Asosiy mazmunga oʻtish
Bosh sahifa / Muvaffaqiyat hikoyalari / Ikki nafar nogironligi bo‘lgan abituriyent HuquqPlus.uz dan bepul huquqiy yordam olib, grant asosida talabalikka tavsiya etildi
Barcha hikoyalar
Muvaffaqiyat hikoyasi Toshkent shahri

Ikki nafar nogironligi bo‘lgan abituriyent HuquqPlus.uz dan bepul huquqiy yordam olib, grant asosida talabalikka tavsiya etildi

Ikki nafar nogironligi bo‘lgan abituriyent HuquqPlus.uz dan bepul huquqiy yordam olib, grant asosida talabalikka tavsiya etildi
01. MUAMMO

Duch kelingan muammo va to‘siqlar

Nogironligi bo‘lgan ikki nafar iqtidorli abituriyent oliy ta’lim muassasalariga kirishda qonunchilikda belgilangan 2 foizlik davlat granti kvotasidan foydalanishda byurokratik to‘siqlarga va tushunmovchiliklarga duch kelishgan.

02. YORDAM

Huquqplus ko‘magi va aralashuvi

Huquqplus.uz yuristlari qonuniy me’yorlarni tahlil qilib, abituriyentlar uchun Oliy ta’lim vazirligi va Davlat test markaziga asoslangan huquqiy xatlar va arizalar paketini tayyorlab berdilar.

03. NATIJA

Erishilgan natija va ijobiy o‘zgarish

To‘siqlar bartaraf etildi: har ikki abituriyent davlat granti asosida nufuzli oliy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etildi va bepul ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

04. XULOSA

Xulosalar

Ta’lim olishdagi imtiyozlarni amalda qo‘llashda qonuniy mezonlarni aniq bilish va huquqiy asoslar bilan murojaat qilish adolatni ta’minlaydi.

Hikoya tafsilotlari

Huquqplus.uz boti orqali har oyda nogironligi bo‘lgan shaxslardan 300 ga yaqin murojaatlar kelib tushadi. Bu murojaatlarning barchasi huquqshunoslar va huquqshunos-volontyorlar tomonidan o‘rganib, chiqilib, ularga javob beriladi, ayrim murojaatlarga amaliy yordam ko‘rsatiladi. Mana shunday murojaatlarning huquqshunoslarimiz orqali hal bo‘lishi bizni quvontiradi. Bugungi murojaatchilarimiz ham bizga murojaat qilib, o‘z muammolariga ijobiy yechim topishgan.

Bot orqali murojaat qilib huquqshunosimiz Imomali Tuyev yordamida o‘z muammosiga yechim topgan murojaatchilardan biri Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro – Shoyanov Norbek bo‘ladi. Fuqaro shu yilning iyul oyida bizdan huquqiy maslahat so‘rab murojaat qilganlar. Norbek bolalikdan nogironligi bor shaxs hisoblanib, 18 yoshgacha bo‘lgan davrgacha IV-nogironlik guruhi berilgan. Fuqaro oliy ta’limga hujjat topshirish vaqtida hali 18-yoshga to‘liq to‘lmagan. Imtihon topshirish ruxsatnomasining imtiyozlar qismida IV-guruh nogironligi bo‘lgan shaxs sifatida imtiyoz ko‘rsatilgan.

Shundan so‘ng, 14-iyul kuni imtihonga kirib chiqqan va kirish imtihonlaridan 166,90 ballni to‘plagan (hech qanday imtiyozsiz). Lekin murojaatchi 5-iyulda tug‘ilganligi bois o‘sha sanadan boshlab IV-guruh nogironligi tugagan va kattalar uchun beriladigan I-II yoki III-guruh nogironligini olish kerak edi. 16-iyul kuni II-guruh nogironlik belgilangan. Bu holatda, fuqaro o‘qishga kirishda nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan 2% li imtiyozdan foydalanish tartibini qanday bo‘lishini so‘rab Huquq+ Telegram boti orqali murojaat qilgan.

Huquqshunosimiz Imomali Tuyev holatni o‘rganib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga bu holatni aniqlashtirish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilishda amaliy yordam ko‘rsatgan. Qilingan murojaat ijobiy hal etilib, murojaatchi Toshkent davlat yuridik universiteti Yurisprudensiya talim yo‘nalishi, kunduzgi ta’lim shakliga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etildi.

Namanganlik nogironligi bo‘lgan murojaatchi ham davlat granti asosida talabalikka tavsiya etildi

Namangan viloyati Norin tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Abdurahimova Sevara shu yilning iyun oyida huquqplus.uz boti orqali murojaat qoldirganlar. Murojaatda nogironlik holati mavjudligi va bu holatda 2 % li nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratiladigan imtiyozdan foydalanish, yo‘nalish tanlash va oliy ta’limga hujjat topshirishda amaliy yordam so‘raganlar. Bu fuqaroga ham huquqshunosimiz Imomali Tuyev tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Natijada fuqaro Namangan davlat universiteti, Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi, kunduzgi ta’lim shakliga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etildilar.

Shu o‘rinda, talabalikka tavsiya etilgan murojaatchilarni tabriklaymiz. Nogironligi bo‘lgan fuqarolarning veb-portalimizda chop etilayotgan ma’lumotlar asosida huquqiy savodxonliklari oshib borayotgani, huquqplus.uz boti va koll-markazimiz orqali ularning muammolariga yechim topayotganimiz bizni quvontiradi. Nogironligi bo‘lgan fuqarolarning biz orqali hayoti yengillashayotgani bizga bo‘lgan ishonchi ortishiga va ularga yanada tezkor hamda sifatli huquqiy yordam ko‘rsatishimizga undaydi.

O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligini va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturi tomonidan ajratilgan grant asosida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan bepul huquqiy maslahat ko‘rsatildi.

    Biz bilan bog'laning

    sizga huquqiy maslahat kerak bo‘lsa, biz bilan bog'laning

    Loyiha hamkorlari va donorlari