Nogironligi bo‘lgan shaxslar magistraturaga hujjat topshirganda til sertifikatini topshirishdan ozod bo‘lar ekan, deb eshitdim. Shu rostmi?
- Matnli format
- Video format
- Oson matn
Bu sizda qanday nogironlik holati borligiga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktyabrdagi 407-sonli qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga o‘qishga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.
Demak, agar sizda ko‘rish, eshitish va nutq bo‘yicha nogironlik mavjud bo‘lsa, siz til sertifikatini topshirishdan ozod bo‘lasiz. Aks holda siz til sertifikatini topshirishga majbursiz.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun magistratura bosqichiga kirishdagi imtiyozlar haqida batafsil havolaga bosib huquqiy maqolamizda tanishing.