Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Soliq qonunchiligida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ayrim imtiyozlari

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor insonlarning soliqdagi ayrim imtiyozlari haqida bilib olasan.

Soliq – bu sen davlatga biror mulking yoki ish haqingdan pul toʻlashing.

Soliq kodeksining 380-moddasiga ko‘ra:

  • bolalikdan nogironligi bor insonlar
  • birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor insonlar eng kam ish haqining 3 baravarigacha   soliqdan ozod etiladi.

Soliq imtiyozidan foydalanish uchun sen:

  • pensiya guvohnomasini
  • yoki nogironlik hujjatini soliq idorasiga berishing kerak.

Masalan:

  • Sen korxonada mutaxassis bo‘lib ishlaysan va senda ikkinchi guruh nogironlik bor
  • Sening oyliging 6 million so‘m.
  • Ishchilar oylining 12 foizini daromad so‘lig‘iga to‘laydi.
  • Sen eng kam ish haqining 3 baravarigacha soliqdan ozod etish imtiyozingdan foydalanib
  • 342.000 (uch yuz qirq ikki ming) so‘m daromad solig‘i to‘lashing  yetarli bo‘ladi.

2023-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra:

  • eng kam ish haqi miqdori 1 050 000 (bir million ellik ming) so‘m.

Soliq imtiyozi sening asosiy ish joying bo‘yicha belgilanadi.

Soliq kodeksining 380-moddasiga ko‘ra, soliq imtiyozlari:

  • sening foizlardan tushadigan daromadlaring
  • va mol-mulkni ijaraga berganda oladigan pulga  qarab belgilanadi.

Mol-mulkni ijaraga berish – bu sen uy, ishxona, mashina kabi narsalaringni boshqalarga vaqtincha  berish  orqali pul olishing.

Bunday hollarda soliq imtiyozini

  • yillik daromad
  • to‘langan soliqqa  qarab sen yashaydigan joydagi soliq tashkiloti belgilaydi.

Masalan:

  • Sen hech qayerda qonuniy ishlamaysan.
  • Lekin uyingni ijaraga berib, 4 million so‘m ijara puli olasan.

Bu holatda sen yashash joydagi soliq tashkilotiga:

  • yillik daromadingni
  • to‘lagan soliqlaringni
  • nogironlik hujjatingni berib, soliq imtiyozidan foydalanishing mumkin.

Sen asosiy ish joyingdan boshqa, yana bir insonning  o‘rnida vaqtincha ishlaganing uchun soliq imtiyozidan foydalanmoqchi bo‘lsang

  • soliq tashkilotiga
  • yillik daromading
  • to‘lagan soliqlaring haqidagi hujjatni berishing kerak.

Soliq kodeksi 383-moddasiga ko‘ra sen tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsang:

  • senda birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lsa, 1 oylik soliqning yarimini to‘laysan.

Tadbirkorlik – bu sen o‘zing mustaqil biror ish qilishing.

Masalan:

  • Bozorda meva, sabzavot sotishing
  • Do‘kon yoki o‘quv markazi ochishing
  • Boshqa ish turlari

Lekin bu pul  bazaviy hisoblash miqdorining yarimidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Belgilangan soliq miqdori Soliq kodeksining 383-moddasiga ko‘ra:

  • joy va  tadbirkorlik turiga qarab har xil belgilangan.

Masalan:

  • Sen Toshkentdagi bozorda meva, sabzavot va boshqa mahsulotlarni sotasan
  • sen uchun bu yerdagi soliq miqdori oyiga 302.500 (uch yuz ikki ming besh yuz) so‘m.
  • Sen  soliq imtiyozidan foydalansang, 302.500 (uch yuz ikki ming besh yuz) so‘mning yarimini 151.250 (bir yuz ellik bir min ikki yuz ellik) so‘mni to‘lashing yetarli.

Soliq kodeksi 467-moddasiga ko‘ra:

  • nogironligi bor insonlarning jamoat birlashmalari
  • “Nuroniy” jamg‘armasi
  • “O‘zbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi
  • ishchilarining yarmidan ko‘pi nogironligi bor insonlar bo‘lgan soliq to‘lovchilar  soliqlardan ozod qilinadi.

Sen soliqdagi imtiyozingni  yo‘qotsang bu haqida 15 kun ichida sendan soliq oladigan yuridik shaxsga aytishing kerak.

Yuridik shaxs – bu korxona va tashkilotlar.

Soliq imtiyozini tasdiqlovchi hujjatlar soxtalashtirilsa qonuniy javobgarlikka tortiladi.

Sen soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun:

  • Yashash joyingdagi soliq tashkilotiga, soliqda imtiyozing borligini  tasdiqlovchi hujjatlarni berishing kerak.

“Soliq qonunchiligida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ayrim imtiyozlari” ga 14 ta javob

  1. мисол учун ногирон тадбиркор ушбу имтиёз борлигини маълум муддат утгандан сунг билса масалан 2024йилда айланмадан катий солик тулаб булган давр учун эндиликда 2025йилда вакт утгандан сунг ушбу имтиёздан утган давр учун фойдаланиши учун кандай йул тутиши керак юкорорида 15 кун деб айтиб утилган

  2. Salom Men 2 guruh nogironiman Men Xususiy bogchada 0,25 stavka ga ichga kirdim mendan podoxod nalog talab qilinyabti kayerga mirojaot qila olaman? Ozbekistan Respublikasi Soliq kodeksining 381 moddasiga asosan II-guruh mavjud bolgan fuqarolar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilishi mumkin mi? Batafsil aniq kaisi modadasida aytilgan aytib bering iltimos

    • Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlari bo‘yicha soliq solishdan ozod etiladi. Bunday imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.  Siz o‘zingizning pensiya guvohnomangizni soliq organiga taqdim etishingiz kerak.

      Soliq imtiyozini qo‘llash soliq to‘lovchining asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar asosiy ish joyi mavjud bo‘lmagan taqdirda yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida amalga oshiriladi. 

      Siz asosiy ish joyingizdan tashqari, o‘rindoshlik asosida ishlovchi ish joyingizda ham ushbu imtiyozdan foydalanmoqchisiz. Bunda siz hududiy soliq organlariga jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishingiz lozim bo‘ladi. 

  3. Salom iltimos 2 -guruh nogironligi bo’lgan fuqarolar annq qilib shu shu imtiyozlari borligini aytinglar
    Misol uchun 1 chi shu 2 shu deb
    nogironlik belgilangandan kiyin qancha vaqtdan kiyin imtiyozlar kuchga kiradi

    • Vaalaykum assalom, Telegram kanalimizda chop etgandik bunday ma’lumotni: https://t.me/huquqplus/672

      Keyin huquqplus.uz veb-portalimizda barcha imtiyozlar haqida huquqiy maqolalarni chop etib kelyapmiz. Mana shu havolaga bosib barcha ma’lumotlarni olsangiz bo‘ladi: https://huquqplus.uz/tag/imtiyozlar

      Yana bir imkoniyat, veb-portalimizda qidiruv qilish funksiyasi bor, sizni qiziqtirgan kalit so‘zlarni kiritib barcha kerakli ma’lumotlarni topib olishingiz mumkin.

      Nogironlik guruhini olganingizdan so‘ng, barcha imtiyozlaringiz kuchga kiradi. Salomat bo‘ling!

  4. Assalomu alaykum men 2 oy ilgari 2-guruh nohironligini olgan edim, lekin mendan 2 oydan buyon daromad sologʻi olishmoqda, aytingchi men kerakli hujjarlarni taqdim qilgan holda ushbu ushlab qolingan summani qaytaishlatini talab qilsam boʻladimi?

    • Assalomu alaykum,

      Siz oldin ushlab qolingan summalarni qaytarib ola olmaysiz. Chunki soliq imtiyozi kerakli hujjatlarni soliq organiga taqdim qilgandan keyin boshlab kuchga kiradi.

  5. Assalomu alaykum.Savolim bor edi.
    Men o’qituvchi bo’lib ishlayman.16 yoshga to’lmagan 2 guruh nogironligi bo’lgan farzandim bor.Menga qanday soliq imtiyozlari bor.
    13.03.2026 yildan nogironlik tayinlangan.
    Agar imtiyoz bo’lsa qachondan amalga oshadi?

    • Hurmatli fuqaro! Savolingiz uchun rahmat.
      Nogiron farzandi bo‘lgan ota-ona soliq imtiyoziga ega bo‘lishi mumkin. Soliq kodeksining 380-moddasi asosida jami daromadingiz har oy uchun eng kam ish haqining 1,41 baravari miqdorida kamaytiriladi. Buning uchun quyidagi shart muhim:

      Bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi asosida beriladi.
      Agar bu yozuv xulosada mavjud bo‘lsa, imtiyozdan foydalanishingiz mumkin.

      Imtiyoz 2026-yil mart oyidan — ya’ni nogironlik tayinlangan oydan boshlab qo‘llanilishi mumkin. Buning uchun TIEK xulosasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ish joyi buxgalteriyasiga topshiring.

      Huquqiy asos: Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 380-modda. Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarning jami daromadini kamaytirish.

  6. Assalomu alaykum men ikkinchi guruh nogironiman mendan davlat solig’i ushlanmoqda mening asl oyligim 2 million 2 million 600 chiqadi mendan shunda davlat solig’i ushlanishi kerakmi yo ma’lum foizda olinishi kerakmi buxgalteriyamizga aytsam sendan maʼlum solih olinmaydi lekin soliq to’laysan deb aytyapti shu qonunchilikda bormi yoki mendan umuman olinmaydi soliq oldindan kattakon rahmat.

    • Vaalaykum assalom, hurmatli fuqaro!

      O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 380-moddasi 1-qism 3-bandiga muvofiq bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari (hozirgi kunda: 4 080 000 so‘m) miqdoridagi daromadlari bo‘yicha soliq solishdan ozod etiladi. Bunday imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

      Sizning vaziyatingizda oylik ish haqingiz 2 600 000 so‘mni tashkil qilsa, siz ushbu soliq imtiyozidan to‘liq foydalanishga haqlisiz. Yozma ariza yozib nogironlik guvohnomangizni biriktirib rahbariyatga kiritishni maslahat beramiz. Agar ariz yozishda sizga huquqiy yordam kerak bo‘lsa, unda Telegramdagi @huquqplus_bot orqali «Yurist qabuli»ga yoziling. Yoki telefonimiz orqali +998 (90) 358-50-60 (dushanba – shanba soat 9:00 – 18:00 gacha ishlaydi) yuristlarimiz bilan bog’laning.

      Huquqiy asos: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, https://lex.uz/docs/-4674902

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli