Ortga

Men Ayollar daftarida turaman. Ammo yaqinda bizga bir martalik yordam puli chiqdi va meni ayollar daftaridan chiqarib yuborishdi. Bu qonuniymi?
- Matnli format
- Video format
- Oson matn
Yo‘q, bu sabab bo‘la olmaydi.
Ayollar daftaridan sizning chiqarilib yuborilishingiz noqonuniy. Xotin-qizlar quyidagi hollarda “Ayollar daftari” dan chiqariladi:
- har bir toifa bo‘yicha belgilangan amaliy yordamlar to‘liq ko‘rsatilganda;
- o‘z arizasiga ko‘ra;
- “Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;
- boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
- sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
- shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.

Nogironligi bo‘lgan ayollar uchun ayollar daftaridagi imtiyozlar haqida batafsil havolaga bosib huquqiy maqolamizda tanishing.
Video mavjud emas
Oson matn mavjud emas