Nogironligi bo‘lgan shaxslar qayerdan moddiy yordam olishlari mumkin?
- Matnli format
- Video format
- Oson matn
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi “O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 410-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-maydan boshlab reyestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etilishi belgilangan. Moddiy yordam olish uchun agentlikning qisqa raqami 1140 orqali murojaat qilish mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 654-sonli qaroriga asosan moddiy yordam tayinlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘ining nomiga ariza bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi. Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash uchun arizalar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga oila ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etiladi. Bunda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatdan keyin berilgan arizalar belgilangan tartibda keyingi oyda ko‘rib chiqiladi.
Quyidagilar nogironligi bo’lgan shaxslar uchun moddiy yordam beradigan tashkilotlar:
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi + 998 (71) 202-12-71
- Yoshlar siyosati va sport vazirligi +998 71 239 24 52 va moddiy yordam olish uchun hududingizdagi hokimlikka murojaat qilishingiz mumkin.