Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy kartalari

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen

  • nogironligi bor insonlar uchun ijtimoiy kartalar
  • nogironligi bor yoshlar uchun imkoniyatlar haqida bilib olasan.

Prezident qaroriga ko‘ra 2025-yildan ijtimoiy karta axborot tizimi tashkil qilinadi.

Ijtimoiy karta – bu sen ijtimoiy xizmatlar va to‘lovlar qilish uchun ishlatadigan plastik karta.

Ijtimoiy kartani Ijtimoiy himoya milliy agentligi  beradi.

Sen ijtimoiy karta orqali:

yangi tayinlanadigan ijtimoiy toʻlovlar, хizmatlar va imtiyozlarga pul oʻtkazishing mumkin.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra protez-ortopedik buyumlar va davolash vositalarini ham ijtimoiy karta orqali sotib olish mumkin.

Masalan:

  • Hozir sen nogironlik pensiyasi, protez uchun to‘lovlar va boshqa to‘lovlarni bank plastik kartasi orqali olasan.
  • 2025-yildan boshlab bu to‘lovlar ijtimoiy karta orqali beriladi.

2025-yil 1-apreldan boshlab:

  • Nogironlik haqidagi hujjat
  • Talabalik haqidagi hujjat
  • O‘quvchilik haqidagi hujjat
  • Urush qatnashchisi yoki shu kabi inson hujjatlarning qog‘oz ko‘rinishi bekor qilinib o‘rniga ijtimoiy karta beriladi.

Masalan:

  • Senda ikkinchi guruh nogironligi bor.
  • Sen hozirgi tizimda o‘z imtiyozlaringdan foydalanish uchun davlat tashkilotiga murojaat qilsang nogironlik hujjatingni ko‘rsatishing kerak.
  • Yangi tizimda esa sening nogironliging ijtimoiy karta orqali tasdiqlanadi.

2025-yil 1-apreldan boshlab

  • jamoat transporti
  • temir yo‘l
  • samolyotlar
  • yo‘nalishli taksi xizmatlariga imtiyozlar nogironligi bor insonlarning ijtimoiy kartasi orqali beriladi.

Masalan:

  • Senga metro yoki boshqa transportdan imtiyozli foydalanish uchun ijtimoiy karta beriladi.
  • Keyin sen Ijtimoiy kartani kassir, kuzatuvchi yoki haydovchiga ko‘rsatib, transportdan bepul foydalanishing mumkin.

2025-yil 1-oktyabrdan boshlab:

  • yoshga doir pensiyalar
  • nogironlik pensiyasi
  • boquvchisini yo‘qotganlik  pensiyalari ijtimoiy karta orqali beriladi.

Sen 2025-yil oktyabr oyidan boshlab o‘z xohishingga ko‘ra, nafaqalarni ijtimoiy karta orqali olishing mumkin bo‘ladi.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy kartalari” ga 6 ta javob

  1. Assalomu alaykum menga Ijtimoiy yordam kerak men ikkinchi guruh Nogironiman pensiyadan tashqari oziq ovqat ga va gigiyenik narsalarga 621 ming soʻm moddiy yordam olsam boladimi

  2. Assalomu alaykum men Risbekov Sirojiddin Epilepsya(Tutqanoq) kasaligi boʻyicha 2-guruh Bolalikdan Nogironi man. Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida turaman.
    10.08.1993y 32 yoshdaman hozirda Quyi Chirchiq tumani SOLIQ INSPEKSIYASIDA ishliman. Sentyabr oyida Davolanishga Balitsaga Vipska va oʻzim uchun Davolanishim kerak edi.
    Ishda Kam oylikda Yordamchi qismida ishlayman. Mahallada KAM TAMINLANGAN roʻyxatida turaman. Davolanishim uchun ISHDAN Moddiy yordam sifatida AVGUST oyida yetmaganini oʻzim qoʻshaman deb 4 yarim million ARIZA YOZGANDIM. Haligacha ololmadim Oʻzim ortirolmayaman ILTIMOS YORDAM BERIYLAR

    • Assalomu alaykum,

      Iltimos, telefon orqali +998 (90) 358-50-60 raqamiga telefon qiling. Yuristimiz sizga huquqiy yordam beradi.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli