Obidova Nodiraxon Oppoqxo‘ja qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat bosqichi talabasi. 2024-yil sentyabrdan boshlab, huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olib, amaliy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirib kelmoqdaman.
2022–2024-yillarda Sirdaryo viloyati Yuridik texnikumini muvaffaqiyatli tamomlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 705-son va 17-son qarorlari asosida ikki tavsiyanomaga ega bo‘ldim. Ushbu tavsiyanomalar bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Farg‘ona davlat universitetiga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilinganman.
2016-2019-yillarda Boyovut ijtimoiy-iqtisodiyot kollejida menejment yo‘nalishida ta’lim olganman. 2020–2024-yillar davomida xususiy sektorda rahbar, ish yurituvchi, buxgalter va yurist sifatida faoliyat yuritib, huquqiy va boshqaruv sohasida amaliy tajriba to‘plaganman.
2024-yil noyabr oyidan Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi a’zosi, Huquqplus loyihasida esa avval volontyor, hozirda loyiha yuristi sifatida faoliyat olib boryapman.
Yutuqlar:
- 2025-yil — “Eng yaxshi fuqaro qabul qiluvchi” tanlovi g‘olibasi
- 2024-yil — “Eng ko‘p huquqiy post yozgan talaba” tanlovi 1-o‘rin sohibasi
Ingliz tili CEFR B2 daraja sohibasi.