Asosiy mazmunga oʻtish
Bosh sahifa / Muvaffaqiyat hikoyalari / Samarqandlik nogironligi bo‘lgan obunachimiz huquqplus.uz veb-portali yordamida davlat xizmatlari va temiryo‘ldagi imtiyozlardan foydalandi
Barcha hikoyalar
Muvaffaqiyat hikoyasi Samarqand viloyati

Samarqandlik nogironligi bo‘lgan obunachimiz huquqplus.uz veb-portali yordamida davlat xizmatlari va temiryo‘ldagi imtiyozlardan foydalandi

Samarqandlik nogironligi bo‘lgan obunachimiz huquqplus.uz veb-portali yordamida davlat xizmatlari va temiryo‘ldagi imtiyozlardan foydalandi
01. MUAMMO

Duch kelingan muammo va to‘siqlar

Nogironligi bo‘lgan fuqaro Davlat xizmatlari markazida 50 foizlik yig‘im imtiyozidan va temiryo‘l chiptalarini imtiyozli xarid qilishda amaldagi huquqlaridan foydalanishda mas’ul xodimlarning tushunmovchiligiga duch kelgan.

02. YORDAM

Huquqplus ko‘magi va aralashuvi

Huquqplus portali orqali fuqaroga Hukumat qarorlaridagi tegishli bandlar to‘liq tushuntirildi va mas’ul tashkilotlar xodimlariga qonuniy me’yorlar bo‘yicha tushuntirish berishda huquqiy yordam ko‘rsatildi.

03. NATIJA

Erishilgan natija va ijobiy o‘zgarish

Imtiyozlar to‘liq ta’minlandi: davlat xizmati 50% chegirma bilan ko‘rsatildi hamda temiryo‘l chiptasi imtiyozli tarifda rasmiylashtirildi.

04. XULOSA

Xulosalar

Qonuniy imtiyozlar haqida aniq bilimga ega bo‘lish fuqarolarga ortiqcha xarajatlarsiz o‘z haq-huquqlarini talab qilish imkonini beradi.

Hikoya tafsilotlari

HuquqPlus.uz loyihasining asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularga tezkor va bepul huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Shu maqsadda loyihaning ijtimoiy tarmoqlari va huquqplus.uz veb-portalida doimiy ravishda huquqiy maqolalar va ularning targ‘ibotini amalga oshirib kelmoqdamiz.

Chop etilgan materiallardagi ma’lumotlar ko‘plab obunachilarimiz va aksariyat tashkilotlar uchun ham dasturiy qo‘llanma vazifasini o‘tamoqda.

Davlat xizmatlaridan foydalanishda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 50 % li chegirma

Bizning faol kuzatuvchilarimizdan biri Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi, ayni paytda O‘zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasining Qozog‘istondagi vakili fuqaro G‘aniyev Farhodjon. Bu fuqaro huquqplus.uz veb-portalimizda chop etilgan davlat xizmatlaridan foydalanishda nogironligi bo‘lgan shaxslarning imtiyozlari haqidagi huquqiy maqola bilan tanishib chiqqach, my.gov.uz interaktiv veb-portali orqali xorijiy diplomni nostrifikatsiyadan o‘tkazishda to‘lanadigan summa uchun 50 % li chegirmadan foydalanishga muvaffaq bo‘ldi.

Bunday xizmat qonun hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsada, amaliy kuchga ega emas edi. Fuqaro Prezident portaliga bu masala bo‘yicha murojaat qiladi. Samarqand Adliya Vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilib, my.gov.uz interaktiv veb-portali xususiy bo‘lganligi sababli qonunda nazarda tutilgan ayrim holatlar uchun saytda bo‘lim mavjud bo‘lmagani, fuqaro murojaatidan keyin bu bo‘lim ishga tushganini ma’lum qilishadi.

Temiryo‘l chiptalarini olishda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar

Huquqiy portalimizda “Temiryo‘l transportida nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun imtiyozlar” mavzusida maqola chop etilgach, Farhodjon maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarning imtiyozli temiryo‘l chiptasi xarid qilishi mumkinligi haqidagi qonun asosida yozilgan ma’lumotlar bilan temiryo‘l kassasiga murojaat qiladi. Lekin kassadagi xodim bu qonundan xabari yo‘qligi va tizimga bunday imtiyoz haqida ma’lumot kiritilmaganligini aytadi. Farhodjon Transport prokuraturasiga bu masala yuzasidan murojaat qilgandan keyin unga imtiyozli temiryo‘l chiptasi taqdim etiladi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, nogironligi bo‘lgan shaxslar temiryo‘l chiptalarini imtiyozli ravishda olishda qandaydir to‘siq yoki muammolarga duch kelishsa, Transport prokuraturasining +998 (71) 202-07-86 yoki 7944 qisqa raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 109-sonli qarorining 152-bandiga asosan temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagilarga taqdim qilingan:

  • yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan I va II guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
  • Chernobil AES dagi avariyani bartaraf etuvchilari-nogironligi bo‘lgan shaxslarga (O‘zbekiston Respublikasi hududida)
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxslarga. 

Temir yo‘llarda chiptaning to‘liq qiymatidan 50% chegirmalar bilan yiliga bir marta yurish huquqi (borish va kelishga) talonlarga almashtirish va guvohnoma taqdim etish bo‘yicha quyidagilarga berilgan:

  • III guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga,
  • urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga.

Nogironligi bo‘lgan fuqarolar biz orqali huquqiy ma’lumotga ega bo‘libgina qolmasdan, uni amalda ham qo‘llanilishida o‘z hissalarini qo‘shishlari, huquq va imtiyozlaridan foydalana olishlari bizni xursand qiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va imtiyozlari juda ko‘p. Lekin ularning barchasi ham afsuski, bugungi kunda amalda yo‘lga qo‘yilmagan. Bu qonunlar amal qilishi uchun biz nafaqat huquqshunos va mutasaddi tashkilotlarni, balki nogironligi bo‘lgan shaxslarni ham bu imtiyozlar kuchga kirishi uchun o‘z hissalarini qo‘shishlarini so‘rardik.

    Biz bilan bog'laning

    sizga huquqiy maslahat kerak bo‘lsa, biz bilan bog'laning

    Loyiha hamkorlari va donorlari