
Tibbiy xizmatlar va reabilitatsiya bo‘yicha savol-javoblar
- Matnli format
- Video format
- Oson matn

Ha, bunday imkoniyat mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli “Sog‘liqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tibbiyot muassasalarida davolanish uchun bolalikdan nogironligi bo‘lgan, I va II guruh nogironligi bo‘lgan , 1941-1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan, Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarga sog‘liqni saqlash organlari tomonidan berilgan orderlar asosida davlat budjeti mablag‘lari hisobiga bepul tibbiy yordam ko‘rsatilishi belgilandi. Shu asosga ko‘ra nogironligi bor shaxslarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Siz o‘zingiz istiqomat qilayotgan joydagi poliklinikaga murojaat qilishingiz va davlat hisobidan bepul tibbiy yordam olmoqchi ekanligingizni shifokorga ma’lum qilishingiz lozim. Jarayonning to‘liq tartibi quyidagicha;
Birinchi qadam. Masalan, bemorni qaysidir joyi bezovta qilmoqda. U avvalo o‘zi istiqomat qilayotgan poliklinikadagi oilaviy shifokorga murojaat qilishi lozim. Shifokor bemorni dastlabki tekshiruvini o‘tkazadi, ahvoli jiddiy bo‘lmasa shifokorni o‘zi bemorga zarur bo‘lgan dorilarni, muolajalarni yozib beradi va doimiy nazoratga oladi. Agar bemorni ahvoli yaxshi bo‘lmay, yotib davolanishga muhtoj bo‘lsa, shifokor bemor va uning haqidagi ma’lumotlarni kompyuterga kiritadi hamda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limiga yuboradi.
Ikkinchi qadam. Kelib tushgan ma’lumotlar asosida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limidagi tegishli shifokorlar tomonidan bemorning ma’lumotlari ko‘rib chiqilib, kasallik darajasiga qarab davolanishga yo‘llanma beradi.
Uchinchi qadam. Agar jarrohlik amaliyoti o‘tkazish zarurati bo‘lsa, unda fuqaro haqidagi ma’lumotlar maxsus elektron dasturga kiritilib, unga Respublika miqyosidagi tibbiyot muassasasiga yo‘llanma beriladi. Respublika miqyosidagi tibbiyot muassasasi bemorning ma’lumotlari, tashxis hamda laborator tekshiruvi natijalarini ko‘rib chiqib, o‘rinlar bo‘shashi sanalarini inobatga olgan holda, uning tibbiyot muassasasiga kelish sanasini belgilaydi va sms orqali bu haqda xabar yuboradi.
My.gov.uz portalida “Tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yo‘llanma holatini tekshirish” xizmati ishga tushirildi. Davlat tomonidan bepul davolanish huquqini beruvchi tibbiy order holatini tekshirish uchun nogironligi bo‘lgan shaxs internet tarmog‘i orqali my.gov.uz portaliga kirib, shaxsiy kabineti orqali “Sog‘liqni saqlash” bo‘limini tanlaydi. Bo‘limdan “Tibbiy orderni tekshirish” xizmati ustiga tugmachasini bosadi, “Tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yo‘llanma holatini tekshirish”oynasi paydo bo‘ladi. Oynadan “Xizmatdan foydalanish” tugmachasini bosish orqali davolanish uchun beriladigan yo‘llanma holatini uydan chiqmasdan natijasini olish mumkin.
Siz Davlat xizmatlari markaziga borishingiz yoki uyda turgan holda my.gov.uz vebsayti orqali ariza topshirishingiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi “Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi 693-son qarori bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali yoxud my.gov.uz orqali davolanishlari uchun sanatoriyalarga yo‘llanma berish tartibi joriy qilindi. Yo‘llanmalarni har yili navbat asosida urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga; ikki yilda bir marotaba navbat asosida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxslarga beriladigan bo‘ldi.
Yo‘llanmalar sanatoriylarning mavjud o‘rinlaridan kelib chiqqan holda ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida navbat asosida beriladi. Urush nogironlariga sanatoriylarga yo‘llanmalar birinchi navbatda beriladi. Ushbu yo‘llanma uchun nogironligi bor shaxs ariza bergan bo‘lishi lozim. Yo‘llanmalar nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga beriladi. Sanatoriyga tashrif buyurgan nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zi bilan birga yo‘llanmadan tashqari shaxsini tasdiqlovchi hujjat va sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan yo‘llanmaga asosan berilgan sanatoriy-kurort kartasini olib kelishi lozim bo‘ladi.
Nogironligi bo‘lgan bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish, bemorlar ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida dori davolovchi vrachlarning tayinlashi bo‘yicha bepul beriladi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyul 204-sonli qarori 1-ilovasi.
Imtiyozli bepul beriladigan dorilar ro‘yxati Moliya vazirligining 2522-sonli qarorining 1-ilovasida tasdiqlangan. Quyidagi havola orqali ular bilan tanishishingiz mumkin:
Maeni noguronligim bor noguroligimni uzaytirish uchun 2 marotaba kasalxonada yotshim shartmi
Nogironlik holatini uzaytirish Tibbiy-ijtimoiy komissiya tomonidan belgilanadi. Sizning necha marta kasalxonada yotishingiz ahamiyatga ega emas. Muhimi sizda nogironlik holati borligi.