Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻlanadigan nafaqalar

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada nogironligi bor 18 yoshgacha bolalar va nogironligi bor insonlarga to‘lanadigan nafaqalar haqida ma’lumot beriladi.

Nafaqa – bu nogironligi bor insonlar yoki keksalar uchun davlat tomonidan har oy beriladigan pul.

Nafaqa beriladigan insonlar:

●        18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bolalar

●        18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bolaga qaraydigan inson

●        nogiron farzandi bor onalar

●        nafaqa olmaydigan qariyalar.

Hozirda 1 oy uchun nafaqa puli 800 (sakkiz yuz) ming so‘m.

Nogironligi bor bola – bu qonunda yozilgan kasalliklar bilan  nogironlik belgilangan 18 yoshgacha bo‘lgan bola.

Nogironlikni (TIEK) ya’ni – Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyalari tayinlaydi.

18 yoshgacha boʻlgan nogironligi bor bolalarda nogironlik guruhi koʻrsatilmasdan, nogironligi bor bola deyiladi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, nogironligi bor bolaga qaraydigan inson nafaqa olish huquqiga ega.

Shifokorlar guruhi nogironligi bor bola va uning qonuniy vakili ma’lumotlarini 5 daqiqada yashash joyidagi nafaqa  beradigan markazga yuboradi.

Vakil – bu nogironligi bor bolani parvarish qiluvchi inson. U bolaning huquqlarini himoya qilishga yordam beradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi OIV kasalligi bor 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nafaqa berish uchun uning qarovchisi ma’lumotlarini 5 daqiqada yashash joyidagi nafaqa beradigan markazga kompyuterdan yuboradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi – bu  sogʻliqni saqlash boʻyicha eng katta davlat tashkiloti.

OIV (odamning immunitet tanqisligi virusi) kasalligi – bu qonda bo‘ladigan kasallik turi.

Nogironligi bor bola va uning vakili ma’lumotlari Vazirlar Mahkamasi qaroridagi  talablarga koʻra  yaratiladi.

Ma’lumotlar nafaqa beradigan markazga kelganidan keyin nogironligi bor bola va uning qonuniy vakilining qarindoshligi tekshiriladi.

Nafaqa beradigan markaz tekshirish uchun ma’lumotlarni:

  • Adliya vazirligi
  • Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligiga yuboradi.

Vazirliklar ma’lumotlarni 5 daqiqada  oʻrganib, nogironligi bor bolaning qonuniy vakili yoki vakili emasligi haqida markazga javob yuboradi.

Vazirliklar 18 yoshgacha nogironligi bor bola vakilining qonuniyligini tasdiqlamasa nafaqa berilmaydi. Boshqa holatlarda nafaqa beriladi.

Nogironligi bor bolaga nafaqa berish yoki nafaqa bermaslik haqida 5 daqiqada  ma’lumotnomada yozilgan telefon raqamga SMS xabar keladi.

Ish staji bo‘lmagan insonlar ham bemor bo‘lib qolgan vaqtdan boshlab necha yoshda bo‘lsa ham, birinchi va ikkinchi guruh  nogironlik nafaqasini olishi mumkin.

Shartnoma – bu ishchi va rahbar o‘rtasidagi kelishuv hujjati.

Nogironligi bor insonga nogironlik nafaqasini tayinlashda  davlat xizmatlari markazi ham yordam beradi.

Nogironligi bor inson davlat xizmatlari markaziga keladi va nafaqa tayinlanishi uchun hujjatni to‘ldiradi.

Davlat xizmatlari markazi manzillari va boshqa ma’lumotlarni 1242 telefon raqami orqali olish mumkin.

Davlat xizmatlari markazi nogironligi bor insonning arizasini koʻrib chiquvchi tashkilotga yuboradi.

Tashkilot ma’lumotlarni 5 daqiqada oʻrganib chiqadi.

Shu vaqtning oʻzida nogironligi bor insonga nafaqani qachon, qayerdan olish haqida xabar yuboriladi.

Agar nogironligi bor insonga nafaqa berilmasa, nafaqa bermaslik va uning sababi haqida xabar yuboriladi.

Nogironlik nafaqasini belgilashda davlat xizmatini koʻrsatish tartibi haqida 2023-yil 23-martdagi 119-son qarorining 7- ilovasidan bilib olishingiz mumkin.

“Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻlanadigan nafaqalar” ga 14 ta javob

  1. Ногиронликка чиқариш тизими, ўша эски тизим, психоневрологик диспансер диагноз куйиб болани махсус мактабга жўнатади, лекин унга ногиронлик белгилашмайди, касалхонага ётиши, выписка олиши, кейин яна комиссиядан ўтиши керак, нима касалхонага ётиб чиққан билан бола тузалиб қолармиди, ота онани дори дармон, койка деб пулини шилиш бу. Психоневрологик диспансер диагноз куйган булса, махсус мактабда ўқиса, нега автоматик равишда ногиронлик белгиланмайди. Ўша қоғозбозлик, сарсончилик

  2. Mani bolam sudirgi boʻladi asorati aqliy rivojlanishdan orqada qolgan 13 yosh 7 yosh ukasi bilgan narsalarni bilmidi manga vtek kamisiya ona nafaqasini ob tashimiz diyildi33 taraqqiyot kasalliklar roʻyxatiga kiritilgan vtek kamissiyani haqi bormi bermaslikka roʻyxatga kiritilgan kasallik uchun.

    • Assalomu alaykum! Agarki, farzandingizda siz aytayotgan holatlar mavjud bo‘lsa, tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyasining boladan nogironlik holatini olib tashlashga haqi yo‘q. Sababi, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ 257-sonli qarorida nogironlik belgisi aniq ko‘rinib turgan shaxslarga ortiqcha to‘siqlarsiz nogironlikni belgilash bo‘yicha huquqiy norma belgilab qo‘yilgan. Agarki sizda bu masala bo‘yicha ortiqcha byurokratik to‘siqlar yuz beradigan bo‘lsa, 1140 yoki 1146 qisqa ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz. Bu raqamlar Ijtimoiy himoya agentligining ishonch raqami hisoblanadi.

  3. Assalom Alekum mening Farzandim bolalikdan nogironlik tawxisida unga chiqayotgan 920 ming pensiya DAN tashqari qarovchi puli ham olamizmi men hech qayerda iwlamayman

    • assalomu alaykum. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.02.2022 yildagi PF-74-son Farmoniga asosan, 2022-yil 1-apreldan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oylik nafaqa to‘lovi joriy etildi. Ushbu nafaqalarni tayinlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi. shuningdek, huquq plyus saytida bu borada maxsus maqola chop etilgan. quyidagi havola orqali maqola bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz. https://huquqplus.uz/materials/social-protection/676

  4. Oʻgʻlim yaqinda operatsiya boʻldi qulogʻidan u bolalikdan nogiron unga qandaydir yordam puli chuqadimi

    • assalomu alaykum. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.02.2022 yildagi PF-74-son Farmoniga asosan, 2022-yil 1-apreldan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oylik nafaqa to‘lovi joriy etildi. Ushbu nafaqalarni tayinlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi. shuningdek, huquq plyus saytida bu borada maxsus maqola chop etilgan. quyidagi havola orqali maqola bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz. https://huquqplus.uz/materials/social-protection/676

    • Assalomu alaykum

      Bunday holatda nogironlik belgilanishi mumkin.

      Nogironligi bo‘lgan deb topish qaysi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi?

      Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevralda “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 62-sonli qaroriga asosan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan bola deb topish pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi barchaga ma’lum bo‘lgan Tibbiy-ijtimoiy ekspertizasining tizimida (TIEK) hisoblanadi.

      Bolalar qanday hollarda nogironlik belgilanishi uchun tibbiyot muassasasiga murojaat qilishi mumkin?

