2026-yil 2-oktyabr soat 17:00 da»Nogironligi bo‘lgan oʻqituvchilarning qanday huquq va imtiyozlari bor?» mavzusida ochiq suhbat qildik va quyidagi mavzularni muhokama qildik:
- Malaka toifa sinovlaridan (attestatsiyadan) oʻtishda nogironligi bo’lgan oʻqituvchilar uchun imtiyozlar;
- Milliy sertifikat imtihonlarini topshirishda nogironligi bor pedagoglarga qanday sharoitlar yaratiladi?
- Ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga yordamchi assistent ajratish tartibi va amaldagi muammolar;
Mehmonlarimiz:
1. Furqatjon Bozorov — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti tayanch doktoranti, tarix fani o‘qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasidagi ko‘zi ojiz talaba va pedagoglar (O‘zRESKOP) tashabbuskor guruhi yetakchisi.
2. Abdullo Abduxalilov — O‘zbekiston Milliy universiteti “Ijtimoiy ish” kafedrasi professori v.b., sotsiologiya fanlari doktori, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisining strategik rejalashtirish bo‘yicha o‘rinbosari.
Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxanov