Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lgan oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasi sotib olish xarajatlarini qoplab berish tartibi haqida bilib olasan.

Elektron onlayn-auksion — bu imtiyozli insonlarga yer uchastkasini internet orqali sotib olishga yordam beradigan tizim.

Imtiyozli insonlar:

  • Ayollar daftari
  • Yoshlar daftari
  • Temir daftarga kiritilgan insonlar.

Sen auksionda yer sotib olmoqchi bo‘lsang, davlat jamg‘armalari senga yer sotib olish xarajatlarini to‘lab beradi.

Yer sotib olish xarajatlarini to‘lab beradigan jamg‘armalar:

  • Saxovat va ko‘mak
  • Ayollar daftari
  • Yoshlar daftari jamg‘armalari.

Senga yer uchastkasi sotib olish uchun  jamg‘armalar hisobidan faqat bir marta to‘lov to‘lab beriladi.

Sen elektron auksionda yer sotib olish uchun pullik yordam olmoqchi bo‘lsang:

 

  • “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga borib
  • yoki my.gov.uz internet manzili orqali ariza berishing mumkin.

Sen “Inson” ijtimoiy xizmatlari markaziga murojaat qilsang so‘rovnomani ishchilar yordamida to‘ldirasan.

Sen my.gov.uz internet tizimi orqali ariza bersang so‘rovnomani o‘zing to‘ldirasan.

Sen auksionda yer sotib olgan kundan boshlab 3 oy ichida xarajatni to‘lab berishlari haqida murojaat qilishing kerak.

Agar 3 oydan keyin ya’ni 4 5 oydan keyin murojaat qilsang arizang ko‘rib chiqilmaydi.

Bir martalik to‘lov yerni auksionda sotib olish xarajatidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha (o‘ttiz to‘rt million so‘m) to‘lab beriladi.

Bir oilada ikkita nogironligi bor inson bo‘lsa ham 34 (o‘ttiz to‘rt ) million so‘mgacha pul to‘lab beriladi.

Xarajat miqdori 34 (o‘ttiz to‘rt ) milliondan ko‘p bo‘lsa ham, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha to‘lab beriladi qolgani to‘lab berilmaydi.

Bir martalik to‘lovni olish uchun:

  • sen yoki oilangdagi insonlarning nomida oxirgi 12 oyda uy yoki yer bo‘lmasligi kerak
  • yerni oxirgi 3 oy ichida auksionda sotib olgan bo‘lishing kerak
  • yer O‘zbekistonda joylashgan bo‘lishi kerak
  • senda yoki oilangdagi insonda nogironlik bo‘lishi kerak
  • sen yoki oilangdagi inson Temir daftar, Ayollar daftari, Yoshlar daftaridan birida  bo‘lishi kerak.

Sening ma’lumotlaring talablarga mos kelmasa auksion uchun bir martalik to‘lov ajratilmaydi.

Auksion uchun bir martalik to‘lov berish rad qilinsa bir  kunda “Inson” ijtimoiy markazlari yoki my.gov.uz orqali senga xabar yuboriladi.

Bir martalik to‘lovni boshqa sabablar bilan rad etish mumkin emas.

“Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lgan oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi” ga 6 ta javob

  1. Assalomu alaykum. Men Samarqand viloyati Narpay tumani Xo’jaqurgon MFY da yashayman. Yogiz ayolman 2 grux nogironiman. 1. O’g’lim. 1-grux nogironi.
    2.Qizim.2-gurux nogironi. O’g’lim 2005 yilda tugilgan. Unga murakkab ortaped oyoq kiyimni 30-mayda topshiruvdim. Hali gacha berushmayabdi. Qaerga qanday qilib murojat qisam boladi. Yordam beringizlar. Turmush o’rtog’im menga bunday nogiron bolalar kerakmas deb uydan haydaganlar 2016 yilda beri ota uyimda yashab kelyabman. Biz nogironlarga yashashga qulay uy joy beriladimi, ishlab, o’qish uchun iltimos yordam beringizlar. Ijtimoyi karta qaerda olsak boladi Yordam beringizlar

    • Vaalaykum assalom, Shoxista!
      Savollaringiz uchun rahmat. Barcha savollaringiz bo’yicha siz hududingizda joylashgan «INSON» ijtimoiy xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz lozim. Samarqand shahridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilsangiz, ularda malakali psixologlar va ijtimoiy xodimlar bepul xizmat ko’rsatishadi. Manzil: Samarqand viloyati Samarqand shahri Ro‘dakiy ko‘chasi 174-uy. Telefon: +998 (66) 240-81-63

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan fuqarolarga uy-joy sotib olishlari uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

      Bunda ijtimoiy mezonlar asosida uy-joy uchun subsidiya ajratiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning quyidagi toifalari ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri keladi:

      birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
      yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar;
      nogironligi bo‘lgan onalar.
      Demak, yuqorida sanalgan toifadagi nogironligi bor shaxslar uy-joy olish uchun subsidiya olishlari mumkin.

      Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishdagi imtiyozlar haqida batafsil havolaga bosib huquqiy maqolamizda tanishing:

      👉 https://huquqplus.uz/materials/uy-joy/864

    • Assalomu alaykum

      Sizga qanday huquqiy yordam bera olamiz? Iltimos, murojaatingizni to‘liq yo‘llang.

  2. Assalomu alaykum yaxshimisiz Samarqand viloyati Ishtixon tumani kuk tepa mahallasiga kelin bub tushganman qaynonam 2 guruh nogironligi roʻyxatda turadi uy joy masalasida maslahat berolasizmi bitta hovlida uch oila yashaymiz qayina qaynatam bn 4 oilaga kiramiz yer olish uchun sharoitimiz yuq shunga nima maslahat berolasiz

    • Vaalaykum assalom! Hozirgi kunda biz sizga faqat uy-joy sotib olishda subsidiyadan foydalanishni maslahat beramiz. Bunda siz uy-joyni sotib olasiz, sotib olayotganingizda uy qiymatining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan fuqarolarga uy-joy sotib olishlari uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

      Bu haqida boshqa huquqiy maqolamizda batafsil ma’lumot berib o‘tganmiz. Havolaga bosib tanishib chiqing: https://huquqplus.uz/materials/uy-joy/864

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli