Nogironligi bo‘lgan fuqaro Davlat xizmatlari markazida 50 foizlik yig‘im imtiyozidan va temiryo‘l chiptalarini imtiyozli xarid qilishda amaldagi huquqlaridan foydalanishda mas’ul xodimlarning tushunmovchiligiga duch kelgan.
Huquqplus portali orqali fuqaroga Hukumat qarorlaridagi tegishli bandlar to‘liq tushuntirildi va mas’ul tashkilotlar xodimlariga qonuniy me’yorlar bo‘yicha tushuntirish berishda huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Imtiyozlar to‘liq ta’minlandi: davlat xizmati 50% chegirma bilan ko‘rsatildi hamda temiryo‘l chiptasi imtiyozli tarifda rasmiylashtirildi.
Qonuniy imtiyozlar haqida aniq bilimga ega bo‘lish fuqarolarga ortiqcha xarajatlarsiz o‘z haq-huquqlarini talab qilish imkonini beradi.
Chop etilgan materiallardagi ma’lumotlar ko‘plab obunachilarimiz va aksariyat tashkilotlar uchun ham dasturiy qo‘llanma vazifasini o‘tamoqda.
Bizning faol kuzatuvchilarimizdan biri Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi, ayni paytda O‘zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasining Qozog‘istondagi vakili fuqaro G‘aniyev Farhodjon. Bu fuqaro huquqplus.uz veb-portalimizda chop etilgan davlat xizmatlaridan foydalanishda nogironligi bo‘lgan shaxslarning imtiyozlari haqidagi huquqiy maqola bilan tanishib chiqqach, my.gov.uz interaktiv veb-portali orqali xorijiy diplomni nostrifikatsiyadan o‘tkazishda to‘lanadigan summa uchun 50 % li chegirmadan foydalanishga muvaffaq bo‘ldi.
Bunday xizmat qonun hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsada, amaliy kuchga ega emas edi. Fuqaro Prezident portaliga bu masala bo‘yicha murojaat qiladi. Samarqand Adliya Vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilib, my.gov.uz interaktiv veb-portali xususiy bo‘lganligi sababli qonunda nazarda tutilgan ayrim holatlar uchun saytda bo‘lim mavjud bo‘lmagani, fuqaro murojaatidan keyin bu bo‘lim ishga tushganini ma’lum qilishadi.


Huquqiy portalimizda “Temiryo‘l transportida nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun imtiyozlar” mavzusida maqola chop etilgach, Farhodjon maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarning imtiyozli temiryo‘l chiptasi xarid qilishi mumkinligi haqidagi qonun asosida yozilgan ma’lumotlar bilan temiryo‘l kassasiga murojaat qiladi. Lekin kassadagi xodim bu qonundan xabari yo‘qligi va tizimga bunday imtiyoz haqida ma’lumot kiritilmaganligini aytadi. Farhodjon Transport prokuraturasiga bu masala yuzasidan murojaat qilgandan keyin unga imtiyozli temiryo‘l chiptasi taqdim etiladi.


Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, nogironligi bo‘lgan shaxslar temiryo‘l chiptalarini imtiyozli ravishda olishda qandaydir to‘siq yoki muammolarga duch kelishsa, Transport prokuraturasining +998 (71) 202-07-86 yoki 7944 qisqa raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 109-sonli qarorining 152-bandiga asosan temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagilarga taqdim qilingan:
Temir yo‘llarda chiptaning to‘liq qiymatidan 50% chegirmalar bilan yiliga bir marta yurish huquqi (borish va kelishga) talonlarga almashtirish va guvohnoma taqdim etish bo‘yicha quyidagilarga berilgan:
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar biz orqali huquqiy ma’lumotga ega bo‘libgina qolmasdan, uni amalda ham qo‘llanilishida o‘z hissalarini qo‘shishlari, huquq va imtiyozlaridan foydalana olishlari bizni xursand qiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va imtiyozlari juda ko‘p. Lekin ularning barchasi ham afsuski, bugungi kunda amalda yo‘lga qo‘yilmagan. Bu qonunlar amal qilishi uchun biz nafaqat huquqshunos va mutasaddi tashkilotlarni, balki nogironligi bo‘lgan shaxslarni ham bu imtiyozlar kuchga kirishi uchun o‘z hissalarini qo‘shishlarini so‘rardik.