Asosiy mazmunga oʻtish

Obidova Nodiraxon Oppoqxo‘ja qizi

5/5 - (1 vote)

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat bosqichi talabasi. 2024-yil sentyabrdan boshlab, huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olib, amaliy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirib kelmoqdaman.

2022–2024-yillarda Sirdaryo viloyati Yuridik texnikumini muvaffaqiyatli tamomlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 705-son va 17-son qarorlari asosida ikki tavsiyanomaga ega bo‘ldim. Ushbu tavsiyanomalar bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Farg‘ona davlat universitetiga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilinganman.

2016-2019-yillarda Boyovut ijtimoiy-iqtisodiyot kollejida menejment yo‘nalishida ta’lim olganman. 2020–2024-yillar davomida xususiy sektorda rahbar, ish yurituvchi, buxgalter va yurist sifatida faoliyat yuritib, huquqiy va boshqaruv sohasida amaliy tajriba to‘plaganman.

2024-yil noyabr oyidan Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi a’zosi, Huquqplus loyihasida esa avval volontyor, hozirda loyiha yuristi sifatida faoliyat olib boryapman.

Yutuqlar:

  • 2025-yil — “Eng yaxshi fuqaro qabul qiluvchi” tanlovi g‘olibasi
  • 2024-yil — “Eng ko‘p huquqiy post yozgan talaba” tanlovi 1-o‘rin sohibasi

Ingliz tili CEFR B2 daraja sohibasi.