Portal haqida
Maqsad
turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek turli shakldagi nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari yoki vasiylari, nogironlar jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillari hamda aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish hamda ularning huquqlarini himoya qilish.
Vazifalar
- turli mavzularda huquqiy materiallarni tayyorlash va ularni qulay formatlarda (oson o‘qiladigan matn, audio va video) chop etish;
- huquqlari buzilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga huquqiy maslahatlar berish;
- Telegram kanalimizda Huquq+ audio-podkastlarini ovozli chat tarzida tashkil etish;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini taʼminlash jarayonida o‘z huquqiy yechimini kutayotgan muammolarni aniqlash va tahliliy hisobotlar tayyorlash;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish.
Savollar va javoblar
Ushbu loyiha Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi (nodavlat notijorat tashkiloti) tomonidan Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Jamoatchilik tashabbusi (Community Initiative) dasturi doirasida tashkilotimizga ajratilgan maqsadli xayriya yordami asosida 2023-yil 4-sentyabrdan boshlab amalga oshirib kelinyapti. Loyiha haqida batafsil ma’lumotni tashkilotimizni rasmiy vebsaytidan olishingiz mumkin ushbu havola orqali olishingiz mumkin.
Loyiha asoschisi va rahbari: Dilmurod Yusupov E-mail: d.yusupov@sharoitplus.uz
Loyihar koordinatori: Kamron Akramov
Nogironlik va inklyuziya masalalari bo‘yicha loyiha maslahatchisi: Muhabbat Raximova
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Veb-dastruchi: Aleksandr Sherbakov, dasturchi: Mansurxon Rustamov
Grafik dizayner: Alina Olimova, Nafisa Xusnitdinova
Bundan tashqari loyihaga huquqiy materiallarni tayyorlovchi yuristlar, eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga huquqiy materiallarni imo-ishora tilida taqdim etuvchi tarjimon, SMM menejer va video operator jalb etiladi.
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click yoki Payme onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin. Loyiha bo‘yicha savol va takliflaringizni huquqplus.uz@gmail.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.