
Nogironligi bo‘lgan yoshlarning huquq va imtiyozlari bo‘yicha savol-javoblar
- Matnli format
- Video format
- Oson matn

Yoshlar daftariga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, quyidagi mezonlarga javob beradigan yoshlar kiriladi:
-
Boquvchisidan mahrum bo‘lgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlik;
-
O‘ziga nisbatan vasiy yokida homiy belgilangan;
-
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lganlik;
-
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;
-
I yoki II guruh nogironligi bo‘lganlik;
-
Farzandida I yokida II guruh nogironligi bo‘lganlik;
-
Ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironlik bo‘lganlik holatlari shular jumlasidandir.
Siz mahallangizdagi yoshlar yetakchisiga ariza bilan murojaat qilishingiz kerak. Shuningdek siz Yoshlar daftariga kirish uchun arizani https://yoshlardaftari.uz/supports-2 vebsayti orqali yoki 1093 qisqa raqamiga telefon qilish orqali qoldirishingiz mumkin.
“Yoshlar daftari” ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam olish tartibi belgilangan bo‘lib, bunda moddiy yordam tayinlashning aniq miqdori yoshning hayotiy vaziyati murakkabligini inobatga olgan holda bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 4 baravarigacha miqdorda to‘lab beriladi. Shaxs ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, murojaat ijobiy hal etilganda, moddiy yordam “Xalq bank” orqali naqd pul shaklida yokida naqd pulsiz plastik kartaga o‘tkazish orqali beriladi. Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘mni tashkil etadi. Umumiy hisoblaganimizda, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun 1 648 000 so‘mgacha bir martalik moddiy yordam ajratilishi mumkin.
Bir martalik moddiy yordamni olish nogironligi bo‘lgan yoshlarni “Yoshlar daftari” dan chiqarishga asos bo‘lmaydi. Moddiy yordam bir yilda bir marotaba beriladi. Yoshlar daftari ro‘yxatida turuvchi shaxs bir marotabalik moddiy yordam olish uchun mahalladagi yoshlar yetakchisi nomiga ariza bilan murojaat qilishi kerak bo‘ladi.
“Yoshlar daftari” ning beradigan yana bitta imtiyozi shundaki, yoshlarning tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qish xarajatlarining qoplab berilishidir. Bunda, yoshlarning tadbirkorlik va kasb-hunarga sarflangan o‘qish xarajatlarining 75 foizigacha qismi hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lab beriladi.
Ushbu yordamdan foydalanish uchun, tadbirkorlik yoki kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar Vasiylik kengashiga ariza hamda o‘quv kursi shartnomasi nusxasini beradi.
Shartnomada ta’lim tashkiloti nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), o‘quv kursi yoki kasb-hunar nomi, bir oylik to‘lov miqdori va o‘qishning umumiy muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Hujjatlar 3 ish kunida ariza bergan shaxs yashaydigan hududdagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi va hokim yordamchisi 5 ish kunida o‘qish xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish haqida xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda ushbu moddiy yordamni ko‘rsatish rad etilsa, uning rad etish sabablari asoslantirilgan bo‘lishi shart.
Hokim yordamchisi arizani 5 ish kunida ko‘rib chiqmasa yoki tavsiyanoma berishni asossiz rad etsa, Vasiylik kengashi o‘z tashabbusi bilan kontrakt pulini o‘tkazib berishi mumkin. O‘qish xarajatlarining 75 foizgacha qismi, biroq quyidagi miqdorlardan ko‘p bo‘lmagan holatda to‘lab beriladi:
-
Bir oygacha bo‘lgan kurslar uchun – BHM ning 4 baravarigacha;
-
Bir oydan ikki oygacha bo‘lgan kurslar uchun – BHM ning 8 baravarigacha;
-
Ikki oydan ko‘p muddatli kurslar uchun – BHM ning 12 baravarigacha.
Eshitishida, nutqida, harakat tizimida nogironlik belgisi bor yoshlarning avtomaktabda o‘qish xarajatlari qoplab beriladi.
Yoshlarning avtomaktabda o‘qish xarajatlari BHMning 4 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi. Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun avtomaktabda o‘qishni istagan nogironligi bor yoshlar tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga ariza hamda o‘quv kursi shartnomasi nusxasini beradi.
O‘qish xarajatini qoplab berish qanoatlantirilganda, pul o‘quv markazining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
Ushbu subsidiya 14 yoshga kirgan va 30 yoshdan oshmagan nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun kasbga tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, maxsus sertifikat olgan hamda belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs hamda tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan nogironligi bo‘lgan yoshlarga faoliyati uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni olish uchun ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 57-sonli qarori qabul qilingan.
Qarorda har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini hamda nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilishlari uchun subsidiyalar ajratilishi belgilangan.
Asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya 1 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs uchun ajratiladigan subsidiya miqdori BHMning 50 baravari (20 600 000 so‘m) dan oshmasligi kerak. Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘mni tashkil etadi.
Subsidiya ajratishni so‘rab, nogironligi bo‘lgan yoshlar 2 usulda ariza topshirishlari mumkin:
1-usul. Davlat xizmatlari markazlari orqali bunda fuqaroga subsidiyani olish uchun arizani davlat xizmatlari markazidagi xodimlar yordamida to‘ldirish va yuborish imkoni mavjud;
2-usul. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda topshirish imkoniyati mavjud;
Ha, subsidiya uchun talabgor kasbga tayyorgarlik kurslarini o‘qigan va kursni tugatganligi haqida sertifikati bo‘lishi lozim.
Arizalar quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
-
Subsidiya olish uchun 500 nafar talabgorning arizasi qabul qilingan bo‘lsa;
-
Subsidiya ajratishni so‘rab taqdim etgan arizada ma’lumotlar noto‘g‘ri ko‘rsatilganda yoki to‘liq bo‘lmaganda;
-
ariza beruvchi ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlar ro‘yxatida, shuningdek, narkologiya dispanseri hisobida tursa;
-
ariza beruvchida nogironlik mavjud bo‘lmasa;
-
ariza beruvchi kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, maxsus sertifikat olmagan bo‘lsa;
-
ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yuz sakson kundan oshgan bo‘lsa;
Agar subsidiya ajratilishi haqida qaror chiqadigan bo‘lsa, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi kelib tushgan subsidiyani besh ish kunida ariza beruvchining murojaatida ko‘rsatilgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurolini xarid qilish uchun savdo tashkilotning hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.