2026-yil 11-sentyabr soat 17:00 da «Oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan talabalar uchun qanday imtiyozlar bor?» mavzusida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari bilan ochiq suhbat qildik.
Suhbatimiz davomida yaqinda OTMga o‘qishga kirgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ta’lim olish jarayonida belgilangan imtiyozlar:
- Nogironligi bor talabalar uchun yotoqxonalarga joylashishda imtiyozlar;
- Nogironligi bor talabalar uchun ustamali stipendiya;
- Obunachilarimizdan kelib tushgan boshqa savollarga ham javob berdik.
Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxanov