Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash uchun qanday kafolatlar bor?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn
Video mavjud emas

Bu maqolada sen bandligingni ta’minlashing uchun nimalar qilishing mumkinligi haqida bilib olasan.

Sen boshqa insonlardek yashashing uchun ish bilan ta’minlanishing juda muhim.

Seni ishga joylashtirish haqidagi qonunlar:

  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi 27-modda
  • O‘zbekiston Konstitutsiyasi 57-modda
  • 2020-yil 15-oktyabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi 641-sonli qonun
  • 2020-yil 20-oktyabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi 642-sonli qonun
  • 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qaror

Birlashgan Millatlar Tashkiloti – bu butun dunyodagi insonlarning huquqlarini himoya qiladigan tashkilot.

“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunning 642-sonli 39-moddasiga ko‘ra tashkilotlarda senga 3 foizli zaxira ish o‘rinlari ajratilishi kerak.

Zaxira ish o‘rni  — bu yordamga muhtoj, kam daromadli insonlar uchun ajratiladigan ish o‘rinlari.

Masalan:

Tashkilotda 20 ta ishchi bor bo‘lsa, 3 ta ish o‘rni nogironligi bor insonlar uchun ajratilishi kerak.

Nogironligi bor insonlar uchun tashkilotlarda ish o‘rni ajratish tartibi Vazirlar Mahkamasining 965-sonli qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

  1. Ish o‘rni ajratishning bosqichlari:

Eng kamida 20 ta ishchisi bor tashkilotlar har yili 1-avgustgacha nogironligi bor insonlarga  ajratilgan ish o‘rni sonini belgilaydi.

2. Ajratilgan ish o‘rni soni haqida ma’lumotlar 15-avgustgacha bandlik bo‘limiga yetkazilishi kerak.

3. Bandlik bo‘limi 1-sentyabrgacha nogironligi bor insonlarga ajratilgan ish o‘rinlari uchun inson ijtimoiy xizmatlar markazi bilan majburiy  kelishadi.

4. Barcha takliflar  hokimiyatga  tasdiqlash uchun yuboriladi.

5. Har yili 1- oktyabrgacha hokimiyat nogironligi bor insonlar uchun ajratilgan ish o‘rinlarini

6. Bandlik bo‘limi ajratilgan ish o‘rinlari tasdiqlanganidan keyin 5-oktyabrgacha ish beruvchi tashkilotlarga yetkazadi.

7. 20 tadan ko‘p ishchisi bor tashkilotlar yil davomida nogironligi bor insonlar uchun ish o‘rini ajratishadi.

8. Bandlik bo‘limi tashkilotlar nogironligi bor insonlar uchun ish o‘rni ajratishini yil davomida nazorat qilishi kerak.

Tashkilotlar ish o‘rni ajratishda ish senga mos kelishini hisobga olishi kerak.

Bandlik bo‘limi yangi yildan 5 oy oldin shifokorlardan sening barcha ma’lumotlaringni oladi.

Tashkilotda sen uchun ajratilgan ish o‘rinlari kamaytirilsa, bandlik markaziga xabar berishi kerak.

Tashkilotlarda ishlab chiqarish kamaytirilsa, sen uchun ajratilgan ish o‘rnida ishlayotgan insonlar ishdan bo‘shatilmaydi.

Agar tashkilotda ajratilgan ish o‘rnidan ko‘p nogironligi bor inson ishga olingan bo‘lsa, ortiqcha ish o‘rinlari qisqarishi mumkin.

Agar sening mehnat shartnomang muddati tugasa senga ajratilgan ish o‘rni bo‘shaydi.

Mehnat shartnomasi  – bu ishlash uchun rahbar va ishchi kelishuvi.

Shartnoma – bu kelishuv.

Tashkilot ajratilgan ish o‘rni bo‘shagani haqida 10 kun ichida bandlik bo‘limiga xabar berishi shart.

Sen ishga kirganingda sen uchun tashkilotda sinov vaqti bo‘lmaydi.

Tashkilotlar ajratilgan ish o‘rniga nogironligi bor insonarni olishi shart.

Agar tashkilot ajratilgan ish o‘rniga nogironligi bor insonni olmasa, tashkilot qonunda  belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.

Ishchilari 20 tadan ko‘p tashkilotlar nogironligi bor insonlardan tashqari yordamga muhtoj insonlarga ham ish o‘rni ajratadi.

Tashkilotlar yil boshida va yil o‘rtasida nogironligi bor insonlar uchun ish o‘rinlari ajratishi shart.

Faslga qarab ishlaydigan ishlar nogironligi bor insonlar uchun ajratilgan ishlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Sen ajratilgan ishga kirishing uchun bandlik bo‘limiga murojaat qilishing kerak.

Bandlik bo‘limi senga ajratilgan ishlar ro‘yxatni ko‘rsatadi va yo‘llanma beradi.

Hozirda tashkilotlarga yo‘llanmalar internet orqali my.mehnat.uz dan yuborilmoqda.

Sen bandlik bo‘limiga bormasdan ish2.mehnat.uz dan ajratilgan ish o‘rinlarini ko‘rishing mumkin.

Sen ajratilgan ish o‘rinlarini ko‘rish uchun ish2.mehnat.uz ga kirib, «ISH TOPISH» tugmasini bosishing kerak.

Sahifa ochilganidan keyin pastdagi:

  • “Zaxiralangan ish o‘rinlari”ni belgilaysan
  • keyin “Nogironligi bo‘lgan shaxslar” bo‘limini tanlaysan.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslar” bo‘limiga kirganidan keyin nogironligi bor insonlarga ajratilgan ish o‘rinlari soni ko‘rinadi.

Sen ish o‘rinlarini:

  • joy
  • kasb
  • soha bo‘yicha qidirishing mumkin.

Sen  saytda o‘z rezyumeyingni yaratasan va o‘zingga yoqqan ishga rezyumeni yuborasan.

Rezyume – bu sen haqingdagi ma’lumotlar yozilgan hujjat.

Masalan sen rezyumeda:

  • Isming, familiyang, yoshing
  • Yashash manziling
  • O‘qigan universiteting, maktabing yoki kollejing
  • Qanday yo‘nalishda ishlashing
  • Qanday qobiliyating, bilimlaring borligini yozishing mumkin.

Keyin rahbar sen yuborgan rezyumeni ko‘rib chiqadi.

Agar rahbar sen  yuborgan rezyume bo‘yicha sen bilan bog‘lanmasa bu ish bo‘yicha bandlik bo‘limiga murojaat qilishing  mumkin.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash uchun qanday kafolatlar bor?” ga 8 ta javob

  1. Assalomu alaykum men 2-guruh nogironiman shu yili oliy taʼlim bitirib chiqdim oliy maʼlumotli man lekin ishlash uchun ish izladim menga ish yoʻq deb ham tashkilot qaytarib yubordi yani tumdagi ishtimoyiy himoya markazga murojat qilsam menga qilsang faroshlik bor q deb ayti men qayerga murojaat qilishim kerak .Enfi oliy maʼlumotli bilib faroshlik qilmaymanku.

    • Assalomu alaykum
      Toshkent shahrida bo‘lsangiz,

      https://t.me/ishplus_uz shu kanalga obuna bo‘ling ish masalasi bo‘yicha.

      http://www.ishplus.uz ma’lumot xizmati telefon raqami +998 (90) 818-07-08 faqat ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.

      Agar Toshkent shahrida bo‘lmasangiz, hududingizdagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.

  2. Asalom alaykum men Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga murojaat qilgan edim lekin men uchun ish topib berishmadi malumotim oliy

    • Vaalaykum assalom, hududingizdagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga qayta yozma murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Yozma arizada nogironligi bo’lgan shaxslar uchun 3% kvota asosida ajratilgan vakansiyalar ro’yxatini ham so’rashni tavsiya qilamiz.

      Bandlikka ko’maklashish markazida o’sha 3% kvota bo’yicha ishlar ro’yxati bor. Hududiy Bandlikka ko’maklashish markazidan «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun 2025-yilda ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxona va tashkilotlar ro‘yxati»ni berishlari kerak sizga. Mana shu 3% kvota asosida ish talab qilsangiz bo’ladi.

      Shuningdek, bo’sh ish o’rinlarini siz Milliy vakansiyalar bazasi orqali olishingiz mumkin:
      👉 https://ish.mehnat.uz/vacancies

      Toshkent shahrida bo‘lsangiz, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxus rekruting (ish topish) veb-portali http://www.ishplus.uz loyihamizga murojaat qiling. Tel: +998 (90) 818-07-08.

      http://www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali Toshkent shahrida turli xil nogironligi bo‘lgan shaxslarga ochiq mehnat bozorida munosib ish, amaliyotlar va malaka oshirish kurslarini topishda amaliy yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, ish beruvchilar uchun nogironligi bo‘lgan malakali xodimlarni topishda ham ko‘mak beradi.

      @ishplus_uz Telegram-kanalimizga obuna bo‘lsangiz, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun vakansiyalarni e’lon qilib boramiz.

      Murojaatingiz uchun rahmat!

    • Vaalaykum assalom! Hududingizda joylashgan Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga (ABKM)ga yozma murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Yozma arizada nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 3% kvota asosida ajratilgan vakansiyalar ro‘yxatini ham so‘rashni tavsiya qilamiz.

      Bandlikka ko‘maklashish markazida o‘sha 3% kvota bo‘yicha ishlar ro‘yxati bor. Hududiy Bandlikka ko‘maklashish markazidan «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun 2026-yilda ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxona va tashkilotlar ro‘yxati»ni berishlari kerak sizga.

      Shu ro‘yxatning ichida, sizga to‘g‘ri keladigan ishlar bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘rta ta’lim maktablarida o‘qituvchilik vakansiyalari va hokazo. Agar, Toshkentda bo‘lsangiz, bizning ishplus.uz loyihamizga murojaat qilishingiz mumkin. +998 (90) 818-07-08, +998 (90) 875-07-08. Dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.
      Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun munosib vakansiyalar (ishlar) haqida xabardor bo‘lib turish uchun loyihaning Telegram kanaliga (https://t.me/ishplus_uz) obuna bo‘ling.

  3. MEN KOʻZ BOYICHA 2 CHI GURUX NOGIRONIMAN OʻZIMI OʻZIM BOSHQAROLAMAN OʻZIM XARAKATDAMAN OLIY TALIMDA OQIYMAN SIRTQIDA DAVLAT ISHIGA IMKONI BOLMAYAPTI XAR SAFAR XAR XIL TALAB IJTIMOIY XIMOYAGA YOKI NOGIRONLAR JAMIYATIGA SHUNGA YORDAM QILSANGLAR ILTIMOS TOSHKENT SH OLMAZOR YUMANIDA TURAMAN OLDINDAN RAXMAT

    • Hurmatli fuqaro! huquqplus.uz sizga ish topishda amaliy yordam bermaydi. Bu loyiha sizga bepul huquqiy maslahat va yordam berishi mumkin.

      Hududingizda joylashgan Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga (ABKM)ga yozma murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Yozma arizada nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 3% kvota asosida ajratilgan vakansiyalar ro‘yxatini ham so‘rashni tavsiya qilamiz. Bandlikka ko‘maklashish markazida o‘sha 3% kvota bo‘yicha ishlar ro‘yxati bor. Hududiy Bandlikka ko‘maklashish markazidan «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun 2026-yilda ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxona va tashkilotlar ro‘yxati»ni berishlari kerak sizga.

      Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash uchun berilgan kafolatlar haqida batafsil huquqiy maqolamizdan bilib olishingiz mumkin.
      👉 https://huquqplus.uz/materials/mehnat/1487

      Davlat ishlarini davlat xizmatchilarining bo‘sh ish o‘rinlarining yagona ochiq portali “vacancy.argos.uz”da topsangiz bo‘ladi.

      Agar Toshkent shahrida ish izlayotgan bo‘lsangiz, Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» bosh ofisiga kelib ishplus.uz loyihamiz xodimlariga ham murojaat qilishingiz mumkin. Tel.: +998 (90) 818-07-08 (dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 17:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi, tushlik vaqti soat 13:00 dan 14:00 gacha)

      Telegram: @ishplus_info

      Manzilimiz: Yunusobod tumani, Xiyobon ko‘chasi, 22-uy.
      Lokatsiya: https://yandex.com/maps/-/CHAD5P1f

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli