar olib, kegin vaqti kelganda yani nogironlik pensiyam tugagan vaqtdan boshlab yoshga doir pensiyamga almasgtirsam boladimi

    • Ha, mumkin. Agar nogironlik pensiyangiz to‘xtatilsa va shu vaqtda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lsangiz, yoshga doir pensiyaga o‘tish uchun Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilishingiz mumkin.

      «Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 592-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori Nizomning 120–121-bandlariga ko‘ra, bir turdagi pensiyani olayotgan pensioner boshqa turdagi pensiya olish huquqiga ega bo‘lsa, pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risida ariza berishga haqli.

      Yoshga doir pensiya barcha zarur hujjatlar bilan murojaat qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to‘lanadi. Shuning uchun nogironlik pensiyangiz tugaganidan keyin yoshga doir pensiyaga o‘tishingiz mumkin. Buning uchun yoshga doir pensiyaga o‘tish bo‘yicha Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilasiz.

      Huquqiy asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.10.2022 yildagi 592-son qarori: https://www.lex.uz/en/docs/-6236060

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli