Narbayeva Aziza Ikromovna

2022-yildan beri TDYU talabasi, "Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)" yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladi.
Ikki yil davomida universitetning Yuridik klinikasi faoliyatida ishtirok etib, fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Yuridik klinikadagi volontyorlik faoliyati davomida turli tanlovlarda faol ishtirok etgan. 2024–2025-yillarda o‘tkazilgan tanlovlar doirasida eng yaxshi ilmiy/publitsistik maqolalar nashri va Yuridik klinikaning axborot kanalida joylashtirilgan mualliflik postlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan.
Bank sohasida operator-maslahatchi lavozimida ishlash tajribasiga ega, bu esa ishbilarmonlik muloqoti, stressga bardoshlilik va detallarga e’tibor qaratish kabi ko‘nikmalarimni rivojlantirishga yordam bergan.
2024-yildan boshlab HuquqPlus.uz — Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portalida volontyor sifatida huquqiy maqolalarni o‘zbek tilidan rus tiliga tarjima qilish va portalning rus tili versiyasi ustida ishlarni olib boryapti.