
O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatining Sergeli–Yangihayot tumanlararo bo‘limi a’zolariga nogironlar huquqlari mavzusida trening o‘tkazildi
- Matnli format
- Video format
- Oson matn

2026-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatining Sergeli–Yangihayot tumanlararo bo‘limida 13-noyabr – Xalqaro ko‘zi ojizlar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda «Sharoit Plyus» NJB rahbari Muhabbat Rahimova hamda HuquqPlus.uz veb-portalimiz yuristlari ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi jamiyat a’zolarining huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish va ularni qiziqtirgan savollarga javob berish edi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar kerakli maslahatlar va huquqiy ma’lumotlarni olishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yangihayot tuman kengashi rahbari Ikrom Ashuraliyev jamiyat a’zolariga partiya a’zoligi guvohnomalarini tantanali ravishda topshirdi.

Tadbirda jami 50 nafar jamiyat a’zosi ishtirok etdi. Bundan tashqari, saxovatli homiylar ko‘magida ishtirokchilarga gigiyena vositalari tarqatildi.
Tadbir iliq va samimiy muhitda o‘tib, ishtirokchilarga huquqiy yordam olish hamda e’tibor va g‘amxo‘rlikni his qilish imkonini berdi.
Tadbir BMTTD va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturi tomonidan ajratilgan grant asosida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan tashkil.
Suratlar: Nargiza Muhammadaminovna