Menga uy kerak, qanday olsam bo‘ladi?
- Matnli format
- Video format
- Oson matn
Biz sizga uy-joy sotib olishda subsidiyadan foydalanishni maslahat beramiz. Bunda siz uy-joyni sotib olasiz, sotib olayotganingizda uy qiymatining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan fuqarolarga uy-joy sotib olishlari uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.
Bunda ijtimoiy mezonlar asosida uy-joy uchun subsidiya ajratiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning quyidagi toifalari ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri keladi:
- birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar;
- nogironligi bo‘lgan onalar.
Demak, yuqorida sanalgan toifadagi nogironligi bor shaxslar uy-joy olish uchun subsidiya olishlari mumkin.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishdagi imtiyozlar haqida batafsil havolaga bosib huquqiy maqolamizda tanishing.