Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Maxsus internat maktabda o‘qiyotgan o‘quvchini inklyuziv tartibdagi umumta’lim maktabiga o‘tkazish tartibi qanday?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen maxsus maktabda o‘qiyotgan o‘quvchini inklyuziv umumiy maktabga o‘tkazish haqida bilib olasan.

Ixtisoslashtirilgan maxsus maktablar — bu nogironligi bor bolalarni o‘qitadigan va davolaydigan maxsus maktab.

Inklyuziv maktab — bu nogironligi bor bolalar hamma bolalar bilan birga o‘qishi uchun maxsus sharoitlar yaratilgan umumiy maktab.

Sening maxsus maktabda o‘qiydigan bolangda jismoniy yoki ruhiy nogironlikning yengil darajasi bo‘lsa o‘zing yashaydigan joydagi inklyuziv maktabga o‘tkazishing mumkin.

Yengil darajadagi nogironlik turlari bular:

  • ruhiy rivojlanishdan orqada qolishning yengil turi
  • yengil darajadagi aqli zaiflik
  • zaif eshitish
  • zaif ko‘rish
  • bolalardagi yengil falajlik va boshqalar.

Inklyuziv maktabda nogironligi bor bola uchun kerakli sharoit yaratilgan bo‘lsa, bolani maxsus maktabdan inklyuziv maktabga o‘tkazish mumkin.

Sen xohlagan vaqting nogironligi bor bolangni maxsus maktabdan inklyuziv maktabga o‘tkazishing mumkin.

Maxsus maktabdan inklyuziv maktabga bolani o‘tkazish uchun, bolada ikkinchi yoki uchinchi guruh nogironlik bo‘lishi kerak.

Birinchi guruh nogironligi bor bolani inklyuziv maktabda o‘qitish mumkin emas.

Masalan:

  • Umuman ko‘zi ko‘rmaydigan yoki yura olmaydigan birinchi guruh nogironligi bor bola inklyuziv maktabda o‘qishi mumkin emas.

Sen bolangni maxsus maktabdan inklyuziv maktabga o‘tkazish uchun:

  • tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga ariza berishing kerak.

Arizani tekshiruv guruhi ko‘rib chiqadi.

Shifokorlar guruhi yaxshi xulosa bersa, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘sha kunning o‘zida yo‘llanma beradi.

Yo‘llanma berilganidan keyin sen bolangning tanlagan maktabingga o‘qishini ko‘chirishing mumkin.

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi yo‘llanma bergani haqida bolang o‘qiyotgan maxsus maktabga xat yuboradi.

Maxsus maktab direktori xatni olganidan keyin, bolangni o‘quvchilar ro‘yxatidan chiqarish haqida buyruq beradi.

Direktor buyruq bilan seni tanishtirib, imzo qo‘ydirishi kerak.

Sen inklyuziv maktab direktoriga berishing kerak bo‘lgan:

  • maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bergan yo‘llanma
  • shifokorlar xulosasi
  • va boshqa kerakli hujjatlar.

Maktab direktori shu kunning o‘zida nogironligi bor bolani maktabning inklyuziv sinfdagi  o‘quvchilar ro‘yxatiga kiritish haqida buyruq chiqaradi.

Inklyuziv maktab direktori bola darslardan qolib ketmasligi uchun sharoit yaratib berishi kerak.

Shifokorlar guruhining arizalarni ko‘rib chiqish tartibi:

  • boladagi nogironlik holatini og‘irlik darajasini tekshirish
  • bola inklyuziv maktabda o‘qiyotganida undagi nogironligi kuchayib ketishi mumkin bo‘lgan holatlarini aniqlash
  • bolani inklyuziv maktabga moslashishini  o‘rganish.

Ko‘rish va nutq-eshitishda nogironligi bor bolalar uchun  inklyuziv maktablar tashkil etilmagan.

Bola maxsus maktabdan inklyuziv  maktabga o‘tganda nogironlik nafaqa pulini o‘zi olishi mumkin bo‘ladi.

“Maxsus internat maktabda o‘qiyotgan o‘quvchini inklyuziv tartibdagi umumta’lim maktabiga o‘tkazish tartibi qanday?” ga 6 ta javob

  1. Assalomu alaykum meni9 yoshli oʻgʻlim bor,rivojlanishdan orqada,xulq atvor buzilishi .Maxsus internatda oʻqiydi Qanday yashab turgan joyimdagi maktabga oʻtkazsam boʻladi?

    • Assalomu alaykum. Bu masala bo‘yicha siz, o‘zingiz yashayotgan tumandagi «Inson» ijtimoiy xizmatlari markaziga borib, farzandingizni Tibbiy psixologik pedagogik komissiyadan o‘tkazish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. «Inson» ijtimoiy xizmatlari markazi tibbiy psixologik pedagogik komissiya kunini belgilab sizga ma’lumot beradi. Farzandingizni komissiya xulosasiga ko‘ra, inklyuziv tartibdagi umumta’lim maktabiga o‘tkazishingiz mumkin bo‘ladi. Quyidagi maqola orqali savolingizga batafsil javob olishingiz mumkin. Maqolani o‘qish uchun quyidagi havolaga kiring: https://huquqplus.uz/materials/nogironligi-bolgan-bolalar-va-ularning-vasiylari/1827

  2. Assalom Aleykum mani oglimga zpr tawhisi qoyilgan ofiy maktabga oqiy olmadi inklyuziv maktabga qanday otkazsam boladi yunusobota bormi wunday maktab

    • Assalomu alaykum

      Iltimos, maqola bilan batafsil tanishib chiqing. Sizning savolingizga maqolada to‘liq javob berilgan. Xususan, «Ko‘chirishni amalga oshirish tartibi qanday?» savoliga berilgan javob bilan batafsil tanishib chiqing.

      Maqola bilan tanishish uchun: https://huquqplus.uz/materials/talim/2202

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli