Ortga

Bolamning nogironligi bor, bog‘chaga qo‘ymoqchi edim. Menga oylik to‘lovda imtiyozlar bormi?
- Matnli format
- Video format
- Oson matn
Bu bolangizdagi nogironlik holatiga bog‘liq.
Bolalarning jismoniy yoki aqliy rivojlanishidagi quyidagi nogironlik holatlarida maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan to‘lov undirilmaydi:
- nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish);
- eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik);
- ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar);
- tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqa, bo‘g‘imlar va oyoqlar operatsiyalarining barcha turlaridan keyingi holati;
- bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqaning idiapatik deformasiyalari;
- kifoz;
- lordoz;
- kifoskolioz;
- oyoq panjalari falaji;
- tayanch-harakatlanish a’zosi rivojlanishi anomaliyalari;
- artrozoartritlar;
- ostexondropatiya;
- xondrodistrofiya;
- bolalar serebral falaji;
- meningoensefalitga chalingandan keyin hamda tug‘uruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish a’zolarining barcha patologiyalari;
- va hokazo.

Nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ota-onalarga maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitishdagi imtiyozlar haqida batafsil havolaga bosib huquqiy maqolamizda tanishing.
Video mavjud emas
Oson matn mavjud emas