Menga ish kerak, qayerdan topsam bo‘ladi?
- Matnli format
- Video format
- Oson matn
Toshkent shahrida bo‘lsangiz, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxus rekruting (ish topish) veb-portali Ish Plus loyihamizga murojaat qiling.
www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali Toshkent shahrida turli xil nogironligi bo‘lgan shaxslarga ochiq mehnat bozorida munosib ish, amaliyotlar va malaka oshirish kurslarini topishda amaliy yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, ish beruvchilar uchun nogironligi bo‘lgan malakali xodimlarni topishda ham ko‘mak beradi.
www.ishplus.uz ma’lumot xizmati telefon raqamlari: +998 (90) 818-07-08, +998 (90) 875-07-08. Dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun munosib vakansiyalar (ishlar) haqida xabardor bo‘lib turish uchun loyihaning Telegram kanaliga (https://t.me/ishplus_uz) obuna bo‘ling.
Mirzo Ulug‘bek tumani Ish Plus ofisi
Toshkent sharidagi 6ta tumanda: Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Bektemir, Sergeli va Yangihayoti tumanlarida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Tel: +998 (90) 818-07-08.
- Matluba Abdurahimova — Loyiha koordinatori;
- Shaxnoza Abduvaliyeva — O‘zbek imo-ishora tili tarjimoni.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Yahyo Gulamov ko’chasi, 38-uy. Lokatsiya: https://yandex.com.ge/maps/-/CDSAmC2R
Qanday borish mumkin: «Amir Temur» metro bekati, 98- 2- 28- 55 -58- 44- 72-78-1- 30 – 16-60 avtobuslar ofis yaqinidan o‘tadi.
Mo‘ljal: Mirzo Ulug‘bek tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi binosi ichida.
Olmazor tumani Ish Plus ofisi
Toshkent sharidagi qolgan 6ta tumanda: Olmazor, Shayxontohur, Yunusobod, Uchtepa, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Tel: +998 (90) 875-07-08.
- Shahodat Yo‘ldosheva — Loyiha koordinatori;
- Go‘zal Raxmatullayeva — O‘zbek imo-ishora tili tarjimoni.
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik xalqa yo‘li 1. Lokatsiya: https://yandex.com.ge/maps/-/CDSAmRPs
Qanday borish mumkin: «Beruniy» metro bekati, 82 va 88-sonli avtobuslar.
Mo‘ljal: Olmazor tumani hokimligi binosi ichida Olmazor tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi, 1-qavat, 104-xona.
Eslatma! Agar Toshkent shahrida bo‘lmasangiz, hududingizdagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.