      Agar bolaning umumiy ahvoli og‘irlashishi yoki olgan jarohati tufayli, sog‘ligiga zarar yetkanda, bolaning ba’zi organizmlarining normal ishlash faoliyati turg‘un buzilish bo‘lgan holatlarda o‘zi yashab turgan hududda joylashgan tibbiyot muassasasiga (poliklinika) murojaat qilishi shuningdek, qayta nogironlikni belgilash masalasida ham tibbiyot muassasasiga murojaat qilishi mumkin.

      Batafsil ma’lumot uchun: https://huquqplus.uz/materials/nogironligi-bolgan-bolalar-va-ularning-vasiylari/1105

  5. Albinizm tugʻulgan 18yoshgacha

    nogiron lik nafaqasi qisa boʻladimi
    Qanday qilib3

  6. 1 yosh qizim yiqilib tushib miyasiga qon quyilib boshi operatsiya boldi. Bosh suyagini yarmi olib tashlangan boshini yarmida suyak yoq. Bolam qorqib qolib 3 oydan oshdi yurmidi, nevropotolog retsepti bilan har kuni sudurgini oldini olish uchun dori ichadi.
    Oilaviy poliklinikaga nogironlik tayyorlash boyicha chiqsam 6 oydan keyin tayyorlanadi shu muddat ichida bolani holati yaxshilanishi mumkn dedi. Ammo bosh suyagidagi nuqson bartaraf etiladigan nuqson emas.
    6 oy kutish kerak degan gap togrimi

    • Assalomu alaykum, hurmatli murojaatchi! Avvalo, qizingiz bilan sodir bo‘lgan bu jiddiy va afsuslanarli holat uchun chuqur hamdardlik bildiramiz. Sizga va oilangizga hozir juda qiyin ekanligini tushunamiz va qizingiz tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz.

      Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevralda “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 62-sonli qaroriga asosan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan bola deb topish pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi barchaga ma’lum bo‘lgan Tibbiy-ijtimoiy ekspertizasining tizimida (TIEK) hisoblanadi.

      Agar farzandingizda, nogironlik belgilari aniq ko‘rinib tursa, anatomik nuqsonlari – a’zo va to‘qimalarda anatomik hamda fiziologik o‘zgarishlar mavjud bo‘lsa qo‘shimcha tekshiruvlarni va 6 oy davolanishni o‘tkazmasdan TIEKga yuborishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 08.02.2022 yildagi 62-son qarorining Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovasiga muvofiq «Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarning» ro‘yxati tasdiqlangan. Ro‘yxat 42ta kasalliklar va asoratlarni o‘z ichiga olgan. Manba: https://lex.uz/docs/5852486#5854628

      Shu ro‘yxat ichidagi 42ta kasalliklar va ularning asoratlari sizning qizingizga tegishli bo’lsa, unda 6 oy kutmasdan darrov TIEKga yo’naltirishi kerak. Bolalarga nogironlikni rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil huquqiy maqolamizdan bilib olsangiz bo’ladi:
      👉 https://huquqplus.uz/materials/nogironligi-bolgan-bolalar-va-ularning-vasiylari/1105

      ☎️ Nogironlikni rasmiylashtirishda sizda yana savollar bo‘lsa Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK)larning hududiy bo‘limlariga telefon qilib qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

      Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK)lar telefon raqamlari:

      Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 61-226-87-62
      Andijon viloyati: 55-201-76-00; 74-237-35-14
      Buxoro viloyati: 65-224-88-15; 65-224-88-20
      Jizzax viloyati: 72-222-27-85
      Qashqadaryo viloyati: 75-225-19-78
      Navoiy viloyati: 55-351-07-01
      Namangan viloyati: 69-227-62-41
      Samarqand viloyati: 66-221-81-31
      Sirdaryo viloyati: 67-235-00-79
      Surxondaryo viloyati: 76-223-06-31
      Farg‘ona viloyati: 55-802-60-36
      Xorazm viloyati: 62-229-18-05
      Toshkent shahri: 71-207-46-68
      Toshkent viloyati: 71-231-93-77

      Qizingiz sog’ bo’lsinlar!

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli