

Muharrir: Nasiba Atamuratova
Illyustratsiya: Alina Olimova
Illyustratsiyaga tifloizoh: Bir kishi ikkinchi kishiga yashil kartani qo‘liga tutqazyapti.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi PQ-897-sonli qaroriga asosan «ijtimoiy karta” tizimini joriy etish nazarda tutilgan.
Ijtimoiy karta – bu nogironligi bo‘lgan shaxsning yagona ijtimoiy xizmatlardan foydalanishdagi va to‘lovlarni amalga oshirishdagi plastik kartasi hisoblanadi.
«Ijtimoiy karta» ma’lumotlar bazasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolar va davlat organlari taqdim etgan, jumladan biometrik ma’lumotlar asosida shakllantiriladi va yuritiladi. Mazkur АТ xizmatlari moliyaviy agent sifatida ishtirok etuvchi respublikaning rezident tijorat banklari tomonidan taqdim etiladi.
Bundan ko‘zlangan maqsad shaxslarni ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etish va ularga ijtimoiy qulayliklarni yaratishdir. Bunda barcha ijtimoiy xususiyatga ega xizmatlar, to‘lovlarni amalga oshirish usullari bosqichma-bosqich avtomatlashtirilib boriladi. Ushbu kartalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan tartibda beriladi.
Eslatma! Mazkur amaliyot dastlab tajriba tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joriy qilinmoqda.
2025-yil 1-iyuldan boshlab esa boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich tatbiq etilishi rejalashtirilgan.
Ijtimoiy karta qanday vazifalarni bajaradi?
Ijtimoiy karta quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Bank kartasi sifatida;
- Transport kartasi sifatida;
- Nogironlik toʻgʻrisidagi guvohnoma oʻrnida;
- Talabalik guvohnomasi oʻrnida;
- Pensiya guvohnomasi sifatida;
- Oʻquvchilik guvohnomasi oʻrnida;
- Urush qatnashchisi guvohnomasi va urush qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxs guvohnomasi sifatida.
Shuningdek, ijtimoiy karta shaxsning aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga mansubligini tasdiqlaydi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Masalan, siz II guruh nogironi hisoblanasiz va siz o‘z imtiyozlaringizdan foydalanmoqchi bo‘lib davlat tashkilotlariga murojaat qildingiz. Bunday hollarda siz hozirda nogironligingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz lozim edi. Lekin, yangi tizimda esa sizning nogironlik holatingizni huquqiy-faktik jihatdan tasdiqlovchi hujjat ijtimoiy kartadir.
Kimlarga ijtimoiy karta beriladi?
- Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan shaxslar
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar
- Koʻp bolali oilalarning aʼzolari
- Nogironligi boʻlgan shaxslar
- Yolgʻiz yashovchi va yolgʻiz keksalar, agar ular o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lsa
- Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni parvarish qilayotganlar
- Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar
- Vasiylar (homiylar), tutingan ota-onalar
- Muomalaga layoqatsiz shaxslar
- Muomala layoqati cheklangan shaxslar
- Muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslarning qonuniy vakillari
- Pensionerlar
- Davlat budjeti hisobidan stipendiya oladigan talabalar
- Davlat budjeti hisobidan stipendiya oladigan oʻquvchilar (tinglovchilar)
- Shahar yoʻlovchi transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
Bank xizmatlari uchun to‘lov BHMning 10 foizidan oshmasligi kerak.
Ushbu toifalarga ijtimoiy karta 3 ish kuni ichida bepul beriladi.
Ijtimoiy karta orqali xaridlar amalga oshirishning qanday afzalliklari mavjud?
2025-yil 1-iyuldan boshlab, xuddi shunday tartibda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan jismoniy shaxslarga ham imtiyozlar berilmoqda. Ya’ni, ularga qonunchilikda belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilishda to‘langan QQS summasi bir ish kuni ichida qaytariladi. Bunda soliq organlarining mobil ilovasi orqali xarid chekining fiskal shtrix-kod belgisini skanerlash talab etilmaydi.
Masalan, xaridor o‘z xaridlarini amalga oshirgandan so‘ng, kassir unga soliq chekini taqdim etishi zarur. Xaridor esa chekni skanerlash orqali to‘lov miqdorining 1 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi. Agar siz nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblansangiz va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da tursangiz, siz soliq chekini skanerlashingiz shart emas. Chunki mazkur 1 foizlik qaytariladigan summa avtomatik tarzda soliq hisobingizga qo‘shib qo‘yiladi.
2025-yil 1-oktyabrdan boshlab, yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali berish huquqi belgilanmoqda. Bunda pensiya oluvchilar o‘z xohishlariga ko‘ra ushbu huquqni amalga oshirishi mumkin. Ya’ni siz 2025-yil oktyabr oyidan boshlab o‘z xohishingizga ko‘ra, nafaqalarni ijtimoiy karta orqali olishingiz mumkin bo‘ladi.
Ijtimoiy kartaga ariza topshirish tartibi
Ijtimoiy kartani olish va undan foydalanish uchun arizalar quyidagi manbalar orqali yuborilishi mumkin:
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz
- “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi
- “Inson” ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari
- Moliyaviy agentlar (tijorat banklari va to‘lov tashkilotlari)
- «Ijtimoiy kartalar bo‘yicha Ishonch telefoni ishga tushiriladi»
Bundan tashqari, 2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish va foydalanish masalalari bo‘yicha «1070» – «Ishonch telefoni» sinov tariqasida ishga tushiriladi.
Foydalanilgan manbalar:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 897-sonli «Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi qarori; https://lex.uz/docs/-7283178
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-sonli qarori; https://lex.uz/uz/docs/-7031128
Bu maqolada sen
- nogironligi bor insonlar uchun ijtimoiy kartalar
- nogironligi bor yoshlar uchun imkoniyatlar haqida bilib olasan.
Prezident qaroriga ko‘ra 2025-yildan ijtimoiy karta axborot tizimi tashkil qilinadi.
Ijtimoiy karta – bu sen ijtimoiy xizmatlar va to‘lovlar qilish uchun ishlatadigan plastik karta.
Ijtimoiy kartani Ijtimoiy himoya milliy agentligi beradi.
Sen ijtimoiy karta orqali:
yangi tayinlanadigan ijtimoiy toʻlovlar, хizmatlar va imtiyozlarga pul oʻtkazishing mumkin.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra protez-ortopedik buyumlar va davolash vositalarini ham ijtimoiy karta orqali sotib olish mumkin.
Masalan:
- Hozir sen nogironlik pensiyasi, protez uchun to‘lovlar va boshqa to‘lovlarni bank plastik kartasi orqali olasan.
- 2025-yildan boshlab bu to‘lovlar ijtimoiy karta orqali beriladi.
2025-yil 1-apreldan boshlab:
- Nogironlik haqidagi hujjat
- Talabalik haqidagi hujjat
- O‘quvchilik haqidagi hujjat
- Urush qatnashchisi yoki shu kabi inson hujjatlarning qog‘oz ko‘rinishi bekor qilinib o‘rniga ijtimoiy karta beriladi.
Masalan:
- Senda ikkinchi guruh nogironligi bor.
- Sen hozirgi tizimda o‘z imtiyozlaringdan foydalanish uchun davlat tashkilotiga murojaat qilsang nogironlik hujjatingni ko‘rsatishing kerak.
- Yangi tizimda esa sening nogironliging ijtimoiy karta orqali tasdiqlanadi.
2025-yil 1-apreldan boshlab
- jamoat transporti
- temir yo‘l
- samolyotlar
- yo‘nalishli taksi xizmatlariga imtiyozlar nogironligi bor insonlarning ijtimoiy kartasi orqali beriladi.
Masalan:
- Senga metro yoki boshqa transportdan imtiyozli foydalanish uchun ijtimoiy karta beriladi.
- Keyin sen Ijtimoiy kartani kassir, kuzatuvchi yoki haydovchiga ko‘rsatib, transportdan bepul foydalanishing mumkin.
2025-yil 1-oktyabrdan boshlab:
- yoshga doir pensiyalar
- nogironlik pensiyasi
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari ijtimoiy karta orqali beriladi.
Sen 2025-yil oktyabr oyidan boshlab o‘z xohishingga ko‘ra, nafaqalarni ijtimoiy karta orqali olishing mumkin bo‘ladi.
Assalomu alaykum yordam olish
Sizga qanday yordam kerak?
Assalomu alaykum menga Ijtimoiy yordam kerak men ikkinchi guruh Nogironiman pensiyadan tashqari oziq ovqat ga va gigiyenik narsalarga 621 ming soʻm moddiy yordam olsam boladimi
Assalomu alaykum
Quyidagi maqolamiz bilan batafsil tanishib chiqing, barcha ma’lumotlar batafsil berilgan:
https://huquqplus.uz/materials/social-protection/3457
Assalomu alaykum men Risbekov Sirojiddin Epilepsya(Tutqanoq) kasaligi boʻyicha 2-guruh Bolalikdan Nogironi man. Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida turaman.
10.08.1993y 32 yoshdaman hozirda Quyi Chirchiq tumani SOLIQ INSPEKSIYASIDA ishliman. Sentyabr oyida Davolanishga Balitsaga Vipska va oʻzim uchun Davolanishim kerak edi.
Ishda Kam oylikda Yordamchi qismida ishlayman. Mahallada KAM TAMINLANGAN roʻyxatida turaman. Davolanishim uchun ISHDAN Moddiy yordam sifatida AVGUST oyida yetmaganini oʻzim qoʻshaman deb 4 yarim million ARIZA YOZGANDIM. Haligacha ololmadim Oʻzim ortirolmayaman ILTIMOS YORDAM BERIYLAR
Assalomu alaykum,
Iltimos, telefon orqali +998 (90) 358-50-60 raqamiga telefon qiling. Yuristimiz sizga huquqiy yordam beradi.