
«O’zbekistonda huquq ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish» loyihasi doirasida muhim uhrashuv bo’lib o’tdi
- Matnli format
- Video format
- Oson matn

Bugun, 2026-yıl 4-may kuni Toshkent shahridagi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) hamda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi moliyaviy ko’magida amalga oshirilayotgan «O’zbekistonda huquq ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish» loyihasi doirasida loyiha donori va milliy hamkorlar qo’shma uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Tadbirda bir qator yuqori darajali vakil ve mutaxassislar ishtirok etdi:
- Muzraf Ikramov — O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o’rinbosari, Loyihaning milliy koordinatori
- Katya Hirvonen — Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi, Osiyo va Okeaniya departamenti, rivojlanish siyosati bo’yicha katta maslahatchi
- Feruza Eshmatova – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman)
Shuningdek, uchrashuvda vazirlik ve idoralalar mas’ullari, nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlari hamda loyiha benefitsiarlari faol ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida loyiha doirasida erishilgan muhim natijalar tahlil qilindi. Xususan:
- So’nggi yıllarda 2 milyondan ortiq fuqaroga bepul yuridik yordam ko’rsatilgani qayd etildi;
- Bepul yuridik yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish yo’nalishlari ko’rib chiqildi;
- Aholining huquqiy savodxonligi ve huquqiy madaniyatini oshirishga karatilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi;
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni — ayollar va nogironligi bo’lgan shaxslarni — qo’llab-quvvatlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar baholandi.
Asosiy qism doirasida uchta muhim taqdimot o’tkazildi:
«Madad» NNT direktori Shokir Saidov, Loyihaning kichik grantlar dasturi doirasida ayollarga yuridik yordam ko’rsatishdagi yutuqlar va olingan saboqlar haqida ma’lumot berib o’tdi.
«Nihol» NNT direktori Shirin Rashidova loyihaning kichik grantlar dasturi doirasida ayollarga birlamchi yuridik yordam ko’rsatishdagi yutuqlar, erishilgan natijalar ve muhim saboqlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek «Sharoit Plyus» nodavlat notijorat tashkiloti «HuquqPlus» loyihasi koordinatori Kamron Akramov ham tadbirda ishtirok etdi va nogironligi bo’lgan shaxslarga yuridik yordam ko’rsatish borasidagi muvaffaqiyatlar va mavjud muammolar yuzasidan taqdimot qildi.
Kamronbek taqdimoti davomida HuquqPlus loyihasining tashkil etilgandan bugungacha bo’lgan faoliyati, nogironligi bor fuqarolarga birlamchi va ikkilamchi amaliy yordam ko’rsatish jarayonlari, erishilgan yutuqlar va natijalar haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi. Shuningdek, loyihaning kelajakda amalga oshirishni rejalashtirgan ishlari, shu kungacha amalga oshirilgan hamkorliklar haqida ham gapirib o’tdi.

Uchrashuv yakunida bepul yuridik yordam ko’rsatuvchi tashkilotlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jihozlari topshirish marosimi o’tkazildi. Bu qadam mazkur tashkilotlarning texnik salohiyatini oshirishga ve fuqarolarga ko’rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
«O’zbekistonda huquq ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish» loyihasi O’zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish hamda aholining huquqiy ongini yuksaltirish borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Loyiha doirasida seminarlar, tadbirlar , davra suhbatlari va xalqaro konferensiyalar muntazam tashkil etib kelinmoqda.